Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2021 16.01.2019 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda respublikamizda chet el investitsiyalarini, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda XMI va XHMT deb ataladi) mablag‘larini investitsiya loyihalari, avvalambor, aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun faol jalb qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud holat yuzasidan o‘tkazilgan tahlil investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan, investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini belgilashning cho‘zilishi, shuningdek, hujjatlarning dastlabki bosqichda sifat jihatidan past darajada ishlab chiqilishi bilan bog‘liq tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi va bu ko‘pincha loyihalarni tayyorlash cho‘zilib ketishiga hamda loyihalarni XMI va XHMT, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida ko‘p marotaba qayta ishlashga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XMI va XHMT mablag‘laridan foydalanish mexanizmini yanada takomillashtirish, shuningdek, jalb qilinadigan qarz mablag‘larini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larining bir qismini XMI hamda XHMT mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, XMI hamda XHMT mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlari quyidagicha moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamg‘arma mablag‘larini faqat tashabbuskor budjet tashkilotlarining loyihalariga jalb qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda investitsiya loyihasini O‘zbekiston Respublikasining XMI va XHMT bilan hamkorlik strategiyasiga (dasturiga) kiritish sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan loyiha tashabbuskori — vazirlik va idoraning har yili tasdiqlanadigan loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamg‘arma mablag‘larini quyidagi holatlarda jalb qilmagan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XMI va XHMT ushbu maqsadga grant taqdim etsa (texnik ko‘maklashish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini investitsiya loyihalari doirasida jalb etiladigan qarz mablag‘lar hisobidan ishlab chiqish nazarda tutilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zInjiniring” respublika loyiha instituti bilan birgalikda XMI va XHMT mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshiriladigan loyihalar tashabbuskorlari — vazirliklar va idoralarning investitsiya bo‘linmalari xodimlarining malakasi oshirilishini tizimli asosda ta’minlash maqsadida loyiha jarayoni bo‘yicha o‘quv kurslari hamda seminarlarni muntazam tashkil qilsin va bunda investitsiya loyihalarining loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi o‘quv dasturlarining mazmuni va samaradorligiga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, shuningdek, yetakchi mahalliy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda, investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni 2019-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 09/19/40/2494-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)