Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan, oʻquvchilarning ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taom turlarini xilma-xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 693-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/693/3596-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 693-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/693/3596-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyundagi 459-son qarorining 1-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi sobiq Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internatning amaldagi 6 — 9-sinf oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilari uchun belgilangan huquq va imtiyozlar asosida oʻqishni davom ettiradilar”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-fevral,
107-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 693-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/693/3596-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2019-y., 09/19/107/2588-son, 20.08.2019-y., 09/19/693/3596-son)