04.01.2019 yildagi PQ-4090-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida elektrotexnika sanoati tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha salmoqli ishlar bajarildi, bu esa ishlab chiqarishning yangi turlarini oʻzlashtirgan holda mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini yaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, 2017-yilda elektrotexnika sanoatiga kiritilgan investitsiyalarning salmogʻi respublika boʻyicha umumiy investitsiyalarning atigi 0,8 foizini, YAIM tarkibida elektrotexnika mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 1,5 foizni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatda xom ashyo bazasining chegaralanganligi xorijiy analoglari bilan solishtirganda uning tannarxi oshishiga sabab boʻlmoqda. Shu bilan birga, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning importida qoʻshilgan qiymat soligʻi muddatini kechiktirishga imkon yaratish va hisobga olish mexanizmining mavjud emasligi eksport qiluvchi tashkilotlarning aylanma mablagʻlari boshqa maqsadlarga jalb qilinishiga va xarajatlarning oshishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoati tashkilotlarining faoliyat samaradorligini yanada rivojlantirish va oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektrotexnika sanoati korxonalari, “Oʻzeltexsanoat” AK aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” AK negizida uning mol-mulki va davlatga tegishli boshqa vositalarni, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorligini (“Oʻzeltexsanoat” AKga tegishli xoʻjalik jamiyatlarining koʻchmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi) bundan mustasno) oʻtkazgan holda Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” AKga tegishli xoʻjalik jamiyatlarining koʻchmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi)ni Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Oʻzeltexsanoat” AK mol-mulki va boshqa mablagʻlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga oʻtkazish soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy asosda aʼzo boʻlgan elektrotexnika sanoati korxonalari va tashkilotlari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi aʼzolari hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori bilan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari taʼsischilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi faoliyatini joriy taʼminlash va moliyalashtirish “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi aʼzolarining badal va ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorlarda elektrotexnika mahsulotlariga boʻlgan talab konyunkturasini oʻrganish va shu asosda mahsulotning yangi turlarini oʻzlashtirishda koʻmaklashish, ichki bozorni yuqori sifatli milliy elektrotexnika mahsulotlari bilan toʻldirish va uning eksport geografiyasini, shu jumladan turli axborot resurslari va koʻrgazma tadbirlarida milliy brendlarni ilgari surish va elektrotexnika sanoati korxonalari salohiyatini namoyon etish orqali kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga koʻmaklashish, sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qoʻshma ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talablar va standartlar bilan uygʻunlashtirish orqali uni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollari, xom ashyo bazasi, infratuzilma, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda elektrotexnika sanoati korxonalarini joylashtirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika sanoati sohasida kadrlarni tayyorlashga boʻlgan real ehtiyoj va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarni takomillashtirishda ishtirok etish, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatni jadal rivojlantirishga va elektrotexnika sanoati korxonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Sino” AJ davlat aksiyalari paketini investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymati boʻyicha korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlash bilan bir vaqtda korxonaning faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga asosan 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2022-yilning 1-yanvariga qadar oʻzining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida olib kelinadigan qurilish materiallari importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 120 kunga kechiktirish imkoniyati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish boʻyicha qarzdorlik summasini qoʻshilgan qiymat soligʻi yuzasidan umumiy hisob-kitobda yopishni nazarda tutuvchi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yilning 1-yanvariga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mol-mulk soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar boʻyicha tashkilotlarning “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazadan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektrotexnika sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi elektrotexnika korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha 153,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi 22 ta investitsiya loyihalarini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilga yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 2 baravarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 mln. AQSH dollari miqdoriga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymati 500 mln. AQSH dollari boʻlgan istiqbolli innovatsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda elektrotexnika sanoati korxonalarining alohida sarf-xarajatlarini, shu jumladan oʻzlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishdagi transport xarajatlarini subsidiyalash mexanizmini qoʻllash boʻyicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini tatbiq etish imkoniyatini oʻrganib chiqsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda elektrotexnika sanoatiga investorlarni va xorijning yetakchi elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ikki oy muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga intellektual mulkka boʻlgan huquqlarini operativ tarzda roʻyxatga olishda koʻmaklashish va sohani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz quyma quvvatlarida yoki tegishli rangli metallarni ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish uchun ishlab chiqarishga qayta ishlangan xom ashyoni takroran jalb etgan holda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish natijasida hosil boʻladigan rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash mexanizmini yaratish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda boʻsh turgan ishlab chiqarish obyektlari negizida elektrotexnika sanoati ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalari (texnoparklari)ni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qarorining 13-bandida belgilangan imtiyozlarning amal qilishi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida, xom ashyo tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan tashqari, respublikaning barcha elektrotexnika sanoati korxonalariga tatbiq etilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi elektrotexnika sanoati korxonalari bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar kadrlar tayyorlash ehtiyojidan kelib chiqib, elektrotexnika sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan taʼlimning talab yuqori boʻlgan yangi yoʻnalishlarini ochish hamda tahsil olayotganlarning elektrotexnika sanoati korxonalari va tadqiqot muassasalari negizida malaka amaliyoti oʻtashi boʻyicha takliflarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari doirasida oʻtkaziladigan tenderlar, tanlovlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun 20 foizgacha boʻlgan narx preferensiyasi mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvoza koʻchasi, 1-boshi berk koʻcha, 10-uyda bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mazkur obyektni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni ilgari belgilangan manbalar hisobidan tugatishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Adliya vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 4-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4090-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/19/4090/2415-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)