15.12.2018 yildagi 1024-son
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida” hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo‘lgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini ma’lum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 263-moddasiga muvofiq majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning protsessual mavqeyi, yashash yoki ish joyi, majburiy keltirish uchun asoslar, shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi, majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
8. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimda ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi ko‘rsatiladi.
9. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) unda ushbu Nizomning 7 yoki 8-bandlarida ko‘rsatilgan talablardan biri mavjud bo‘lmagan taqdirda, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ijroga qabul qilinmasdan, kamchiliklarni bartaraf etish uchun yo‘llanma xat bilan qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol yuboriladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 264-moddasiga muvofiq ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta’tilda, xizmat safarida ekanligi, og‘ir kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligini aniqlasa, bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.