25.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3106
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 25.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3106
Kuchga kirish sanasi
01.01.2019
Hujjat 01.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3106]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 13-noyabrdagi 143-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik aktiv ― hayvonlar yoki oʻsimliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik aktivlarning guruhlari ― oʻxshash xususiyatlarga ega hayvonlar yoki oʻsimliklarning jamlanmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotransformatsiya ― oʻsish, nasl qoldirish, ishlab chiqarish va koʻpayish jarayoni natijasida biologik aktivda sodir etiladigan sifat va son oʻzgarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetilgan biologik aktivlar ― bu qishloq xoʻjaligi mahsulotini yigʻib olish mumkin boʻlgan darajaga yetgan (foydalaniladigan (isteʼmol qilinadigan) biologik aktivlarga nisbatan qoʻllaniladigan) yoki ularni muntazam ravishda yigʻishni (olishni) taʼminlashi mumkin boʻlgan (unumdor biologik aktivlarga qoʻllaniladigan) aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ― biologik aktivlaridan olingan (yigʻilgan) mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish ― mahsulotni biologik aktivdan ajratib olish yoki biologik aktivning hayot faoliyatini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi faoliyati ― tashkilotlar tomonidan yetilgan biologik aktivlar va biotransformatsiyani yoki olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yoki qoʻshimcha ishlab chiqarilgan biologik aktivlarni sotish, begʻaraz asosida yoxud nominal qiymat boʻyicha berish maqsadida boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish xarajatlari ― moliyalashtirish xarajatlari, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan tashqari, aktivlarning chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha xarajatlar. Aktivlarning chiqib ketishi sotish, begʻaraz yoki nominal qiymati boʻyicha oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unumdor (nasldor) biologik aktivlar ― ushbu biologik aktivlar qishloq xoʻjaligi faoliyatida bir yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz va qayta foydalaniladigan aktivlardir. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar qishloq xoʻjaligi mahsuloti emas, balki oʻz-oʻzidan qayta tiklanuvchi obyekt hisoblanadi. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar hisoblanuvchi hayvon turlariga nasl qoldiruvchi hayvonlar (baliq va qushlar), sut mahsulotlari yoʻnalishi boʻyicha yirik shoxli qoramollar, jun ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qoʻylar va boshqa hayvonlar misol boʻla oladi. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar hisoblanuvchi oʻsimlik turlariga meva va rezavorlar, yongʻoq, sharbat, qatronlar, qobiqlar va barglar olish uchun oʻstiriladigan daraxtlar, uzumzorlar va butalar kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan (isteʼmol qilinadigan) biologik aktivlar ― qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatida olinadigan (yigʻiladigan) yoki biologik aktivlar sifatida sotiladigan, begʻaraz yoki nominal qiymat boʻyicha beriladigan aktivlar. Masalan, foydalaniladigan (isteʼmol qilinadigan) biologik aktivlarga bir martalik foydalanish uchun hayvon yoki oʻsimliklar, xususan goʻsht yoʻnalishida yirik shoxli qoramol, sotish uchun moʻljallangan qoramol, baliq yetishtirish xoʻjaliklaridagi baliq, makkajoʻxori va bugʻdoy kabi donli mahsulotlar, shuningdek yogʻoch tayyorlash maqsadida oʻstiriladigan daraxtlar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xoʻjaligi faoliyati turli sohalarni qamrab oladi, jumladan chorvachilik, oʻrmonchilik, qishloq xoʻjaligining bir yillik yoki koʻp yillik oʻsimliklarini oʻstirish. Ushbu faoliyat bir qator umumiy jihatlar ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻzgarish qobiliyati. Hayvonlar va oʻsimliklar biotransformatsiya xususiyatiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻzgarishlarni boshqarish. Boshqarish zarur boʻlgan qulayliklar yoki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun barqaror shart-sharoitlarni yaratish yoʻli bilan biotransformatsiyaga koʻmaklashadi (misol uchun, belgilangan