Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2020 09.03.2019 yildagi 202-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni yanada takomillashtirish, davlat xizmati ko‘rsatishda talab etilayotgan hujjatlar sonini qisqartirish va fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 5-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi tahrirdagi 581-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“581. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qarorining 31-bandida belgilangan davr mobaynida milliy haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirishda haydovchining imtihon varaqasi yoki milliy haydovchilik guvohnomasini bergan hududiy YHXB tasdiqnomasi, belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma hamda avtomototransport vositalarini o‘n ikki oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/202/2732-son)