O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) nomi va 1-bandning o‘zbek tilidagi matnida “posyolkalar” so‘zidan keyin “, qishloqlar” so‘zi qo‘shilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “tog‘li tumanlarda” so‘zlaridan keyin “hamda harbiy shaharchalarda” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-aprel,
302-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/302/2924-son)