14.12.2018 yildagi 1013-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish sohasidagi ishlarning tahlili moliyaviy nobarqaror korxonalar soni oshib borayotganini, koʻrilayotgan choralar esa kutilgan samarani bermayotganini koʻrsatmoqda. Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning huquqiy asoslari tahlili quyidagi bir qator yechilmagan masalalar mavjudligidan dalolat beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, tartibga solishda kamchiliklar mavjud. Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarning maʼlumot yigʻishdan monitoring qilishgacha boʻlgan bosqichidagi barcha masalalarni qamrab oluvchi yagona hujjat shu paytga qadar qabul qilinmagan, mavjud hujjatlar esa jarayonning faqat muayyan bosqichlarini tartibga soladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, korxonalar tomonidan qabul qilinayotgan biznes rejalarning moliyaviy sogʻlomlashtirishning belgilangan normativlari bilan zaruriy bogʻliqligi mavjud emas. Korxonalarning boshqaruv organlari oʻz faoliyatida moliyaviy sogʻlomlashtirish normativlariga muvofiqlikni tekshirib koʻrmayapti va korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularni hisobga olishmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tushunchasi tavsifi, uning mazmuniga oid talablar, ishlab chiqish va monitoring qilish tartibi mavjud emas. Moliyaviy sogʻlomlashtirish yoʻl xaritalari 2011-yildan buyon ishlab chiqilayotgan boʻlishiga qaramay, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish boʻyicha normativ baza hozirgacha yaratilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishga xoʻjalik birlashmalari va hokimliklar jalb qilinmagan. Normativ baza yoʻqligi sababli tarmoq idoralari va hokimliklar “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda nomigagina ishtirok etmoqda va ularda belgilangan chora-tadbirlarning ijrochilaridan biri boʻlib qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha amaldagi huquqiy meʼyorlarning korporativ boshqaruv va bankrotlik jarayonlari doirasida keng qoʻllanilishi taʼminlanmayapti. Oxirgi yillardagi bankrotlik tartibotini qoʻllash tahlili dinamikasi bankrotlik tartibotini joriy qilish koʻlami kamayganligini koʻrsatmoqda. Holbuki, ushbu chora kreditorlarning qarzlarini qaytarish va korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish nuqtai nazaridan ancha samarali hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, har tomonlama koʻmaklashish, ularning moliyaviy nobarqarorligi sabablarini tezkor ravishda aniqlash va barqaror ishlashi uchun oldindan tegishli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish Reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar rahbarlari, shuningdek, davlat nomidan davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadori (ulushdori, taʼsischisi) huquqini amalga oshiruvchi shaxslar zimmasiga korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va ularning soʻzsiz amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlari aksiyador (ulushdor) boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu jamiyatlar boshqaruv organlari taklifi asosida belgilangan tartibda bankrotlik tartibotini qoʻllash boʻyicha iqtisodiy sudlarga mazkur korxonalarning qarzlarini soʻndirish va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish nazarda tutilgan murojaatlar kiritilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1013-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun (keyingi oʻrinlarda tahlil qilish deb aytiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb aytiladi) maʼlumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb aytiladi) tahlil qilish obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tahlil qilish uchun maʼlumotlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemada koʻrsatilgan davlat organlari maʼlumotlar bazasi orqali elektron hamkorlikda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar taqdim qilganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tahlil qilish uchun maʼlumotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat raqobat qoʻmitasi har chorakda, kelgusi hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligidan tahlil qilish obyektlari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilgan korxonalar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan korxonalar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushi toʻliq begonalashtirilgan korxonalar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat raqobat qoʻmitasi mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olgandan keyin uch ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar roʻyxatini yangilash va solishtirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga quyidagi maʼlumotlarni olish uchun yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddat oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy shaklda faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va iqtisodiy parametrlarini aks ettiruvchi korxonalar pasportlari. Bunda korxonalarning pasportlari korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladi va har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga yillik hisobot topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “a” kichik bandidagi ikkinchi — beshinchi xatboshilarda koʻrsatilgan maʼlumotlar Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan muddatlarda va hajmlarda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxgalteriya balansi” 1-shakl boʻyicha moliyaviy hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-shakl boʻyicha moliyaviy hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddat oʻtgan budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldida kreditorlik qarzdorligi mavjud korxonalar toʻgʻrisida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan maʼlumotlar hisobotlarni taqdim etish uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan keyin besh ish kunidan kechiktirmay Davlat raqobat qoʻmitasidan olingan tahlil obyektlari roʻyxati boʻyicha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat raqobat qoʻmitasi xodimlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha mazkur Nizomda keltirilgan maʼlumot va axborotlardan tashqari boshqa maʼlumot va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maʼlumotlar taqdim etilishini texnikaviy taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomda koʻrsatilgan davlat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etish uchun barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishni, shu jumladan dasturiy-texnik va kommunikatsiya jihozlarini (shu jumladan, tarkibiy boʻlinmalarida) uzluksiz ishlashi uchun moliyalashtirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga muvofiq hisobotlarni tayyorlash, shuningdek, oʻz vaqtida taqdim qilish uchun dasturiy-texnik va kommunikatsiya jihozlarining uzluksiz ishlashi uchun oʻz xodimlaridan masʼul shaxslar tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishidan kelib chiqib, oʻzaro kelishgan holda maʼlumotlarni taqdim etish uchun mazkur Nizomda keltirilgan tartibga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat raqobat qoʻmitasi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun olingan maʼlumotlardan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil ishlarini amalga oshirish uchun tarkibiy boʻlinmalariga shakllangan maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil natijalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga maʼlumotlarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat raqobat qoʻmitasi korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holatining tahlili natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirish huquqiga ega. Korxonalarning boshlangʻich statistik axborotlari va moliyaviy maʼlumotlari oshkor etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maʼlumotlarning oʻz vaqtidaligi va ishonchliligiga ularni taqdim etgan davlat organlari javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maʼlumotlar Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etilmasa yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasa, ushbu maʼlumotlarning taqdim etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎20___ yil faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va iqtisodiy parametrlarini aks ettiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalar pasportlarining
‎NAMUNAVIY SHAKLI