darajada ozuqa moddalarini taʼminlash, namlik, harorat, mahsuldorlik va yorugʻlikni saqlab turish). Bunday boshqarish qishloq xoʻjaligi faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan (boshqarib boʻlmaydigan manbalardan olinadigan mahsulotlar, jumladan tabiiy koʻllar va daryolardan baliq tutish yoki oʻrmonlarni kesish) farqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻzgarishlarni oʻlchash. Biotransformatsiya natijasida yuzaga keladigan sifat (misol uchun, genetik xususiyatlari, zichligi, yetilganligi, yogʻ qatlami, oqsilning mavjudligi, tolaning mustahkamligi) va miqdor oʻzgarishlarini (misol uchun, nasli, ogʻirligi, kub metri, tolaning uzunligi yoki diametri, gʻunchalar soni) oʻlchash va nazorat qilish boshqaruvning funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Biotransformatsiya quyidagi natijalarga olib keladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aktivlarning oʻsishiga (hayvonlar yoki oʻsimliklar miqdorining oʻsishi yoxud ularning sifat xususiyatlari yaxshilanishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aktivlarning kamayishiga (hayvon yoki oʻsimliklar miqdorining kamayishi yoxud ularning sifat xususiyatlari yomonlashishi) yoki koʻpayishiga (qoʻshimcha jonli hayvon yoki oʻsimliklarning paydo boʻlishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqilishiga (masalan, choy bargi, jun, sut va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisoblash metodi orqali moliyaviy hisobotni tuzuvchi va taqdim qiluvchi tashkilotlar oʻzining qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda mazkur Standartni qoʻllashi va quyidagilarning hisobini yuritishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) biologik aktivlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yigʻish paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Standart quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq nomoddiy aktivlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmatlar koʻrsatish yoki ishlarni bajarish uchun moʻljallangan biologik aktivlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Biologik aktivlardan tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim, transportirovka, koʻngilochish, bojxona nazoratini oʻtkazish maqsadida foydalanilgan hollarda mazkur Standart talablari boʻyicha hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobini yuritishda ularni olish (yigʻish) vaqtidagina mazkur Standartdan foydalaniladi. Uning keyingi hisobini yuritishda boshqa tegishli standartlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini olishdan (yigʻishdan) keyingi qayta ishlab chiqish ishlarida (misol uchun, uzumni vinoga qayta ishlash) mazkur Standart qoʻllanilmaydi. Qayta ishlab chiqish qishloq xoʻjaligi faoliyatining mantiqiy va tabiiy davomi, shuningdek boʻlib oʻtayotgan jarayonlar va biotransformatsiya oʻrtasida ayrim oʻxshashlik boʻlsa-da, mazkur jarayon mazkur Standartdagi qishloq xoʻjaligi faoliyati tushunchasiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Biologik aktivlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlab chiqish natijasida olinadigan (yigʻiladigan) mahsulotlarga misollar mazkur Standartning ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hisobga olish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashkilot biologik aktiv yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotini faqat quyidagi hollarda hisobga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahsulot yetishtirilgunga (yigʻilgunga) qadar davrda aktivni nazorat qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aktiv bilan bogʻliq kelajakda iqtisodiy daromad kelishi yoki xizmat koʻrsatish imkoniyatini ehtimolligi yuqori boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aktivning haqiqiy qiymati yoki tannarxini oʻlchash maʼlumotlari ishonchli boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Biologik aktivning haqiqiy qiymati uning joylashgan joyi va hozirgi vaqtdagi holatidan kelib chiqib aniqlanadi. Misol uchun, xoʻjalikdagi begʻaraz yoki nominal qiymatda berish uchun moʻljallangan qoramolni joyga yetkazib berishning transport va boshqa xarajatlarini hisoblamaganda, uning haqiqiy qiymati tegishli bozordagi narxi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi faoliyatida yirik shoxli qoramolga egalik