Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2020 09.01.2019 yildagi O‘RQ-513-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan), alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) iqtisodiy sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalardan, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21) maʼmuriy sudlarga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi, notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan beriladigan shikoyatlardan, maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek maʼmuriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 329 va 330-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“329-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) daʼvogarlar — ish haqini undirib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) daʼvogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, maʼmuriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) isteʼmolchilar — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) davlat organlari — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini, oʻz manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — pensionyerlardan (nafaqa oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan pensiyalarning va nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari — koʻchish joyiga bormagan yoki koʻchib borgan joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan koʻchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari –barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari — qoʻmita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish chogʻida buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq qaysi yuridik shaxsning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi quruvchilar bilan nizolarni hal etish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36) tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining 8 — 10, 32 — 36-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
330-modda. Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi, oʻrmon xoʻjaligi daromadi summalarini (shu jumladan, oʻrmon daraxtlarini oʻsib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek oʻzboshimchalik bilan oʻrmon daraxtlarini kesganlik, pichan oʻrganlik va mollarni oʻtlatganlik uchun jarimalarni) undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini, shuningdek oʻz manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni tashkilotlardan undirib olish boʻyicha daʼvolar, shu jumladan regress daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha ishlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari — qoʻmita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi daʼvolar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan paydo boʻlgan qarzdorliklarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) arizachi va javobgar — huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 3301-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3301-modda. Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini, shuningdek oʻz manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) taraflar — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining 1, 9, 11, 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishdan dastlabki daʼvogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan almashtirilgan hollarda, davlat boji, agar u dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda huquqiy vorisdan undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismidagi “fuqarolik protsessual va xoʻjalik protsessual” degan soʻzlar “fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi qismidagi “undiriladi” degan soʻz “toʻlanadi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarishga asos boʻlgan sharoitlar bartaraf etilganidan soʻng takroran beriladigan daʼvo arizalariga (arizalarga, shikoyatlarga) davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat davlat boji takroran toʻlanishining oldini olish uchun ilova qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma toʻrtinchi — yigirma yettinchi qismlari tegishincha yigirma beshinchi — yigirma sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 342-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2) sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek davlat notarial idoralari notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31) davlat boji toʻlangan daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-513-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)