20.12.2018 yildagi PQ-4069-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, maʼmuriy toʻsiqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va toʻlovning bozor mexanizmi joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real oʻsish surʼatlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish surʼatlariga muvofiq emasligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega boʻlgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli oʻsishini taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda. Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xom ashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud boʻlgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi afzalliklardan toʻliq hajmda foydalanilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish boʻyicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni koʻrsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini taʼminlash va valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarda har tomonlama koʻmaklashish Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, taʼlim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni koʻrsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankning Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy koʻmaklashish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari boʻyicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat koʻmagini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan ularning loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashda tizimli hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda axborot-maslahat markazlari tarmogʻini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar bazasini taʼminlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan har yili “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar koʻrgazmalari va savdo yarmarkalarini oʻtkazish, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yoʻli orqali oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilishni boshlayotganlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar, tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari boʻyicha savdo missiyalari tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash, noxomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va ularning mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy mahsulotlarni xorijiy vakolatli organlar tomonidan rasmiylashtirilishi orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirishning ham respublikadagi, ham xorijdagi xalqaro tizimlarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida eksport qiluvchi korxonalarga maqsadli moliyaviy yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizini, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qisman qoplab berish;
(2-bandning “b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoniga asosan beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va milliy eksportni sugʻurtalashning zamonaviy mexanizmlarini muvaffaqiyatli qoʻllagan xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olib, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiligini sugʻurtalash mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa kompleks moliyaviy va konsalting xizmatlarini koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sugʻurtalash vazifasini yuklash va uni Tashqi savdo vazirligiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirini “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining raisi etib saylash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari qoshida savdo vakolatxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ajratishni koʻzda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining faoliyatini tashkil etish boʻyicha uning samarali faoliyat koʻrsatishi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini, shuningdek, eksportchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va eksport jarayonida xatarlarni sugʻurtalash mexanizmlari, eksportchilarni kamsituvchi choralar, tarif va notarif toʻsiqlardan himoya qilishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini minimal talab etilgan darajaga koʻtarish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4069-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 07/18/4069/2353-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)