qilish huquqi sifatida uning sotib olinishi, tugʻilishi yoki ajratilishi vaqtida tamgʻalash yoki boshqa usulda belgi qoʻyiladi. Kelajakdagi iqtisodiy foyda va xizmat koʻrsatish potensiali uning oʻziga xos koʻrsatkichlaridan kelib chiqib baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dastlabki hisobga olish va undan keyingi har bir hisobot davriga biologik aktiv oʻzining haqiqiy qiymati boʻyicha sotish xarajatlarini hisobga olmagan holda belgilanishi kerak, mazkur Standartning 26-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkilotlar biologik aktivlarni almashuv boʻlmagan operatsiyalar orqali qabul qilsa, biologik aktivni dastlabki hisobga olish va undan keyingi har bir hisobot davrida baholash mazkur Standartning 13-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ushbu mahsulotlar olingan vaqtda aniqlanadigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha baholanishi kerak. Ushbu baholanish natijasida olingan qiymat boshqa tegishli standart qoʻllanib boshlanadigan kunga mahsulotning qiymati boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Biologik aktiv yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotining haqiqiy qiymatini aniqlash jarayonini osonlashtirish maqsadida ularning asosiy xususiyatlari mos ravishda guruhlashtirilishi mumkin (misol uchun, yoshi yoki sifati boʻyicha). Tashkilot aktivning narxini belgilashda asos sifatida bozorga mos ravishda foydalanilayotgan xususiyatlardan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashkilotlar koʻp hollarda oʻzlarining biologik aktivlari yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kelajakdagi qaysidir vaqtda sotish boʻyicha shartnoma tuzadilar. Bunday shartnomalarda kelishilgan narxlar haqiqiy qiymatni aniqlashda asos boʻlishi shart emas, chunki haqiqiy qiymat sotuvchi va sotib oluvchi ishtirok etayotgan bozordagi narxlarning joriy konyukturasini koʻrsatadi. Shunga koʻra, shartnomaning mavjudligi biologik aktivlar yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining haqiqiy qiymatini oʻzgartirilishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar biologik aktivlar yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ularning joylashgan joyi va holatiga bogʻliq holda faol bozor mavjud boʻlsa, bunda ushbu bozorda belgilangan narx mazkur aktivning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun mos keluvchi asos hisoblanadi. Agar tashkilot bir qancha faol bozorlarga kirish imkoniyati boʻlsa, tashkilotga toʻgʻri keluvchi eng maqbul boʻlgan narx ishlatiladi (misol uchun, agar tashkilotda ikkita faol bozorga kirish imkoniyati boʻlsa, bunda u oʻzi bitim tuzishni istagan bozordagi narxdan foydalanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Faol bozor mavjud boʻlmagan holatlarda, tashkilotlar bozor qiymatni aniqlash uchun bir yoki bir qancha quyidagi koʻrsatkichlardan foydalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar oxirgi bitim amalga oshirilgan sana va hisobot sanasi oʻrtasidagi davrda xoʻjalik shartlariga muhim oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa savdo bitimning oxirgi narxlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻxshash aktivlar uchun bozor bahosi farqlarini hisobga olish bilan aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mos keluvchi soha koʻrsatkichlari, misol uchun bir eksport lot bogʻdorchilik koʻchatlari hisobi gektar va yirik shoxli qoramol hisobi kilogramm goʻsht.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yoki biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini mazkur Standartning 18-bandi asosida aniqlashda har xil xulosalarga olib kelsa, tashkilot ushbu farqlar sabablarini biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchliroq baholash uchun koʻrib chiqishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot aktivlarini oʻz hisob-kitobida moliyalashtirish, soliqqa tortish yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olgandan (yigʻgandan) keyin biologik aktivlarni tiklash bilan bogʻliq boʻlgan (misol uchun, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yigʻib olinganidan keyingi ekin maydonlarini tiklashga ketadigan xarajatlar) pul oqimini aks ettirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Biologik aktivlar tannarxi baʼzida haqiqiy qiymatga deyarli teng boʻlishi mumkin, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshlangʻich xarajatlari amalga oshirilgan vaqtdan sezilarli biotransformatsiya sodir boʻlmaganda (misol uchun, mevali daraxtlar hisobot davridan oldin koʻchatlari ekilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) biotransformatsiyaning narxga taʼsiri sezilarli darajada boʻlishi kutilmaganda (misol uchun, ishlab chiqarish davri 30 yilni tashkil etuvchi ekilgan qaragʻaylarni boshlangʻich oʻsish davri).