LexUZ sharhi
Mazkur Bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4012-sonli “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida davlat chegaralaridan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi 2002-yil 12-fevralda imzolangan Bitimning (keyingi o‘rinlarda ― Bitim) 6 va 9-moddalariga asoslangan holda,
Bitimga Ilova hisoblanadigan Davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari ro‘yxati quyidagi tahrirdagi 17-punkt bilan to‘ldirilsin:
17. | BOBOTOG‘ avtomobil yo‘li | Surxondaryo viloyati Uzun tumani | HISOR avtomobil yo‘li | Hisor shahri | Ikki tomonlama | Kunning yorug‘ vaqti | ”. |
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 11-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.