Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 26.03.2019 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 27.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosi yuzasidan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari lavozimlari tugatilib, ularga ish haqi toʻlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari saqlab qolingan holda, boʻshayotgan shtat birliklari hisobidan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektorlarining yordamchilari deb ataladi) lavozimlari joriy etilganligi hamda ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun shaxsiy javobgarlik yuklanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan profilaktika inspektorlarining yordamchilariga Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻining tavsiyasiga asosan ichki ishlar organlarining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida oʻqishga kirish huquqi berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorlarining yordamchilarini ichki ishlar organlarining oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi kiritilayotgan profilaktika inspektorlarining yordamchilari lavozimlarini saqlash xarajatlari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining kvota asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda profilaktika inspektorlari yordamchilarining lavozimlari yangidan joriy etilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlari) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlariga (boʻlinmalari, guruhlari) Ichki ishlar vazirligi boʻyicha tasdiqlangan shtat birliklari doirasida shtat birliklarini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorlari yordamchilarining xizmat faoliyatiga oid huquqiy bilimlarini oshirib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari oʻquv bazasida har yili bir marta haftalik oʻquv yigʻinlari tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, yuklangan vazifalarni bajarishda faollik koʻrsatgan, oʻzlari faoliyat yuritayotgan hududda huquqbuzarliklarning oldini olishda namuna koʻrsatgan va sodir etilgan jinoyatlar soni nisbatan kam boʻlgan taqdirda, profilaktika inspektorlarining yordamchilari yoki ularning ota-onalariga belgilangan tartibda ichki turistik yoʻnalishlarga hamda salomatligini tiklash maqsadida sogʻlomlashtirish muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan yoʻllanmalar berish amaliyoti saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, 2019-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari joylashgan binolarda profilaktika inspektorlarining yordamchilari uchun qulay sharoitga ega boʻlgan xizmat xonalari ajratsin hamda ushbu xonalarni moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektorlarining yordamchilari deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini va samaradorligini baholash mezonlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda ichki ishlar organlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning, shuningdek, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targʻibot ishlarini oʻtkazishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari, “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlari yordamchilarining zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda ichki ishlar organlariga koʻmaklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloqlar, ovullar va mahallalardagi kriminogen vaziyatni, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni oʻrganish, shuningdek, oʻrganish natijalari boʻyicha profilaktika (katta) inspektorlariga tegishli maʼlumot va takliflarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan, bedarak yoʻqolgan shaxslarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda boshqa shaxslarni qidirish, shuningdek, shaxsi nomaʼlum murdalarning shaxsini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududni har bir oila kesimida oʻrganib chiqish, notinch oilalarni aniqlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda ularning maishiy va boshqa muammoli masalalarini hal etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan pasport tizimi, sanitariya, ekologiya, yongʻin va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishida, jamoat tartibini taʼminlashda, majburiy keltirish ishlarida profilaktika (katta) inspektorlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat xavfi tugʻilganda aholini oʻz vaqtida xabardor qilish, aholi oʻrtasida bunday vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishni targʻib etish va ushbu holatlarni bartaraf etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish faoliyatida hududlardagi jamoat joylari, mahalla koʻchalari, qarovsiz joylarda jamoat tartibini saqlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gʻayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning, shuningdek huquqbuzarliklardan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika (katta) inspektorlariga maxsus profilaktik chora-tadbirlarni, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktika ishlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklardan jabrlangan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy va boshqa turdagi yordamlarni koʻrsatishga, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari sudlangan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan va ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi shaxslar, shu jumladan voyaga yetmagan hamda yoshlar bilan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qoʻyganlar, oila-turmush va axloq-odob doirasida muntazam ravishda huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxslar, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shugʻullanmaydigan ota-onalar, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi shaxslar, nosogʻlom turmush tarzida hayot kechirayotgan oilalarni aniqlash, ularga tegishli qonuniy choralar koʻrish uchun profilaktika (katta) inspektoriga ushbu maʼlumotlarni taqdim qilish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvini taʼminlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqbuzarlik jabrlanuvchisiga aylanish xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targʻibot ishlarini oʻtkazishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targʻibot ishlarini oʻtkazish masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan oʻtkazilayotgan mavjud muammolarni oʻrganish va ularni hal etishning maqbul yoʻllarini aniqlashga qaratilgan uchrashuvlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida qonun hujjatlari talablariga rioya etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalarida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) voyaga yetmaganlar hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi va huquqbuzarliklari holatlari hamda ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarni oʻrnatilgan tartibda xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishda vasiylik va homiylik organlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari, “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari, “Jamoatchilik nazorati maskanlari” kunlik xizmatini tashkil etish, navbatchilikni yoʻlga qoʻyish, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlash, profilaktika (katta) inspektori va mahalla fuqarolar yigʻini raisi bilan birgalikda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatga jalb etilgan jamoatchilik vakillari faoliyatini monitoring qilish, taxliliy baholab borish va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda alohida oʻrnak koʻrsatganlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlarining yordamchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va axloq-odob hamda pasport tizimi, sanitariya va ekologiya, yongʻin va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar tomonidan rioya qilinmagan hollarda, tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolardan sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarliklarni toʻxtatishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasidagi turli nizolarni hal etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni muhokama qilishda, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga moyil shaxslar bilan huquqiy-tarbiyaviy mazmundagi suhbatlarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqbuzarliklar profilaktikasining umumiy, yakka, maxsus va viktimologik profilaktik chora-tadbirlarida bevosita ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat tartibini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga doir takliflarni huquqni muhofaza qilish organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanosil kasalliklariga, odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV infeksiyasiga), ruhiy holat buzilishi xastaligiga, surunkali ichkilikbozlikka, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka chalingan, shuningdek, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalarni isteʼmol qiladigan, chaqiruv boʻyicha yetib kelishdan boʻyin tovlagan shaxslarni olib kelishda sogʻliqni saqlash muassasalariga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiruv boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimlarini, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining qarorlarini bajarishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar yoki gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni, shuningdek, nazoratsiz va qarovsiz qolganlarni hududiy ichki ishlar organining xizmat binosiga olib borishda, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining ijro etilishini nazorat qilishni amalga oshirishishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorlar boʻyicha shaxsga nisbatan sud tomonidan yuklatilgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga darhol yetib kelish, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyish, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishda, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan, shuningdek, nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa yordam koʻrsatilishini tashkil etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilganda uning huquqiy rejimini taʼminlashda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlarining yordamchilari oʻz vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar bilan muloqotda vazmin va xushmuomala boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat va huquqbuzarliklar yoki baxtsiz hodisalar sodir etilganda, bu haqda zudlik bilan profilaktika inspektoriga va boshqa tegishli tashkilotlarga xabar berish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kelgunga qadar jinoyat sodir etilgan joylarga boshqa shaxslarning kirmasligi, jinoyat izlari va jinoyatga aloqador boʻlgan ashyoviy dalillarning yoʻqolmaslik choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga koʻmaklashish va ularning qonuniy talablarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatga doir axborotning, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan shaxslar toʻgʻrisida belgilangan tartibda profilaktika (katta) inspektorlariga xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlarining yordamchilari zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni profilaktika inspektorlarining yordamchilari lavozimiga ishga qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Profilaktika inspektorlari yordamchilariga nomzodlar yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus yoki oliy, qoida tariqasida huquqshunos maʼlumotli, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida oʻrnak koʻrsatgan, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan, oʻzining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha jamoat tartibini saqlashga qodir, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoki oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikni oʻtaganlar orasidan tanlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz turmush tarzi bilan aholi oʻrtasida salbiy tavsiflanganlar, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turganlar, ruhiy kasalligi, giyohvandlikka, surunkali ichkilikbozlikka ruju qoʻyganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turganlar, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlar, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari oʻz vazifa va funksiyalarini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyatiga bevosita rahbarlik ichki ishlar organlarining hududiy profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari va “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatiga rahbarlik qiladi va ularning kunlik amalga oshirgan ishlarini muvofiqlashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari oʻz faoliyati samaradorligi yuzasidan profilaktika (katta) inspektorlari oldida hisobdor boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Profilaktika inspektorlari yordamchilari faoliyatining samaradorligi har yili oʻtgan yil natijalariga koʻra, tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Profilaktika inspektorlari yordamchilari faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy koʻrsatkichlar dinamikasini tahlil qilish orqali baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlaganligi va tegishli qonuniy choralar koʻrish uchun profilaktika inspektoriga oʻz vaqtida taqdim qilib borganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududda aniqlangan, fosh etilgan jinoyatlar, ushlangan tergov yoki suddan yashirinib yurgan shaxslar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari va “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatini samarali tashkil etganligi natijasida sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan shaxslar, shu jumladan voyaga yetmaganlar hamda yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda faol ishtirok etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar oʻrtasida profilaktik targʻibot tadbirlarini oʻtkazganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat intizomiga rioya qilganligi va qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilganligi natijasida jinoyatlar va ijtimoiy-maishiy tusdagi huquqbuzarliklar sodir etilishi darajasining pasayganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Baholash natijalariga koʻra, profilaktika inspektorlari yordamchilariga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarini ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jinoyatchilikning oldini olishda, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda, jamoat tartibini saqlashda, shuningdek, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni aniqlashda hamda oʻziga yuklangan boshqa vazifalarni bajarishda oʻrnak koʻrsatgan profilaktika inspektorlarining yordamchilari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ragʻbatlantirishga va davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarini ichki ishlar organlarining kadrlar zaxirasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasiga yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttiz beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz besh yoshdagi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikni oʻtagan, faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan profilaktika inspektorlari yordamchilari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyatini monitoring qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyati profilaktika (katta) inspektorlari hamda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Profilaktika inspektorlari yordamchilari faoliyatining monitoringi natijalari tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning boshliqlari tomonidan har yarim yil yakunida muhokama etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini (keyingi oʻrinlarda hisobotlar deb ataladi) har oyning oxirgi sanasida profilaktika (katta) inspektoriga taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Profilaktika (katta) inspektori ushbu hisobotlarni oʻrganib, tahlil qiladi va keyingi oyning 1 sanasiga qadar tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimiga (boʻlinmasiga, guruhiga) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) tomonidan ushbu hisobotlar umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga keyingi oyning 3 sanasiga qadar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) ichki ishlar organi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) boshliqlari hisobotlarni haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari ushbu hisobotlarni oʻrganib, umumlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga keyingi oyning 5 sanasiga qadar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi ushbu hisobotlarni har oyning 15 sanasiga qadar umumlashtirib, oʻrganadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga hamda manfaatdor tashkilotlarga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taqdim etilgan hisobotlardan hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilik dinamikasidan kelib chiqib, mamlakatda osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, huquq-tartibotni mustahkamlashga doir takliflarni hududiy ichki ishlar organlariga ijrosini taʼminlash uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining mehnatiga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari mehnatiga haq toʻlash turlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egallab turgan shtat lavozimi boʻyicha oylik maoshini tashkil etuvchi lavozim maoshidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatiga haq toʻlashning oylik qoʻshimcha turlari, bir yoʻla toʻlov hamda qonun hujjatlarida belgilangan va ushbu Tartib bilan oʻrnatilgan ustama va toʻlovlardan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari mehnatiga haq toʻlash uchun ichki ishlar organi rahbarining tasarrufiga kiruvchi shtat lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari mehnatiga haq toʻlash lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sanadan, sana koʻrsatilmagan holda, buyruq imzolangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari mehnatiga haq toʻlash respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining mehnatiga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar qoʻyidagicha toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining profilaktika inspektorlarining yordamchilariga 6 razryad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalarning profilaktika inspektorlarining yordamchilariga 5 razryad boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yordamchilariga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti sifatida oylik lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yordamchilariga alohida mehnat sharoitlari uchun oylik lavozim maoshining 12 foizi miqdorida oylik ustama haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Profilaktika inspektorlarining yordamchilariga budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus unvonga ega boʻlmagan ishchi va xizmatchilari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Profilaktika inspektorlarining yordamchilari budjet mablagʻlari hisobidan bir yilda bir oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda mukofotlanadi hamda ularga bir yilda bir oylik ish haqi fondining 50 foizi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda moddiy yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ushbu Nizomda koʻrsatib oʻtilmagan boshqa turdagi qoʻshimcha toʻlovlar amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mahalliy davlat hokimiyati organlari profilaktika inspektorlarining yordamchilari yordamidan faqat ushbu Nizomda belgilangan vazifalar doirasida profilaktika (katta) inspektori bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlarining yordamchilarini ushbu Nizomda hamda boshqa qonun hujjatlarida koʻrsatilmagan vazifalarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlarining yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining kvota asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektorlarining yordamchilari deb ataladi) kvota asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tavsiyanomalar mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha egallab turgan lavozimida taʼlim muassasalariga qabul yilining 1-may kuniga qadar kamida bir yil muddat faoliyat koʻrsatgan profilaktika inspektorlari yordamchilariga bitta taʼlim muassasasiga bir marta kirishi uchun bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Profilaktika inspektorlarining yordamchilariga taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlaganligi va tegishli qonuniy choralar koʻrish uchun profilaktika inspektoriga oʻz vaqtida taqdim qilib borganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududida aniqlangan, fosh etilgan jinoyatlar, ushlangan tergov yoki suddan yashirinib yurgan shaxslar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari va “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatini samarali tashkil etganligi natijasida sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan shaxslar, shu jumladan voyaga yetmaganlar hamda yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda faol ishtirok etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar oʻrtasida profilaktik targʻibot tadbirlarini oʻtkazganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilganligi natijasida jinoyatlar darajasi pasayganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tavsiyanomalar blanklari qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi va ushbu tavsiyanomalar blanklari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tavsiyanomalarni berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Profilaktika inspektorlari yordamchilarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishiga imtiyoz beradigan tavsiyanomalarni olish masalasini koʻrib chiqish uchun har yili 15-martdan 1-aprelga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining takliflari quyidagi hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik pasporti nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnoma-obyektivkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita rahbarining fikrnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududda jinoyatchilik holati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining profilaktika inspektorlari yordamchilariga taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish toʻgʻrisidagi takliflari Bosh boshqarma tomonidan har yili 1-mayga qadar koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Takliflarni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha Bosh boshqarma boshligʻi huzurida yigʻilish bayonnomasi tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh boshqarma tomonidan profilaktika inspektorlari yordamchilariga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda berilgan tavsiyanomalar taʼlim muassasalariga har yili 5-mayga qadar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomaga ega boʻlgan profilaktika inspektorlari yordamchilari oʻrnatilgan tartibda dastlabki va kasbiy tanlovda ishtirok etadi va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan kvotalarga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh boshqarmaning tavsiyanoma berish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining yordamchilarining kvota asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlari yordamchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlarining yordamchilarining kvota asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIYANOMA BLANKASINING SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TAVSIYANOMA № 000000

(Vazirlik (bosh boshqarma, boshqarma), tuman (shahar)

ichki ishlar organi nomi)

-profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchisi___________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

-ga berildi.

Tavsiyanoma Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʼining 20__-yil “____” ___dagi ____-sonli bayoniga asosan berildi.

M. Oʼ.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʼining imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___-yil ____ __________

TAVSIYANOMA 000000

(Vazirlik (bosh boshqarma, boshqarma), tuman (shahar) ichki ishlar organi nomi)

-profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchisi

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

-ga berildi.

Ushbu tavsiyanoma egasi____________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________________________________________________ga

(passport seriyasi, raqami)


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq
ichki ishlar organlarining oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan, kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.

Tavsiyanoma Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʼining 20__-yil “___” ___dagi ____ -sonli bayoniga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan eʼtiboran bir yil muddat davomida kuchga ega boʼladi.

M. Oʼ.

(Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʼining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___-yil ___ __________

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/251/2838-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)