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Biologik aktivlar koʻpincha yer bilan bevosita bogʻliq boʻladi (misol uchun, oʻrmondagi daraxtlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun bir-biriga bogʻliq boʻlgan aktivlarga tegishli axborotdan foydalanadi. Bunda, biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun bir-biriga bogʻliq boʻlgan aktivlarning haqiqiy qiymatidan ishlov berilmagan yerlarining haqiqiy qiymatini va uni yaxshilashga qaratilgan kapital xarajatlarini chegirish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Foyda va zarar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Biologik aktivning sotish xarajatlaridan tashqari uni haqiqiy qiymati boʻyicha dastlabki hisobga olishda, shuningdek sotish xarajatlarini chegirgan holda biologik aktivni haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zarar u hosil boʻlgan davrdagi tashkilotning foyda yoki zarar tarkibiga kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Biologik aktivning boshlangʻich hisobga olinishidagi zarari uning haqiqiy qiymatini aniqlashda yuzaga keladigan barcha sotish xarajatlarini chegirish natijasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish xarajatlaridan tashqari uni haqiqiy qiymati boʻyicha dastlabki hisobga olinishidagi foyda yoki zararining yuzaga kelish holatlari u hosil boʻlgan davrdagi tashkilotlarning foyda yoki zarar tarkibiga kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qishloq xoʻjalik mahsulotining dastlabki hisobga olinishida ushbu mahsulot olinishi (yigʻib olinishi) natijasida foyda yoki zarar yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Haqiqiy qiymatning ishonchli baholana olinmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Haqiqiy qiymatlariga ega boʻlmagan, shubhali, ishonchsiz boʻlgan yoki qiymat va muqobil hisob-kitob koʻrsatkichlari mavjud boʻlmagan biologik aktivlar ishonchli baholana olmaydi. Bunday holatlarda ushbu biologik aktiv qadrsizlanishdan toʻplangan zarar va eskirishni chegirish orqali oʻzining tannarxi boʻyicha baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchli baholash imkoniyati paydo boʻlishi bilan tashkilot uni sotish xarajatlarini chegirish orqali haqiqiy qiymatini oʻlchashni boshlashi kerak. Uzoq muddatli aktivlar hisobi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro standartga muvofiq ravishda uzoq muddatli biologik aktiv sotish uchun moʻljallanganlik sifatiga javob bergandagina (yoki sotish uchun moʻljallangan tasnifi boʻyicha chiqib ketuvchi guruhga kiritiladi) haqiqiy qiymat ishonchli baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agar tashkilot avval sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha qandaydir biologik aktivni baholagan boʻlsa, sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha mazkur biologik aktivni uni chiqish vaqtigacha baholashni davom ettiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Barcha holatlarda tashkilotlar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini olingan (yigʻilgan) vaqtda sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Axborotni ochib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tashkilotlar biologik aktivlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dastlabki hisobga olish, shuningdek biologik aktivlarning sotish xarajatlaridan tashqari haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zararning umumiy qiymatini ochib berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tashkilot isteʼmol qilinadigan biologik aktivlar bilan hosil beruvchi (unumdor) biologik aktivlar, shuningdek sotish uchun moʻljallangan biologik aktivlar bilan begʻaraz yoki nominal qiymat asosida berishga moʻljallangan biologik aktivlar oʻrtasidagi farqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotni berishda tashkilotlar biologik aktivlarni