‎‎
‎1. Korxona nomi _____________________________________‎
‎‎
‎21. Smenalilikning oʻrtacha koeffitsiyenti _______________________________________ ‎
‎‎2. Identifikatsiyalashtirish kodi:
‎KTYADR ____________________
‎STIR _____________________
‎IFUT ____________________
‎‎3. Idoraviy mansubligi: _____________________________________ ‎
‎‎22. Asosiy ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalarning yosh tarkibi (uskunaning ishlab chiqarilgan yilidan kelib chiqqan holda):
‎3 yilgacha - ____%, 4-5 yil - ____%,
‎6 — 10 yil - ____%, 10 yildan ziyod - ____% ‎

‎‎‎4. Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli (AJ, MCHJ, DUK):____________________________

‎‎5. Korxona rahbari (F.I.Sh.):
‎‎_______________________________________‎
‎‎23. Asosiy ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalarning eskirish darajasi (uskunaning ishlab chiqarilgan yilidan kelib chiqqan holda): ____%
‎‎24. Ishlab chiqarish hajmi (jami va mahsulot turlari boʻyicha)
‎________________________________________
‎‎‎6. Korxonaning pochta manzili: _____________________________________

‎7. Telefon _____________________

‎8. Elektron manzil: _________________

‎9. Veb-sayt: _________________________

‎‎10. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana: _____________________________________
‎‎11. Xizmat koʻrsatuvchi bank: _____________________________________
‎‎12. Ustav fondi (ustav kapitali) miqdori: _____________________________ mln soʻm.

‎13. Taʼsischilar va ularning ustav fondidagi (ustav kapitali) ulushi: _____________________________________

‎14. Yer maydoni ____________ ga

‎15. Ishlab chiqarish maydoni
‎Maʼmuriy bino ___ kv. m;
‎Ishlab chiqarish maydoni ___ kv. m.

