Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2022 03.01.2019 yildagi PF-5609-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, joylarda yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal etishga qodir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, respublika hududlaridagi ishlarning real holatini o‘rganish natijasi ularni kompleks va jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan tizimli kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional islohotlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning yangi modelini ishlab chiqish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va Jizzax viloyati hokimligining 2019-yil 1-martdan boshlab Jizzax viloyatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ilg‘or hudud” sinov loyihasini (keyingi o‘rinlarda — sinov loyiha) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or qarorlarni aniqlash, shuningdek respublika va hududiy ijro hokimiyati organlarining javobgarlik sohasini aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning strategik maqsadlari, shuningdek hududiy davlat boshqaruvi organlari uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy islohotlar yordamida investitsiyaviy muhitni yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir qishloq — bitta mahsulot” tamoyili bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni jadallik bilan yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish va sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning sinov loyihani amalga oshirish doirasida qabul qilgan qarori, boshqaruv xususiyatidagi topshiriqlardan tashqari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, idoralar va Jizzax viloyati hokimligining Agentlik bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlaydi hamda sinov loyihani amalga oshirish bo‘yicha Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik 2019-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy maslahatchilar va mutaxassislarni jalb qilgan holda Jizzax viloyati hududini rejalashtirish sxemasi eskizini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qurilish vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Jizzax viloyati tumanlari va aholi punktlarining bosh rejalarini rejalashtirish sxemalari, shuningdek tegishli arxitektura-rejalashtirish tadbirlari muvofiqligini nazorat qilish maqsadida ixtisoslashtirilgan Arxitektura-rejalashtirish ekspert kengashini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi Jizzax viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash, chora-tadbirlarni amalga oshirish va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy islohotlar, shu jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, turizm va foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi tarkibiy islohotlar bo‘yicha takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion loyihalar, shu jumladan raqamli iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iste’dodli bolalar va yoshlar imkoniyatlarini, tranzit yo‘llaridagi infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urbanizatsiya va kompleks uy-joy qurilishi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm tarmog‘ini, shu jumladan Zomin tumanida turizm klasterlarini tashkil etish orqali rivojlantirish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv, gaz va elektr ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasi, Internet tarmoqlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari sohasida talab qilinadigan ishlarning ustuvorligi bo‘yicha infratuzilma holatini baholash va yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik ikki hafta muddatda “Ilg‘or hudud” sinov loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ekspert-tahlil kengashini shakllantirsin, shuningdek uning nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda sinov loyihani amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5609-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 06/19/5609/2453-son)