Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
“Xalq taʼlimi muassasasining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2377-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2012-yil 13-iyundagi 185-son “Xalq taʼlimi muassasasining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2377, 2012-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 302-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
18-mh-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 26-dekabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 26-dekabr
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
2018-yil 26-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/2377-1/2467-son)