02.04.2019 yildagi PF-5700-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizni oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, fuqarolar yigʻinlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, ogʻirini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (keyingi oʻrinlarda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallaning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yigʻinlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega va fidoyi kadrlarni jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilinib, quyidagilar mazkur tizimning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning mazmuni va ularning tahlili haqidagi axborotni tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida har chorakda muhokama qilish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan muammolarni umumlashtirish hamda hal etish maqsadida elektron axborot almashish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va ularning ijrosini taʼminlashda tizimli hamkorlikni oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari har chorakda oʻz mahallasi hududidagi dolzarb muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan masʼul xodimlari, sektor shtabi aʼzolari, yoʻl qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga maʼlumot kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislarining maʼlumotlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish masalasi koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika kengashi hamda Moliya vazirligining fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari oylik ish haqi fondini joriy yilda bosqichma-bosqich 1,5 baravarga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda ushbu xodimlarning oylik ish haqi joriy yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1-oktabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika kengashi quyidagilarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yigʻini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yigʻini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda eskirgan mexanizmlarni bartaraf etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari organlarida “zamonaviy menejment” tizimini joriy etish hamda ularning faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlarining mutasaddi davlat organlariga murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisining ijtimoiy himoyasi, ular faoliyatining kafolatlari va farqlash belgisini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish hamda kadrlarni mahalla boshqaruvi jarayoniga maqsadli qayta tayyorlash boʻyicha amaldagi oʻqitish tizimiga oid muammolarni oʻrganish asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari, ularning xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslar faoliyatini reyting asosida baholash mezonlari hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ragʻbatlantirish tartibini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki boʻlgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan oʻtkazib, ularning belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinlariga mulk huquqi bilan berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda tasdiqlangan grafik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari va fuqarolar yigʻinlari binolarini namunaviy loyihalar asosida qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash holati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika kengashi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda fuqarolar yigʻinlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash, shuningdek fuqarolar yigʻinlari balansida boʻlgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qoʻyish taqiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablarni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla” teleradiokanalini fuqarolar yigʻinlari faoliyatini yoritish masalalari boʻyicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va hamjihatlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrash, oilalarni mustahkamlash hamda ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarda mahallaning ishtiroki, mahallalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tok-shoular, ijtimoiy roliklar, maxsus koʻrsatuvlar, maqolalar, chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Respublika kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan fuqarolar yigʻinlarining yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlarini Internet tarmogʻining milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻidan foydalanish uchun imtiyozli tarifni tasdiqlash boʻyicha taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2020-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Mahalla” elektron maʼlumotlar bazasini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika kengashi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5700-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 06/19/5700/2875-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)