11.12.2018 yildagi 1005-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipak mahsulotlarini, shu jumladan pilla va ipak xom ashyolarini qayta ishlash natijasida olinadigan chiqindilarni ekport qilish tartibini soddalashtirish, shuningdek, mahalliy ipak mahsulotlari eksport hajmini oshirish va diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“istisno tariqasida, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak ipining boʻsh qoldiqlarini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan quruq pillaning 50 foizgachasini, shu jumladan, ipak chiqindilari (titishga yaroqsiz pilla, ipak ipi chiqitlari va titilgan xom ashyo)ni jahon darajasiga muvofiq boʻlgan narxlarda eksportga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga va milliy valyutaga sotishga ruxsat berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1005-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 09/18/1005/2302-son)