‎16. Hisobot davri boshidagi ishlab chiqarish quvvati (mahsulot turlari boʻyicha) ________________

‎17. Oshgan quvvat (turlari boʻyicha) _______________________________

‎18. . Hisobot davri oxiridagi ishlab chiqarish quvvati (mahsulot turlari boʻyicha) _____________________________________

‎‎19. Texnologik ish vaqti (uzlukli/uzluksiz) _______________

‎20. Oʻrtacha ishlab chiqarish quvvati (mahsulot turlari boʻyicha)__________________ ‎

‎25. Quvvatlardan foydalanish darajasi (mahsulot turlari boʻyicha) _____________________ %

‎26. Sotish hajmi ____________ mln sum.

‎27. Sotilgan mahsulot tannarxi _______________________________________
‎28. Moliyaviy natija (foyda, zarar) _____________________ mln sum.

‎29. Sifat menejment sertifikati mavjudligi (kod, nomer): ___________________________

‎30. Eksport hajmi __________ ming AQSH doll.

‎31. Hisobot davri oxiridagi tayyor qoldiq mahsulot: ___________________ mln soʻm.

‎32. Sarf qilingan energoresurslar:
‎tabbiy gaz: ____ ming kub. m
‎elektrenergiyasi: ____ ming kVt ch
‎issiqlikenergiyasi: ____ ming. Gkal
‎‎dizel yoqilgʻisi: ____ tonn
‎avtobenzin: ____ tonn
‎Mazut yoqilgʻisi: ___ tonn
‎koʻmir: ____ tonn

‎33.Soʻnggi energoaudit oʻtkazilgan yil: ________________

‎34. Oʻrtacha ishchilar soni:
‎jami____ nafar.
‎Maʼmuriy xodimlar ____ nafar.
‎Ishlab chiqarishda qatnashuvchi xodimlar ___ nafar.

‎35. Hisoblangan oʻrtacha nominal ish haqi __________________ soʻm.

‎36. Rentabellik ___%
‎‎
‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uch oydan ortiq soliq qarziga ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mln. soʻm

T/r

Korxonaning nomi

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz

Izoh

jami

shundan

uch oydan ortiq

hisoblangan penya

budjetga toʻlovlar boʻyicha

davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlar boʻyicha

jami

shundan

jami

shundan

uch oydan ortiq

hisoblangan penya

uch oydan ortiq

hisoblangan penya

1.

2

3 (6+9)

4 (7+10)

5 (8+11)

6

7

8

9

10

11

12

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REGLAMENTI

1. Mazkur Reglament davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda tahlil deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tahlil iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochorlik alomatlarini aniqlash hamda kelgusida moliyaviy sogʻlomlashtirish, davlat aktivlarini sotish yoki bankrotlik taomilini qoʻllash boʻyicha taklif tayyorlash maqsadida mazkur Reglamentga ilovada keltirilgan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maʼlumotlarni shakllantirish yakuni boʻyicha har chorakda tahlil oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Reglamentga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) tahlil obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining qaroriga koʻra jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish uchun mazkur Reglament qoidalarini tatbiq etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Korxonalar moliyaviy-iqtisodiy ahvolining asosiy koʻrsatkichlari (mezonlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tahlil uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlar (mezonlar) qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻlov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti — Oʻak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar ham qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti — Oʻqk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toʻlash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddat oʻtgan pulli majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar va kreditorlarning pulli majburiyatlar boʻyicha talablarini amalga oshirish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toʻlov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti korxonaning nafaqat debitorlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan, balki boshqa moddiy joriy (aylanma) mablagʻlar elementlari sharoitida baholanuvchi qisqa muddatli majburiyatlarni toʻlash imkoniyatlariga egaligini koʻrsatadi. Koeffitsiyentning kamayishi korxona toʻlov imkoniyatlarining pasayganligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tqk =

Joriy (aylanma) aktivlar

=

A2

, bunda:

