01.02.2019 yildagi PF-5646-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatda, avvalambor, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, energetika tarmogʻida davlat boshqaruvini tashkil etishda qator tizimli muammolar mavjudligi belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni innovatsion jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — yoqilgʻi-energetika kompleksi sohalarini uygʻun rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish masalalarida muvofiqlashtirishning va tizimli yondashuvning yetarli emasligi iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini ularning oʻsib borayotgan talabini hisobga olgan holda energiya bilan barqaror taʼminlash xavf-xatarlarini oshirmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — energetika tarmogʻi tashkilotlarini boshqarishning direktiv modeli, kompaniyalar moliya-xoʻjalik faoliyatining haddan ortiq maʼmuriy tartibga solinishi, shuningdek mehnat resurslaridan oqilona foydalanmaslik ularning ish faoliyati samaradorligi va natijadorligini susaytirmoqda, noishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarilayotgan energiya birligi sarfining oʻsishiga olib kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — sogʻlom raqobat muhitining yoʻqligi, yirik kvazidavlat sektori hamda davlat va tijorat manfaatlari toʻqnashuvining mavjudligi, tariflarni tartibga solish chora-tadbirlarining investitsiya siyosati bilan uygʻun emasligi yoqilgʻi-energetika sohasining investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — tarmoqning rivojiga joylarda asbob-uskunalar oʻta eskirgani va tegishli infratuzilmalarni yangilash surʼatlarining sustligi, uskunalar, qurilmalar, gaz quvurlari va elektr uzatish liniyalaridan xizmat muddatlarini buzgan holda foydalanish, nobarqaror moliyaviy ahvol, resurs va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi kabi butun tizimga daxldor muammolar toʻsqinlik qilmoqda va bu texnologik yoʻqotishlarning koʻpayishiga hamda yoqilgʻi-energetika resurslarini yetkazib berishda, ayniqsa joylarda surunkali uzilishlarga sabab boʻlmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — soha korxonalarida resurslarni rejalashtirish, yetkazib berilayotgan energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilayotgani energiya resurslarini isteʼmolchilarga yetkazib berishda katta yoʻqotishlarga hamda oʻzaro hisob-kitob intizomi buzilishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika tarmogʻini samarali boshqarish tizimini joriy qilish va jadal rivojlantirish, uning raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, mamlakatning energetika xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot sohalari va aholining energiya resurslariga tobora oʻsib borayotgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan yagona energetika siyosatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, energetika sohasida davlat tomonidan tartibga solish hamda xoʻjalik faoliyati funksiyalarini aniq chegaralash, ijtimoiy va davlat- xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, tarif siyosatini amalga oshirishning aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish va shu asosda sogʻlom raqobat muhiti tamoyillarini ilgari surish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, infratuzilma obyektlarini qurishga, shuningdek tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga investitsiyalarni, avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, energiya tejamkorlik va iqtisodiyotning energiya sarfini kamaytirish sohasida davlat siyosatini yuritish, iqtisodiyot tarmoqlari va maishiy sektorda resurs va energiya tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, muqobil energiya manbalarini keng rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, energetika tarmogʻi korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy vositalarini, energiya resurslarini qazib olish, yetkazib berish va isteʼmol qilish hajmlarini hisobga olish tizimlarini keng tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, tarmoq korxonalarini boshqarish tizimini, ularning tuzilmalari va boʻlinmalarini maqbullashtirish, ishlarni tashkil qilishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy usullari va maqsadli indikatorlarni (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish) joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng targʻib qilish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilgʻi-energetika tarmogʻida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirni ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek neft, gaz va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning energetika sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik tartibga solishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatli tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni oshirish va diversifikatsiya qilish, barcha turdagi energiya resurslarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va isteʼmol qilishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli uzviy bogʻliq prognozlarini, shuningdek energetika tarmogʻini kompleks rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni ragʻbatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilgʻi-energetika tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi-energetika tarmogʻida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib olish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika sohasiga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda boshqaruv, hisobga olish va nazoratning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishda koʻmaklashish, shu asosda energetika sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, energetika tarmogʻi tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatining shaffofligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligi darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek energiya resurslarini isteʼmol qilish samaradorligining monitoringini olib borish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin va Vazirlik tuzilmasiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5646-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2019-y., 06/19/5646/2567-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)