Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5690-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining tuzilmalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 1 739 nafar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Inspeksiya boshligʻiga, zarur hollarda, Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati;
paxta va don ekinlari urugʻlarini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash boʻyicha talablarga rioya qilinishi;
davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish boʻyicha talablar bajarilishi;
don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi taʼminlanishi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urugʻlari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urugʻlarni sertifikatlash, urugʻ hamda koʻchat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi;
qishloq xoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga soʻzsiz rioya etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sunʼiy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;
idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan oʻtkazish;
v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini koʻrish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Inspeksiyani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshqaradi;
Inspeksiya bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
Keyingi tahrirga qarang.
Inspeksiya boshligʻi mehnatiga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
6. Belgilansinki:
Inspeksiya qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Inspeksiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabiga koʻra bepul taqdim etiladi;
davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar Inspeksiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda har tomonlama koʻmaklashishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK tomonidan Inspeksiyaning nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun koʻrsatiladigan xizmatlarning soliq solinadigan bazaga kiritilmaydigan amaldagi tartibi saqlanib qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ikki hafta muddatda qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi balansida turgan va u tomonidan foydalanilayotgan binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa moddiy-texnika qimmatliklarini Inspeksiya balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vaxabov) ikki oy muddatda Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarini yuklatilgan vazifalarning yuqori hamda professional darajada bajarilishini taʼminlay oladigan malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Inspeksiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha 2019-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlarni kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni;
qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi uchun moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash miqdorlari va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini nazarda tutgan holda Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlarini tasdiqlasin.
11. Inspeksiya Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Obinazir koʻchasi, 109-uyda joylashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3699-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-mart,
PQ-4241-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PQ-4241-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 86 birlik.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PQ-4241-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 30 — 32 birlik.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining umumiy soni 400 birlik.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PQ-4241-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Umumiy shtatlar soni 5 — 9 birlik, ulardan boshqaruv xodimlari — 2 birlikni tashkil etadi.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining umumiy xodimlari soni 1 253 birlik, ulardan boshqaruv xodimlari — 320 birlikni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.