29.01.2019 yildagi PQ-4139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy fanlar sohasida kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, fuqarolik jamiyati, milliy davlatchilikning siyosiy asoslarining shakllanishi va rivojlantirish sohasida kompleks tizimli tadqiqotlar olib borish, globallashuv sharoitida davlatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, shu asosda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va dasturlarni ishlab chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) 2019/2020 oʻquv yili uchun qabul kvotalarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Siyosatshunoslik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 20 kishi, shu jumladan, davlat granti boʻyicha 5 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amaliy siyosatshunoslik” taʼlim mutaxassisligi boʻyicha 10 kishi, shu jumladan, davlat granti boʻyicha 2 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Siyosiy fanlar” fani tarmogʻi ixtisosliklari boʻyicha tayanch doktoranturada 4 kishi, va doktoranturada 2 kishi miqdorida belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasini (keyingi oʻrinlarda — kafedra) tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafedra faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajriba hamda zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish asosida siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon siyosatidagi eng yangi trend va yoʻnalishlarni hisobga olgan holda xalqaro darajadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Siyosatshunoslik” fani boʻyicha oʻquv jarayonini mazmun jihatdan takomillashtirish maqsadida yangi avlod darsliklari, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv dasturlari va rejalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ilgari surish sohasida Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda taʼlim berish, fundamental va amaliy tadqiqotlarning yuqori darajasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va jahon siyosati, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini oʻquv jarayoniga hamda tegishli oʻquv rejalari va dasturlariga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy fanlar sohasi iqtisodiy siyosatshunoslik, siyosiy marketing va menejment, siyosiy sotsiologiya va boshqa innovatsion yoʻnalishlarni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan metodologik va oʻquv-texnologik shart-sharoitlarni yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yili boshlangunga qadar kafedrani siyosatshunoslik sohasidagi mahalliy va xorijiy yetakchi mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet taʼlim jarayoniga xorijlik, shu jumladan, chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan yetakchi ekspertlarni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida siyosatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratishni koʻzda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va tashqi ishlar vaziri A.H. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 29-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4139-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 07/19/4139/2544-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)