22.02.2019 yildagi PQ-4204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada choʻllanishning oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika hududining 70 foizi yoki 31,4 mln ga tabiiy shoʻrlanishga, qum koʻchkilari, changli boʻronlar va garmsellar tarqalishi taʼsiriga uchragan qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil maydonlardan iborat. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum choʻli vujudga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlar choʻllanishining oldini olish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choʻllanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash boʻyicha ishlarni olib borish samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 125-I-son qarori bilan Qattiq qurgʻoqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) choʻlga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada choʻlga aylanib borishlarga qarshi kurash boʻyicha BMT Konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konvensiya) ratifikatsiya qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada choʻllanishning oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya talablarini bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Konvensiya doirasida xalqaro majburiyatlar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shtat birliklarini kerakli miqdorda tugatish hisobiga boshqaruv xodimlarining shtat soni 4 nafardan iborat boʻlgan Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda Konvensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari oʻz vaqtida va zarur darajada bajarilishini taʼminlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻllanishning oldini olish, qurgʻoqchilikka qarshi kurashish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xorijiy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini zarur hollarda jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda choʻllanishning oldini olish, qurgʻoqchilikka qarshi kurashish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga yuklatilgani toʻgʻrisida belgilangan tartibda Konvensiya Kotibiyatiga xabarnoma yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha 2019 — 2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4204-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 07/19/4204/2649-son)