02.04.2019 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti va Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tashkil etilganligi hamda u maktabgacha taʼlim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi) tashkil etilganligi va unga maktabgacha taʼlim tizimi obyektlarini qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalari yuklanganligi hamda kompaniya xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar:

investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish yoʻnalishini rivojlantirish, shuningdek, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish jarayonlariga xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori unumdorligi va sifatiga, energiya va resurslarni tejashga qoʻyiladigan zamonaviy talablarga, shuningdek, ekologik talablarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar va asbob-uskunalar jahon bozorini chuqur tahlil qilish, respublikaga istiqbolsiz, maʼnaviy va fizik eskirgan uskuna va texnologiyalar olib kirilishini istisno qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan yaqin hamkorlik qilish Institutning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimiga kiradigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, inventar bilan va texnik jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish;
(2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash va qurilish-montaj ishlari bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va infrastruktura obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini taʼminlash;
(2-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha yechimlarining samaradorligini taʼminlash, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi talablarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish, loyihalash davri muddatini qisqartirish Injiniring kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:

loyihalar buyurtmachilarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, loyiha-izlanish ishlarini amalga oshirishga, loyihalar amalga oshirilishini texnik qoʻllab-quvvatlashga shartnoma asosida ajratiladigan mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institutni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, maktabgacha taʼlim tizimining maʼmuriy binolarini va boshqa obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash qiymatidan ajratmalar;
(3-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Injiniring kompaniyasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va Injiniring kompaniyaning tuzilmalari va ustavlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin va ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 09/19/274/2874-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)