Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO TURIZMNING ZAMONAVIY INFRASTRUKTURASINI BARPO ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda turistlarni avia va temir yoʻl transporti orqali tashishda imtiyozlar berish, shuningdek respublika ichidagi hamda xalqaro liniyalarda turistik guruhlarning yurishlari qiymatidan chegirmalar tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
uch oy muddatda Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida, shuningdek chegaradagi temir yoʻl stansiyalarida turistlarga xizmat koʻrsatuvchi maxsus bojxona zonalari tashkil etsinlar, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
6. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda turistlarga xizmat koʻrsatish uchun Toshkent—Samarqand—Buxoro—Urganch—Xiva avtomobil yoʻnalishida yoʻllarni obodonlashtirish, ulardan sifatli foydalanish hamda servis xizmatlari tashkil etish boʻyicha 1995 — 1998-yillarga moʻljallangan kompleks dasturni ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
9. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda turistlar boʻladigan joylarda amaliy va tasviriy sanʼat, xalq ijodkorligi buyumlarini, reklama mahsulotlarini tayyorlash hamda sotish boʻyicha korxonalar va ixtisoslashtirilgan markazlar shoxobchalarini tashkil etsinlar.
10. Sogʻliqni saylash vazirligi:
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida turistlarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin;
Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimiz turistlarini va xorijiy turistlarni tibbiy sugʻurta qilish boʻyicha taklif kiritsin.
11. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Oʻzbek-turizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida xalqaro turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun “Xalqaro turizm” oʻquv-ishlab chiqarish markazi ochsin.
12. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻridan-toʻgʻri havo yoʻllariga ega boʻlgan mamlakatlarda turistik vakolatxonalar ochsin.
13. Davlat matbuot qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga “Ipak yoʻli” xalqaro turistik-reklama-axborot nashri chop etilishini tashkil etsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-iyun,
210-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 346-modda)