24.12.2004 yildagi 607-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

2005—2007-YILLARDA FERMER XOʻJALIKLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya tuzish toʻgʻrisida” 2004-yil 4-noyabrdagi F-2069-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarar koʻrib ishlaydigan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xoʻjaliklarini 2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklariga aylantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilda fermer xoʻjaliklariga aylantiriladigan zarar koʻrib ishlaydigan va istiqbolsiz shirkat xoʻjaliklari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005—2007-yillar davrida qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilda fermer xoʻjaliklariga aylantiriladigan zarar koʻrib ishlaydigan va istiqbolsiz shirkat xoʻjaliklari roʻyxati joylardan tushgan takliflarga koʻra ular sonini koʻpaytirish tomoniga oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish, shuningdek qishloqda bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son va “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorlariga qatʼiy muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoliblarni aniqlashda xolislikni taʼminlashni, talabgorlar oʻrtasida ochiq va oshkora tanlovlar oʻtkazishni nazarda tutgan holda 2-ilovaga muvofiq shirkat xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayda paxtachilik va gʻallachilik fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini belgilangan tartibda maqbullashtirish va yiriklashtirish, ularda suv resurslaridan samarali foydalanish, mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda 2005-yilda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari 3-ilovaga qatʼiy muvofiq ravishda joylashtirilishini belgilasin hamda ularning tashkil etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda zarar koʻrib ishlaydigan va istiqbolsiz ixtisoslashtirilgan chorvachilik, qorakoʻlchilik va meva-sabzavotchilik shirkat xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yilda fermer xoʻjaliklariga aylantiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatini tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan shirkat xoʻjaliklari bilan ilgari tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga mutanosib hajmda davlat ehtiyojlari uchun 2005-yil hosilidan boshoqli ekinlar donini xarid qilishga yangidan tashkil etilgan fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilda 2-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qishloq xoʻjaligi korxonalari fermer xoʻjaliklariga aylantirilishi, fermerlarga yer uchastkalari berishda qonuniylikka rioya etilishi va talabgorlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilishining xolisonaligi, shuningdek fermer xoʻjaliklari tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda fermer xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻplam shaklida nashr etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish boʻyicha bozor infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni koʻpaytirishga va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan imtiyozli kreditlarni jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish masalalarini yoritish boʻyicha televideniye va ommaviy axborot vositalarida maxsus koʻrsatuvlar va ruknlar tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
607-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “hokimining birinchi oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “hokim oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “yer resurslari tuman xizmati” soʻzlari “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3-banddagi “boshqarmasi” soʻzi “boʻlimi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish tartibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining tuman xizmatlari” soʻzlari “tumanlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3-banddagi “Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda mazkur Tartibga 2-ilovaga binoan shakl boʻyicha ijara shartnomasi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berishning namunaviy shartnomasiga” soʻzlari “Fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning namunaviy shartnomasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori bilan tashkil etilgan Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan qabul qilingan hujjatlar amalga oshirilishining monitoringi boʻyicha Hukumat komissiyasiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Hukumat komissiyasi (R.S. Azimov) soʻzlari Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band “tanlov asosida” soʻzlaridan keyin va “ijara shartnomasiga koʻra” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Fermer xoʻjaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xoʻjaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishni taʼminlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlash yuzasidan majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi rahbari fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Ustavda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi joylashgan joy va uning pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondining miqdori koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn yettinchi xatboshidagi “birlashish” soʻzi “qoʻshilish” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarda” soʻzlari “qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi “yer uchastkasidan foydalanish shartlariga va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishni taʼminlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi xatboshidagi “standartlar” soʻzi “agrotexnika” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilinishini taʼminlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻz xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustavda fermer xoʻjaligining pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil boʻlishi mumkin boʻlgan ustav fondi miqdori koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish fermer xoʻjaligi rahbarining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-band birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi “qonun hujjatlariga” soʻzlaridan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-banddagi “birlashish” soʻzi “qoʻshilish” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning birinchi xatboshi “boʻlishi” soʻzidan keyin “shuningdek subijaraga berilishi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-band “qaror chiqaradi va” soʻzlaridan keyin “uch kun muddatda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Rad etish toʻgʻrisidagi qaror tanlovni oʻtkazish shartlari buzilgan taqdirda va yer uchastkasini ijaraga berish tartibining qoʻpol ravishda buzilishlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-banddagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmati” soʻzlari “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-banddagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda; 2005-y., 34—36-son, 264-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)