yetilgan va yetilmagan biologik aktivlarga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tashkilot, agar u taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan birga ochib berilmagan boʻlsa, quyidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) biologik aktivlarning har bir guruhlari bilan bogʻliq boʻlgan oʻzining faoliyatining xususiyati boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) natural koʻrinishda ifodalangan nomoliyaviy aktivlar parametrlari yoki hisob-kitob koʻrsatkichlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davri yakuniga tashkilotlar biologik aktivlarining har bir guruhlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti hajmi boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tashkilotlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari har bir guruhining olish (yigʻish) vaqtida va biologik aktivlari har bir guruhining haqiqiy qiymatini aniqlashda foydalaniladigan usul hamda asosiy yoʻnalishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida olingan (yigʻilgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotiga nisbatan tashkilot shu mahsulotning olish (yigʻish) vaqtida aniqlanadigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymatini koʻrsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilot:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoʻllash boʻyicha maʼlum cheklovlari bor boʻlgan biologik aktivlarning mavjudligi va balans qiymatini, shuningdek majburiyatlarni bajarish uchun garov sifatida berilgan biologik aktivlarning qiymatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) subyekt tomonidan biologik aktivlardan foydalanish yoki ularni sotish ehtimolligi mavjud boʻlganda shu aktivlarga qoʻyiladigan cheklovlar darajasi va xususiyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) biologik aktivlarni takomillashtirish yoki sotib olish boʻyicha oʻz boʻyniga olgan majburiyatlarning miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq moliyaviy xatar boshqarish strategiyasini ochib berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilot joriy hisobot davrining boshi va oxiri oʻrtasida boʻlgan biologik aktivlarning balans qiymatining oʻzgarishlarni qiyoslashi kerak. Ushbu qiyoslash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hosil beruvchi (unumdor) biologik aktivlar va isteʼmol qilinuvchi biologik aktivlar boʻyicha alohida ochiladigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymatining oʻzgarishlaridan olingan foyda va zarar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) biologik aktivlarni sotib olish natijasida qiymatning oshishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) almashuv boʻlmagan operatsiyalar natijasida sotib olingan aktivlar hisobiga qiymatning koʻtarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mazkur Standartga muvofiq ravishda biologik aktivlarni sotish va klassifikatsiyalash sababli qiymatning pasayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aktivlarni begʻaraz yoki nominal qiymat boʻyicha berilishi sababli qiymatning pasayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish (olish) bilan bogʻliq qiymatning pasayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) faoliyatni birlashtirish boʻyicha bitimlar natijasida qiymatning koʻtarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini hisobot topshirish valyutasiga qayta hisoblanishi va hisobot topshirilayotgan subyektni chet el boʻlinmasining koʻrsatkichlarini hisobot valyutasiga qayta hisoblanishidan kelib chiqadigan sof kurs farqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) boshqa oʻzgarishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Aktivning haqiqiy qiymati sotish xarajatlarini chegirgan holda biologik jismoniy xususiyatlari hamda bozordagi narxlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq ravishda oʻzgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Biotransformatsiya natijasida bir qator jismoniy xususiyatlar oʻzgarishi kuzatiladi (oʻsish, nasl qoldirish, ishlab chiqarish va koʻpayish) har bir oʻzgarish kuzatilishi va oʻlchanishi lozim. Jismoniy xususiyatlar oʻzgarishining har biri kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki samarali foydalanish imkoniyati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq. Yigʻilgan (olingan) qishloq xoʻjaligi mahsuloti natijasida biologik aktivni haqiqiy qiymatining oʻzgarishi jismoniy xususiyatlarni ham oʻzgartirishini oʻzida aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qishloq xoʻjaligi faoliyati koʻpincha noqulay ob-havo sharoitida yuzaga keladigan xatarlari, kasallikning ommaviy tarqalishi va boshqa tabiat xatarlar bilan bogʻliq. Bunday voqealar sodir boʻlish natijasida daromad yoki xarajatlar hajmi koʻpayib yoki kamayib ketishi mumkin, bunda ularning xususiyati va miqdori tashkilotning moliyaviy hisobotida koʻrsatilishi kerak. Bunday voqealarga misol boʻlib infeksion kasalliklarning ommaviy tarqalishi, suv toshqini, kuchli qurgʻoqchilik yoki havoning sovuq kelishi, shuningdek hasharotlarning koʻpayib ketishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar tashkilot biologik aktivni oxirgi davrdagi qadrsizlanishi natijasida toʻplangan amortizatsiya (mavjud boʻlganda) va zararni chegirgan holda tannarx boʻyicha oʻlchasa, bunda biologik aktivlarga nisbatan quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu biologik aktivlarning guruhi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) haqiqiy qiymatni ishonchli oʻlchash imkoniyati yoʻqligi sabablarini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) imkoniyatlardan kelib chiqib, barcha ehtimollikligi bilan haqiqiy qiymatning hisob-kitob baholari oraligʻini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) amortizatsiyani hisoblashda foydalaniladigan usul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) amortizatsiyani hisoblashda qoʻllaniladigan meʼyorlar yoki samarali foydalanish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) hisobot davrining boshi va oxiri oʻrtasidagi umumiy balans qiymati va yigʻilgan amortizatsiya (qadrsizlanishdan toʻplangan zarar bilan birga) summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Agar tashkilot hisobot davri davomida biologik aktivni qadrsizlanishdan yigʻilgan amortizatsiya va zararni chegirgan holda baholasa, bunda biologik aktivning chiqib ketganida tan oladigan har qanday foyda yoki zarar summasini koʻrsatib berishi, mazkur Standartning 35-bandiga mos ravishda koʻrib chiqilganda, shu kabi biologik aktivlarga tegishli koʻrsatkichlarni alohida koʻrsatishi kerak. Bundan tashqari, mazkur koʻrib chiqish tarkibiga biologik aktivga tegishli quyidagi koʻrsatkichlar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qadrsizlanishdan koʻrilgan zararlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qadrsizlanishdan koʻrilgan zararlarning tiklangan summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) amortizatsiya summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Agar joriy hisobot davri davomida qadrsizlanishdan toʻplangan amortizatsiya va zararni chegirilgan holda oldin tannarxni boʻyicha aniqlanadigan biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini ishonchli oʻlchash imkoniyati yuzaga kelganda, tashkilot mazkur biologik aktivlarga nisbatan quyidagi axborotni koʻrsatishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu biologik aktivlarning tasnifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) haqiqiy qiymatni ishonchli oʻlchash imkoniyati borligi sabablarini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻtishning haqiqiy qiymatga taʼsiri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, biologik aktivlar va ularni qayta ishlash natijasida olinadigan (yigʻiladigan) mahsulotlarga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
misollar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Biologik aktivlar

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari

Qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar

Qoʻylar

Jun

Ip kalava, gilam

Oʻrmondagi daraxtlar

Kesilgan daraxtlar

Yogʻoch-taxta materiallari

Gʻalla ekini

Bugʻdoy

Un va un mahsulotlari

Sogʻin sigir

Sut

Pishloq

Paxta oʻsimligi

Terilgan paxta

Ip-tola, kiyim

Shakar qamish

Oʻrilgan shakar qamish

Shakar

Olma daraxti

Olma

Olma sharbati

Uzumzor

Uzum

Vino

Goʻsht yoʻnalishidagi qoramollar

Goʻsht

Kolbasa mahsulotlari

Meva daraxtlar

Yigʻilgan mevalar

Qayta ishlovdan oʻtgan mevalar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 10/18/3106/2369-son; 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)