16.04.2019 yildagi 318-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy taʼlim va kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4006-son va “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni mehnat bilan bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 29-yanvardagi PQ-4138-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining jazoni ijro etish muassasalarida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha idoraviy umumtaʼlim maktabi va tegishli xalq taʼlimi boʻlimlari umumtaʼlim maktablarining filiallari faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi Tarbiya koloniyasining 5-umumtaʼlim maktabini Zangiota tumani xalq taʼlimi boʻlimining 35-umumtaʼlim maktabiga birlashtirish hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi Tarbiya koloniyasining 5-umumtaʼlim maktabi mulkiy negizida ushbu umumtaʼlim maktabining filialini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashgan kasb-hunar taʼlimi muassasalarini 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazish hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish markazlariga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar kasb-hunarga oʻqitish markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy gʻoyaga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy boy, mustaqil dunyoqarashga ega va mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxsni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari doirasida mahkumlarning sifat jihatidan yuqori darajada bilim olishi va ularni kasbga tayyorlashni taʼminlaydigan umumtaʼlim hamda kasb-hunar taʼlimi dasturlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarni jazodan ozod etilganidan soʻng jamiyatga moslashtirish maqsadida mehnat bozorida talab etilgan kasblarni egallashi uchun ularga mehnat koʻnikmalarini singdirish va mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga boʻysunadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallarida oʻquvchi mahkumlar sonidan qatʼiy nazar sinflar ochishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga oʻqitish markazlari mustaqil yuridik shaxslar hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha tashkil etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga oʻqitish markazlarida mahkumlarning muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun zarur kasbiy bilim va mehnat koʻnikmalarini egallashini tezlashtirishga qaratilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida taʼlim beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga oʻqitish markazlarining rahbarlari, pedagoglari va boshqa xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga oʻqitish markazlari rahbarlari va pedagog xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalar xarid qilish, umumtaʼlim maktablarining filiallari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari binolarini saqlash (kommunal xizmatlar, joriy taʼmirlash va boshqa xarajatlar), xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar jazoni ijro etish muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslar mehnat bozorida talab etilgan kasblarni egallashi uchun ularni oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisida ikki oy muddatda taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasb-hunarga qisqa muddatli tayyorlash kasblarining roʻyxatini va kasb-hunarga oʻqitish markazining Ustavini bir oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlansin, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda, kasb-hunarga oʻqitish markazlarining shtat normativlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga oʻqitish markazlarining jazoni ijro etish muassasalari hududida sanitariya qoidalari va normalari, gigiyena normativlari, standartlarga mos binolarda joylashtirilishini, shuningdek, zarur oʻquv asbob-uskunalari, mebel, inventar va boshqa mulk bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, kasb-hunarga oʻqitish markazlarini davlat taʼlim standartlari doirasida oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek, ularning kutubxona fondlarini zarur oʻquv-uslubiy adabiyot bilan bosqichma-bosqich taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarni oʻqitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi Harakatlar dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 16-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
318-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 318-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan umumtaʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi Tarbiya koloniyasining 5-umumtaʼlim maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati Zangiota tumani xalq taʼlimi boʻlimi 35-umumtaʼlim maktabining Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 7-umumtaʼlim maktabining Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining 12-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati Chirchiq shahar xalq taʼlimi boʻlimi 22-umumtaʼlim maktabining Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining 13-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Navoiy viloyati Navoiy shahar xalq taʼlimi boʻlimi 4-umumtaʼlim maktabining Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining 4-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani xalq taʼlimi boʻlimi 5-umumtaʼlim maktabining Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining 5-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 318-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilayotgan kasb-hunarga taʼlimi muassasalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi 22-son kasb-hunar maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining Tarbiya koloniyasi qoshidagi 24-son kasb-hunar maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarshi qurilish kasb-hunar kollejining Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi 2-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koson shahar “Agrobiznes” kasb-hunar kollejining Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi 10-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi boʻlimi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/318/2956-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)