28.03.2019 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 257-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtidorli oʻquvchilarni izlab topish hamda munosib ragʻbatlantirish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarda tarbiyalanayotgan oʻquvchilarning uzluksiz taʼlim olishiga koʻmaklashish, ushbu toifadagi yoshlarning toʻgʻri kasb tanlashi va kelajakda hayotini toʻgʻri qurilishiga yordamlashish ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yoshlar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlari tomonidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yozma tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlarining ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlari ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarining uzluksiz taʼlim olishini ragʻbatlantirishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy adolatga soʻzsiz rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini ragʻbatlantirishni manzilli tarzda amalga oshirish yoʻli bilan shu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar, shuningdek boshqa vositalardan maqsadli va samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzolarining moddiy farovonligi, bolalarni tarbiyalash, ularni har tomonlama jismoniy, aqliy va maʼnaviy-axloqiy kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maʼlumoti va kasb darajasini oshirish borasida oilaning masʼuliyatini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma tavsiya — ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining taʼlim muassasasidagi boshlangʻich tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlariga beriladigan yozma tavsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy mezonlar — ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini tanlash va ragʻbatlantirishning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun tavsiya etilganlarning ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarining asosiy koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli bolalar — muayyan fan, sanʼat, taʼlim va boshqa yoʻnalishlarda oʻz isteʼdodini namoyon eta olgan, turli olimpiadalar, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan, aʼlo oʻqishi bilan boshqa tengdoshlariga oʻrnak boʻla oladigan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan ehtiyojmand oilalar farzandlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oila — kam taʼminlangan, shu jumladan ota-onasining ikkisini ham yoʻqotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shugʻullanayotgan oilalar, ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham birinchi va/yoki ikkinchi guruh nogironi boʻlgan oilalar, nogiron bolasi (bolalari) boʻlgan oilalar, 14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar), bolani (bolalarni) toʻliq boʻlmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar), ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz boʻlgan va ish izlovchi sifatida tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarida hisobda turgan oilalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari har bir oʻquvchining oilaviy sharoiti, iqtidori va qiziqishidan kelib chiqqan holda individual tarzda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining taʼlim muassasasidagi boshlangʻich tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan har yili 1-iyunga qadar yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlariga yozma tavsiya bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (olimpiadalar, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida gʻolib va sovrindorligini tasdiqlovchi diplomlar va boshqa shu kabi hujjatlar nusxasi (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi va uning oila aʼzolarining pasporti va/yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining oila aʼzolari birinchi va/yoki ikkinchi guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining oilasi boquvchisini yoʻqotganligi toʻgʻrisida hujjat nusxasi (mavjud boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashi tomonidan ragʻbatlantiriladigan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini aniqlashda quyidagi ijtimoiy mezonlarga eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻquvchining koʻp bolali oiladan ekanligi (oilada uch va undan ortiq bola mavjudligi);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻquvchining oilasida birinchi va/yoki ikkinchi guruh nogironligini boʻlgan shaxslarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻquvchining yolgʻiz ona (ota) tomonidan ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan farzandlar tarbiyalayotgan oiladan ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻquvchining fan, sanʼat, taʼlim va boshqa yoʻnalishlarda yutuqlari, turli olimpiadalar, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida gʻolib va sovrindorligi, aʼlo baholarga oʻqishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlari tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar har yili 10-iyunga qadar koʻrib chiqiladi hamda 15-iyunga qadar yoshlar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo kengashlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yoshlar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo kengashlari tomonidan har yili 30-iyunga qadar yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi hamda ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli qarorni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har oʻquv yili boshidan boshlab ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash ularni yoshlar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy turdagi oʻquv qurollari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy kitoblar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika boʻylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash jarayonida ishtirok etuvchi tashkilotlar va ularning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash jarayonida ishtirok etuvchi tashkilotlar mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan sxemaga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshi, qobiliyati va ixtisosliklariga koʻra ehtiyojmand oilalar farzandlari, shu jumladan ularning iqtidorli bolalari bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, fan, kasb-hunar va sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uchun qishki va yozgi taʼtillar doirasida mavsumiy oromgohlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini isteʼdodini roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan turli tanlovlar, tadbirlar, loyihalar va boshqa aksiyalarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish orqali ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari roʻyxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududida joylashgan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish hamda ularning ish samaradorligini monitoring qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan oʻtkazilayotgan sport musobaqalari va boshqa maʼnaviy tadbirlarga jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarining ixtiyoriy bilim olish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish orqali ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasida ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarining qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda fan, sport va sanʼat toʻgaraklari faoliyatini tashkil etish, ushbu toʻgaraklarni malakali oʻqituvchilar, pedagog va trenerlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli musobaqalar, tanlovlar, bilimlar bellashuvlari va olimpiadalarda munosib ishtirok etayotgan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlariga doir maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini oʻrnatilgan tartibda issiq kiyim-bosh va oʻquv qurollari bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlariga oʻrnatilgan tartibda bepul jalb etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz taʼlim olishini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash jarayonida ishtirok etuvchi tashkilotlar va ularning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2019-y., 09/19/257/2849-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)