Joriy majburiyatlar

P2 - Umm

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, debitorlik qarzlari va boshqalar), balans aktivining II boʻlim, 390-satri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P2 — majburiyatlar, balans passivining II boʻlim, 770-satri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umm — uzoq muddatli majburiyatlar, balans passivining II boʻlim, 490 satri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar toʻlov qobiliyati koeffitsiyenti hisobot davrining yakuniga kelib 1,25 qiymatidan past boʻlsa, shu koʻrsatkich boʻyicha korxona toʻlovga qodir emas, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti moliyaviy barqarorlik, korxona egalari va kreditorlar manfaatlariga mos kelishi uchun zarur boʻlgan korxonaning oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ak =

(P1 + Uqk2) - A1

, bunda:

A2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy mablagʻlar, nomoddiy aktivlar, kapital qoʻyilmalar va boshqalar) balans aktivining I boʻlim, 130-satri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P1 — oʻz mablagʻlarining manbalari (ustav kapitali, zaxira kapitali, qoʻshimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) balans passivining I boʻlim, 480-satri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uqk2 — uzoq muddatli aktivlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli qarz va kreditlar (buxgalteriya balansining 570 va 580-satrlari boʻyicha hisoblab chiqariladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu kasr surati korxona oʻz mablagʻlari summasining qancha qismi aylanma mablagʻlarga yoʻnaltirilgani, maxraji — barcha aylanma mablagʻlar summasini koʻrsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 0,2 dan kam qiymatga ega boʻlsa, u holda korxona oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmagan sanaladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xarajatlar va aktivlarning rentabellik koeffitsiyenti korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatining foydalilik (zararlilik) darajasini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xrk =

Stf

, bunda:

X

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stf — foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shaklning 240-satr 5-ustuni yoki foyda soligʻini toʻlagunga qadar zarar, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shaklning 240-satr 6-ustuni “ — ” belgisi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X — jami xarajatlar, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shakldan satrlar (020 “6-ustun” + 040 “6-ustun” + 170 “6-ustun” + 230 “6-ustun”) yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti faqat yil yakunlariga koʻra quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ark =

Stf

, bunda:

b

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b — balansning jami aktivi yoki passivining oʻrtacha qiymati boʻlib, oʻrtacha arifmetik yoki oʻrtacha xronologik formula boʻyicha hisoblangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hisobot davri uchun rentabellik koeffitsiyentlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noldan past (manfiy koʻrsatkich) chiqsa, korxona zarar koʻrib ishlayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,05 dan past chiqsa, korxona past rentabelli (monopol korxonalardan tashqari) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti (joriy moliyaviy mustaqillikda) qarz mablagʻlarini oʻz manbalari orqali qaytarish bilan taʼminlanganlik darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

qk =

P1

P2 - Umm

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti hisobot davri yakunida 1 dan past qiymatga ega boʻlsa, bu hol korxonada moliyaviy tavakkalchilik mavjudligidan guvohlik beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koeffitsiyentning pasayib borishi korxona moliyaviy tavakkalchiligining oshib borishini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini bildiruvchi koʻrsatkichdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qfk =

Qhaq.

, bunda:

Qloyiha - (Qijara + Qkonserv.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qhaq. — ishlab chiqarilgan mahsulot (koʻrsatilgan xizmat)ning hisobot davridagi taqqoslanadigan qiymat koʻrinishidagi haqiqiy hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qloyiha — belgilangan vaqt davomida asosiy texnologik uskunalardan toʻliq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya qilish orqali erishish mumkin boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish)ning taqqoslanadigan qiymat koʻrinishidagi eng koʻp hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qijara — ijaraga berilgan quvvatlarga toʻgʻri keluvchi mahsulot (taqqoslanadigan) hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qkonserv. — konservatsiya qilingan quvvatlarga toʻgʻri keluvchi mahsulot (taqqoslanadigan) hajmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti hisobot davrida 0,5 dan yoki oʻrtacha tarmoqnikidan past boʻlsa, u holda korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti asosiy fondning davr uchun eskirish ulushini bildiruvchi koʻrsatkich boʻlib, asosiy vositalarning boshlangʻich narxiga nisbatan eskirish qiymati asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Avek =

