01.02.2019 yildagi PQ-4146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish, sud boshqaruvchilari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining 2019-yil 1-iyuldan quyidagi tartibni oʻrnatish haqidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar summasi eng kam ish haqi miqdorining kamida uch yuz karrasini tashkil etadigan boʻlsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida yigirma karrasini tashkil etadigan boʻlsa, sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatishga doir ish yuritish muddati toʻqqiz oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda ushbu muddat bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
benefitsiar va affillangan shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari oqibatida soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mazkur shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik taomillari qoʻllanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi oʻrinlarda — Respublika oliy maktabi) quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus kurslar tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchisi attestatini olishga talabgorlarni maxsus dastur boʻyicha shartnoma asosida oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli toifadagi sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun asos boʻladigan oʻqishni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchilarining kasbiy darajasi va malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-maydan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat soliq xizmati organlarining arizalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini oʻtkazishda sud boshqaruvchilarini davlat soliq xizmati organlari xodimlari orasidan tayinlash amaliyoti bekor qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shunday tartib joriy qilinadiki, unga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining arizalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini oʻtkazishda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi toifali sud boshqaruvchisi attestatiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) aʼzolari hisoblangan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor turgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasining qaroriga asosan, har bir yakunlangan tugatishga doir ish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan sud boshqaruvchilariga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida haq toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni uzishda toʻlangan qarz summasining 5 foizi miqdorida sud boshqaruvchilariga qoʻshimcha haq toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sud boshqaruvchilarining faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sud boshqaruvchilarini tayinlash kreditor (kreditorlarning umumiy yigʻilishi yoki qoʻmitasi) yoki bankrotlik ishlari boʻyicha vakolatli davlat organi yoxud Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari taqdimnomasi boʻyicha sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, sud boshqaruvchilarining kasbiy malakasini oshirishga koʻmaklashish, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularning rolini kuchaytirish maqsadida Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda sud boshqaruvchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchilarining kasbiy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholaydi, ular tomonidan qonun hujjatlariga, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilishini monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Respublika oliy maktabi bilan birgalikda zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sud boshqaruvchilarini oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Respublika oliy maktabida sud boshqaruvchilarini oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Assotsiatsiya bilan birgalikda Sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-apreldan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash haqidagi maʼlumotlarni har chorakda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va rasmiy veb-saytda joylashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Bankrotlik taomillari qoʻllanilgan qarzdorlarning mol-mulkini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisi attestatini olishga talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka attestati berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar muddatda soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirganlik va qasddan bankrotlikka olib kelganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-mayga qadar muddatda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4146-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4146/2566-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)