O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Budjet tashkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinchi qismi 2-bandiga muvofiq qo‘llanilgan jarimalar budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbai bo‘lib hisoblanmaydi hamda jarimalar summasi tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi. Bu ish haqi xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan budjetdan mablag‘ oluvchilarga ham tatbiq etiladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-fevral,
79-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/79/2560-son)