25.02.2019 yildagi PQ-4210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, masʼul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini oʻz ichiga olgan tegishli maʼlumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qoʻllash boʻyicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda — Milliy monitoring tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublikadagi tadqiqot institutlariga ularga biriktirilgan alohida xalqaro reytinglar boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborotlar maʼlumot bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni oʻrganish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, mamlakatda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiisteʼmol qilishga undovchi usullarni qoʻllash taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti maʼmuriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni yigʻish uchun haqiqiy “mijoz” koʻrinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sirli mijoz” tomonidan monitoring nafaqat bevosita obyektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari shaxsiy boʻlmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi va tavsiyaviy koʻrinishga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti faoliyatini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar Internet tarmogʻida quyidagilarni oʻz ichiga olgan “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalini yaratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reytinglar boʻyicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni oʻrganish va eʼlon qilish muddatlarini koʻrsatgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reytinglar indikatorlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasiga oid axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli reytinglar yoʻnalishlari boʻyicha jamoatchilik fikri soʻrovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida toʻliq va aniq maʼlumotlar, shu jumladan statistik maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli reytinglar boʻyicha turli ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalqaro reyting metodologiyasi boʻyicha onlayn oʻqitish resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yangilash boʻyicha masʼul organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida eʼlon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Alohida reytinglar uchun masʼul boʻlgan tadqiqot institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va qonunchilik talablarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan tegishli reytinglar metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-mayga qadar tegishli reytingda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanishi tendensiyalari haqidagi maʼlumotlarni, baholanayotgan yoʻnalish boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborotlar maʼlumot bazasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralar xodimlarini baholash metodologiyasi bilan tanishtirish, ularda reytinglar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha seminar-treninglarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda xalqaro reytinglarni tuzuvchilar, shuningdek xalqaro reytinglarga aloqador boshqa xalqaro, ilmiy-tadqiqot, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni oʻrnatish masalasini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadqiqot institutlariga hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda va grantlar, shu jumladan xorijiy grantlarni jalb etishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning natijalari toʻgʻrisidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” tomonidan monitoringni oʻtkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, obyektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida oʻtkazilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng yoritilishini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4210-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 07/19/4210/2666-son; 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son; 15.01.2021-y., 07/21/4951/0033-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 29.12.2022-y., 07/22/462/1135-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)