E

, bunda:

A

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E — asosiy vositalarning eskirishi — balans aktivining 011-satri,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A — asosiy vositalarning dastlabki qiymati — balans aktivining 010-satri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti koʻrilayotgan davr oxirida 0,5 qiymatidan oshsa, korxonaning asosiy vositalari sezilarli darajada eskirgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Reglament bilan tasdiqlangan iqtisodiy nochorlikni aniqlovchi koeffitsiyentlarning meʼyoriy ahamiyati iqtisodiyotning barcha sohalari uchun yagona sanaladi, biroq muayyan sohalarning oʻziga xosligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ularni hisoblash usuli oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Korxonalarni guruhlarga ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiy holatiga koʻra korxonalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) iqtisodiy barqaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iqtisodiy tavakkalchilik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) iqtisodiy nochor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Iqtisodiy barqaror guruhiga iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlmagan korxonalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Iqtisodiy tavakkalchilik guruhiga mansub korxonalar quyidagi belgilar mavjudligi asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan toʻlovga qodir emaslik belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan past rentabellik belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 10-bandida koʻrsatilgan moliyaviy tavakkalchilik belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 11-bandida koʻrsatilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan past darajada foydalanish belgisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiy nochor guruhiga kiruvchi korxonalar pulli majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ularni toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddat oʻtgan kreditorlik qarzlarining mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan korxonalarga quyidagi mezonlar bilan tasniflanadigan korxonalar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan toʻlovga qodir emaslik belgisi mavjud boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmaganlik belgisi mavjud boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan past rentabelli (zarar bilan ishlayotganlik) belgisi mavjud boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan korxonalarga quyidagi mezonlar bilan tasniflanadigan korxonalar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining besh yuz borabaridan kam boʻlmagan muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud boʻlgan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan toʻlovga qodir emaslik belgisi mavjud boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmaganlik belgisi mavjud boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan past rentabelli belgisi mavjud boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Korxonalarni guruhlarga boʻlish natijasiga koʻra quyidagi roʻyxatlar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat aktivlari belgilangan tartibda sotilishi taklif etiladigan korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) belgilangan tartibda bankrotlik tamoyili qoʻllanilishi taklif etiladigan korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boshqa choralar qoʻllanilishi taklif etiladigan korxonalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqish taklif etiluvchi korxonalarga iqtisodiy tavakkalchilik va toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan iqtisodiy nochor guruhlariga mansub korxonalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat aktivlari belgilangan tartibda sotilishi taklif etiladigan korxonalarga toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlgan korxonalar kiradi, mazkur Reglamentning 21-bandida koʻrsatilgan korxonalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Belgilangan tartibda bankrotlik taomili qoʻllanilishi taklif etiladigan korxonalarga toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlgan korxonalar quyidagi belgilar mavjud boʻlganda kiritiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi olti oy mobaynida oʻz faoliyatini amalga oshirmagan korxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi ikki yil mobaynida toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlgan korxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar soliq (bojxona) organining qarzdorlikni mulk hisobidan undirish toʻgʻrisida chiqarilgan qarori yoki kreditorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga qarzdorlikni mulk hisobidan undirish uchun taqdim qilingan (ijroga qaratilgan) ijro hujjati ijro qilinishi xoʻjalik faoliyati yuritilishini murakkablashadigan yoxud imkonsiz holga keladigan korxona.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ikkinchi va undan keyingi har yil davomida korxonaning sof aktivlari ustav fondi (ustav kapitali)dan kam boʻlgan holatda, korxonalar ustav fondi (ustav kapitali) sof aktivlari qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdorgacha kamaytiriladi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Reglamentning 20 — 22-bandlarida koʻrsatilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilmaydigan, strategik davlat mulki obyektlarining yagona roʻyxatiga kiritilgan, qayta tashkil etilgan, rekonstruksiya qilinayotgan va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan hamda budjetdan moliyalashtiriladigan korxonalar kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Reglamentni qoʻllash bilan bogʻliq nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish Reglamentiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalariga (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar boshqaruv organlarining qaroriga koʻra jamiyatni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” — dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mazkur Nizom qoidalarini qoʻllashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Yoʻl xaritasi” — dastur zamirida iqtisodiy tavakkalchilik va toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan iqtisodiy nochor guruhlariga mansub korxonalarning quvvatlaridan toʻliq foydalanishga va ularning barqaror moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlashga qaratilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash mazkur Nizom ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar roʻyxatini “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish uchun har yili 15-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga tasdiqlashga kiritadi. Bunda, yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatiga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari ikki kun muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, hududlar (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar) boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlarni (keyingi oʻrinlarda ishchi guruhlar deb