Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 30.11.2018 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 14-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellatsiya va kassatsiya tartibida qayta koʻrish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 383, 403-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) daʼvo tartibida yuritiladigan ishlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvogar, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining shikoyati va prokurorning protesti boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi, manfaatdor shaxs, ularning vakillari va prokurorning protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek FPK 373-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning birinchi instansiya sudida qatnashayotgan vakili, shu jumladan advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunga muvofiq sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida, kassatsiya shikoyati (protest) esa, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kunning ertasidan hisoblanadi (FPK 152-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan FPK 155-moddasi qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki rad qilish haqida sud ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan FPK 155-moddasining oltinchi qismiga koʻra, xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topganda, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) FPK 386, 406-moddalari talablariga muvofiqligini tekshirish hamda FPK 389, 409-moddalarida koʻrsatilgan harakatlarni bajarish uchun ishni birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. FPK 385, 405-moddalariga koʻra, apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga beriladi, ammo hal qiluv qarori, ajrim, qarorni qabul qilgan sudga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) FPK 389, 409-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun sud hujjati qabul qilgan sudga yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) sud buyrugʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan, shuningdek ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida, shu jumladan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar boʻyicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan chiqarilgan birinchi instansiya sudining ajrimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. FPK 386, 406-moddalarida apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazmuni FPK 386, 406-moddalari talablariga javob bermaydigan shikoyat (protest), shuningdek davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanmagan shikoyat kamchiliklarini bartaraf qilish uchun muddat berilgan holda, sudyaning ajrimi bilan harakatsiz qoldiriladi. Koʻrsatilgan muddat shikoyat (protest)ning kamchiliklarini bartaraf etishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganda, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi, aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, qaytariladi va bu haqda sudya tomonidan ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori nusxasini topshirish faktini apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protest) berish huquqini amalga oshirish muddati bilan bogʻlamasligi sababli, hal qiluv qarorining nusxasini olgandan soʻng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini koʻrsatib, “dastlabki” apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmaganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonunga muvofiq shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqi boʻlganligini inobatga olib, ularni birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilgandan soʻng kelib tushsa, ular tegishli instansiya sudiga yuborish bilan birga nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ham yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. FPK 393, 413-moddalari talablariga koʻra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror esa, protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish)ni qabul qilish masalasi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyat (protest)ni koʻrish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilishi zarur. FPK 69-moddasi mazmuniga koʻra, ishonchnomada vakilga berilgan birinchi instansiya sudi sud hujjatiga nisbatan shikoyat keltirish huquqi, agar ishonchnomada boshqa holat maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyatdan voz kechish qonunga zid boʻlmasa yoki boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi uni qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tegishli sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan boʻlsa, sud shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi toʻgʻrisida, shuningdek protest qaytarib olinganda ajrim chiqaradi va apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatga qoʻshilish haqidagi yozma ariza mustaqil shikoyat sifatida koʻrib chiqilishi sababli, agar sud protsessida shikoyat bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar yoki uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilgan taqdirda, shikoyatdan voz kechishni qabul qilish apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatishga olib kelmaydi. Shuni eʼtiborga olish lozimki, koʻrsatilgan shaxslar berilgan protestga ham qoʻshilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. FPK 166-moddasiga koʻra, sud taraflarni yarashtirish choralarini koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida tegishli instansiya sudiga taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK 166, 167-moddalari talablariga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi muhokamasida amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga (taraflarga) FPK 126-moddasida nazarda tutilgan ish boʻyicha ish yuritishni tugatishning oqibatlarini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning daʼvo talablaridan voz kechishini qabul qilishda va taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) boʻyicha ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli, FPK 389-moddasining birinchi qismi, 409-moddasining birinchi qismi talablarining bajarmasligi FPK 397, 417-moddalariga muvofiq ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish koʻrilishi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda ham, ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek kelmaganlik sabablari haqida maʼlumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi protsessual huquqiy vorislik FPK 47-moddasiga koʻra, sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, bunday shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarning eʼtibori ishlarni apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrishda FPK 395, 415-moddalarida belgilangan muddatlarga, shuningdek apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtgan holda ham rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest) boʻyicha tushgan ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish muddatlari qonunda belgilangan muddat doirasida (FPK 395, 415-moddalari) ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining koʻpligi, qoʻshimcha hajmdagi dalillarni talab qilib olinishi va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qonunga koʻra ish apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari qonun talablariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 396, 416-moddalariga muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini toʻliq hajmda tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlaganligini, moddiy va protsessual normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim. Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi nazar, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish, ish boʻyicha ish yuritishni tugatish yoki arizani koʻrmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. FPK 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtadi va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi va bu ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan shikoyat (protest) berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilishi kollegial tarzda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda FPK 397, 417-moddalarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakilining tushuntirishlari tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf shikoyat qilgan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar va uning vakili soʻzga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlarining tushuntirishlarida shikoyat (protest)da koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlganligidan va yangidan taqdim etilganligidan qatʼi nazar, tekshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib boʻyicha tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlarning eʼtibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti boʻlmagan, shu jumladan, qarshi daʼvo tariqasida keltirilgan yangi moddiy-huquqiy talablar, shuningdek tarafning daʼvo muddatini qoʻllash haqida arz qilgan talabi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va koʻrilishi mumkin emasligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu qoida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish chogʻida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan yoki xabardor qilinmagan javobgar tomonidan berilgan talablarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPK 10-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida tegishli instansiya sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻrish natijalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani ajrimda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi eʼlon qilinganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK 399, 419-moddalarida belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni oʻqib eshittirganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. FPK 375-moddasiga muvofiq sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) moddiy huquq normalarining va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga koʻra, mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud hujjati faqat rasmiy, yaʼni ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatli boʻlmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini oʻtkazish tartibi buzilganligi, davlat boji asossiz kamaytirilganligi yoki kechiktirilganligi va h.k.) boʻyicha bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik rasmiy ekanligi toʻgʻrisidagi masala apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilmaganligi yoki qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi faqat ishni notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. FPK 399, 419-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ishni yangidan koʻrish uchun oʻtkazmasdan hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoki hal qiluv qarorini, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy, asosli hamda adolatli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat yoki protest vajlari notoʻgʻri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga asos boʻlmaydi deb topilganligi sabablari koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi tomonidan ishning toʻgʻri hal qilinishiga taʼsir qilmagan va taʼsir qilishi mumkin boʻlmagan huquq normalari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 379-moddasiga muvofiq ularni oʻz ajrimi yoki chiqargan xususiy ajrimida koʻrsatib oʻtishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Shuni nazarda tutish lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (FPK 399, 419-moddalari). Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mavjud, shuningdek qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlab, oʻzi hal qiluv qarori, qarorni oʻzgartirishga yoki hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilib, yangi hal qiluv qarori, qaror chiqarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga oʻzgartirishlar kiritish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi hal qiluv qarori deganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning asosiy xulosasini jiddiy oʻzgartiradigan ajrim qabul qilinishi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudi FPK 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga agar apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlangan boʻlsa, haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilganda va yangi hal qiluv qarori qabul qilganda, qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda (FPK 261, 262 va 263-moddalari) quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrim yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha ajrim chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrimni tushuntirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi oʻtkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. FPK 400, 420-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga, shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) qonunda nazarda tutilgan, shuningdek ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va koʻrish sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasining birinchi qismida belgilangan oʻn kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran, kassatsiya tartibida ajrim ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 420-moddasining birinchi qismida belgilangan olti oylik muddat esa, birinchi instansiya sudi ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. FPK 402, 421-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza birinchi instansiya sudining ish yurituviga qabul qilinib va ish qoʻzgʻatilgandan soʻng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, daʼvoni taʼminlash, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.), apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni kelgusida mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining ish qoʻzgʻatilgunga qadar qabul qilingan ajrimi bekor qilingan holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ustidan shikoyat (protest) berilgan ajrim chiqarilishiga sabab boʻlgan (masalan, arizani qaytarish, arizani qabul qilishni rad qilish toʻgʻrisidagi) protsessual masalani oʻzi mazmunan hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari boʻyicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼi nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish boʻyicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik boʻlganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. FPK 276-moddasi talablariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakat haqida bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Shikoyat apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyatlar boʻyicha koʻrilgandan soʻng kelib tushganda, mazkur apellatsiya, kassatsiya shikoyatini bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Fuqarolik ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarorining apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrish amaliyotiga taalluqli tushuntirishlari qismi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-son