Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida tashqi savdo kontraktlarini hisobga qoʻyish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 832-11]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-yanvar,
01-02/15-4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 18-yanvardagi 01-02/15-4-son-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 10-sentabrda 02/19-67-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibi” (roʻyxat raqami 832, 1999-yil 15-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 5-noyabrda 03/19-288-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga 1-sonli oʻzgartirish” (roʻyxat raqami 832-1, 1999-yil 5-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 29-iyunda 02/20-22-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga 2-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (roʻyxat raqami 832-2, 2000-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2003-yil 30-oktabrdagi 01-02/19-44-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-3, 2004-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 59-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 4-fevraldagi 01-02/19-15-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-4, 2008-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 66-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 19-sentabrdagi 01-02/19-16-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-5, 2011-yil 26-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 401-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 12-noyabrdagi 01-02/19-25-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-6, 2011-yil 7-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 401-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 5-dekabrdagi 01-02/19-40-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-7, 2012-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 593-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 25-avgustdagi 01-02/19-20-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-8, 2014-yil 27-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 449-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 9-oktabrdagi 01-02/19-44-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-9, 2015-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 542-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 26-dekabrdagi 01-02/19-67-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 832-10, 2017-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 37-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2019-y., 10/19/832-11/2611-son)