ataladi) shakllantiradi va tasdiqlaydi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli axborot-tahlil departamentlarining masʼul xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruv organi rahbari (rahbar oʻrinbosari). Yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha ishchi guruh tarkibiga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonaning rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari mudiri ishchi guruhi rahbari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi guruhlar tashkil etilgandan soʻng oʻn kun muddatda korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qiladi, zarurat boʻlganda, joyiga chiqib oʻrganadi va korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolining chuqur tahlili yakuni boʻyicha har bir korxona uchun yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organiga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) yuborish uchun maʼlumotnoma va pasport toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) ikki hafta muddatda Davlat raqobat qoʻmitasi va moliyaviy sogʻlomlashtirishga hamda inqiroz holatidan chiqarilishiga muhtoj boʻlgan korxonalar bilan birgalikda “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonani iqtisodiy tavakkalchilik yoki iqtisodiy nochorlik guruhidan chiqqunga qadar 1 yildan kam boʻlmagan muddatga ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli va uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish quvvatlarini mukammal kapital va joriy taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga xos boʻlmagan aktivlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini optimallashtirish va mavjud aktivlardan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki zaxiralarni safarbar qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni moliyaviy jihatdan tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining tannarxini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing ishlarini olib borish va marketing strategiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonani iqtisodiy tavakkalchilik yoki iqtisodiy nochorlik guruhidan chiqarishga qaratilgan choralarni, shu jumladan bankrotlik tartibotini qoʻllashni oʻz ichiga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha), Davlat raqobat qoʻmitasi va korxonalar ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlari loyihalarini koʻrib chiqish uchun ishchi guruhlarga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi guruhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh kun muddatda ishchi guruh aʼzolari tomonidan “yoʻl xaritalari” — dasturlari loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki kun muddatda “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini umumlashtiradi va ularni tasdiqlash uchun Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat qarorlari loyihalarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishishni tashkil etadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish Davlat raqobat qoʻmitasi, yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) tomonidan “yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va umumlashtirish orqali amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat raqobat qoʻmitasi “yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) tomonidan “yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay “yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishi monitoringi natijalari boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga kiritadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining “yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilayotgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish uchun quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har oyda, keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi” — dasturini amalga oshirayotgan korxona — tadbirlarning bajarilishi, shuningdek, “yoʻl xaritalari” — dasturlarning alohida tadbirlarini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari “yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish maqsadida ajratilagan kreditlar (agar ushbu tadbirlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarda koʻzda tutilgan boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat raqobat qoʻmitasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har oyda, keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmagan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) Davlat raqobat qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirilishini monitoringi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” — dasturlarini amalga oshirilish jarayonidagi muammolar mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish yakunida, ushbu dasturni amalga oshirgan korxona yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) bilan birgalikda “yoʻl xaritalari” — dasturlardagi prognoz koʻrsatkichlarning toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hayʼat majlislarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar boʻyicha) majlislarida har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirishda korxonalarga koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat raqobat qoʻmitasi monitoring jarayonida, shuningdek, “yoʻl xaritasi” — dastur amalga oshirilayotgan korxonaning murojaatiga koʻra, “yoʻl xaritalari” — dasturlarini amalga oshirishda toʻsqinlik qiluvchi masalalar yuzaga kelganda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga “yoʻl xaritalari” — dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalarni oʻz vakolati doirasida hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iltimosnoma yoʻllangandan keyin masala hal etilmagan taqdirda “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo boʻlayotgan masalalarni oʻz vakolati doirasida bartaraf etishi yuzasidan davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirayotgan korxonalarga ruxsat etuvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda va tijorat banklarining kreditlari ajratilishida koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hisobot oyi mobaynida yuborilgan iltimosnomalar va talabnomalar, shuningdek, ularga muvofiq davlat organlari, shuningdek, tegishli tashkilotlar tomonidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga kiritiladigan “yoʻl xaritalari” — dasturlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada aks ettiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat organlari va masʼul tashkilotlar tomonidan Davlat raqobat qoʻmitasi yuborilgan iltimosnoma va talabnomalarga zarur darajada eʼtibor berilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Yoʻl xaritasi” — dastur korxona iqtisodiy tavakkalchilik yoki iqtisodiy nochor guruhidan chiqqanda amalga oshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat raqobat qoʻmitasi, zaruriyat boʻlganda, yiliga kamida bir marta joyiga borgan holda, amalga oshirilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlarning samaradorligini oʻrganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirishda paydo boʻlgan bahsli holatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi

Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”
— dasturlar ishlab chiqish zarur boʻlgan korxonalar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga tasdiqlash uchun kiritish.

har yili

15-aprelga qadar

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari

“Yoʻl xaritalari” — dasturlar ishlab chiqiladigan korxonalar va ishchi guruhlar roʻyxatini tasdiqlash.

ikki kun muddatda

3-bosqich

Ishchi guruhlar

Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, zarurat boʻlganda joyiga borish;

Yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organiga, shuningdek yuqori turuvchi boshqaruv organi mavjud boʻlmagan korxonalar boʻyicha (mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan) mahalliy davlat hokimiyati organlariga maʼlumotnoma va pasportlar toʻldirish va yuborish.

oʻn kun muddatda

4-bosqich

Yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat raqobat qoʻmitasi, korxonalar

“Yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va ishchi guruhlarga kiritish.

ikki hafta muddatda

5-bosqich

Ishchi guruhlar

“Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish.

besh kun muddatda

6-bosqich

Ishchi guruhlar

“Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini umumlashtirish va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish.

ikki kun muddatda

7-bosqich

Ishchi guruhlar

Hukumat qarorlari loyihalarini manfaatdor vazirliklar
va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritish.

belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi,

yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

“Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish.

har oyda

9-bosqich

“Yoʻl xaritalari” — dasturni amalga oshirayotgan korxona

Yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga (mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar):

a) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

b) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.

a) har oyda

keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda;

b) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi tugallanganda

tijorat banklari

Davlat raqobat qoʻmitasiga ajratilgan kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (agar ushbu tadbirlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarda koʻzda tutilgan boʻlsa) taqdim qilish.

har oyda

keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda

10-bosqich

Yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Davlat raqobat qoʻmitasiga

“yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishi monitoringi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni;

“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish jarayonida muammolari mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilish.

har oyda

keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmagan holda

11-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi

“Yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlariga kiritish.

har chorakda

hisobot choragidan keyingi oyning 10- kunidan kechiktirmagan holda

12-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi

Davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuborish.

“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirishda toʻsqinlik qiluvchi masalalar yuzaga kelganda

Davlat organlari va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuborish.

iltimosnoma yoʻllangandan keyin masala hal etilmagan taqdirda

Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va masʼul tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida maʼlumot kiritish.

yuborilgan iltimosnoma va talabnomalarga zarur darajada eʼtibor berilmagan taqdirda

13-bosqich

Davlat raqobat qoʻmitasi

Amalga oshirilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlarning samaradorliginijoyiga borgan holda oʻrganish.

zaruriyat boʻlganda

yiliga kamida bir marta

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 1-son, 3-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 27-maydagi 137-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 41-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qaroriga 2-ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 81-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 76-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1013/2322-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)