30.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3093
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi, 30.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3093
Kuchga kirish sanasi
01.12.2018
Hujjat 01.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3093]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buyruq ijrosi ustidan nazorat Bosh prokurorning soha boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror O. MURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 31-oktabrdagi 205-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga (bundan buyon matnda Yagona tizim deb yuritiladi) nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalariga (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) yuborilgan buyurtma, shuningdek tekshiruv toʻgʻrisida maʼlumotlar, monitoring va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar Yagona tizimda majburiy tarzda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona tizim toʻliq ishga tushirilgunga qadar tekshiruv oʻtkazishni kelishish bilan bogʻliq boʻlgan yozishmalar qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar va vakolatli organ oʻrtasidagi davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan tekshiruvlarni oʻtkazishga oid axborot almashinuvi davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda bunday tekshiruvlar haqidagi maʼlumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi Yagona tizimda prokuratura.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat qiluvchi organlarga Yagona tizimga kirish uchun login va parol Bosh prokuratura tomonidan axborot xavfsizligi talablariga muvofiq beriladi va alohida muhrlangan konvertda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Login va parollar reyestri Bosh prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi (bundan buyon matnda Bosh prokuratura boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtganidan soʻng Bosh prokuratura boshqarmasi uning maʼlumotlarini tizim ichida tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtkazishni tasdiqlash bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi Yagona tizimda bir marotaba roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi oʻzgarganda Yagona tizimdagi login va parol nazorat qiluvchi organ tomonidan axborot xavfsizligi talablariga oid ichki qoidalar asosida yangi xodimga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning masʼul xodimi oʻzgarganligi haqida nazorat qiluvchi organ bir ish kunida Bosh prokuratura boshqarmasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakolatli organning masʼul xodimiga login va parol Bosh prokuratura boshqarmasi tomonidan beriladi hamda xodim belgilangan tartibda prokuratura.uz saytida roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tekshiruvlarni kelishish uchun buyurtma kiritish va uni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tekshiruv oʻtkazishni kelishish uchun nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga qonun hujjatlariga muvofiq tegishli maʼlumotlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tekshiruvlarni oʻtkazishga oid buyurtmalar vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtma uch ish kuni ichida, favqulodda holatlar boʻyicha bir ish kunida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ tomonidan tekshiruv oʻtkazishni kelishish haqida qaror qabul qilinganda ushbu organning masʼul xodimi tomonidan Yagona tizimda maxsus raqam (kod) asosida “Ruxsat berilsin” maqomi tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tekshiruv oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganda vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan uning aniq sababi koʻrsatilgan holda “Rad etilsin” maqomi tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Rad etish sabablari bartaraf etilganda, tekshiruvlarni oʻtkazish uchun buyurtma yangidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yagona tizimda buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilib, tekshiruv uchun maxsus raqam (kod) olingandan keyin nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalarini Yagona tizimga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiruv yakunlangandan soʻng uch ish kuni ichida, tadbirkorlik subyektiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yozma koʻrsatma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma, moliyaviy va iqtisodiy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar, sud qarorlari va boshqalar) mazkur choralar qoʻllanilgandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmasdan nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda oʻtkaziladigan tekshiruvlar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat qiluvchi organning markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari bilan kelishilgan tekshiruvlar boʻyicha maʼlumotlar nazorat qiluvchi organning tegishincha hududiy boʻlinmasi tomonidan Yagona tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari bekor qilingan yoki oʻzgargan taqdirda, tegishli nazorat qiluvchi organ tomonidan shu haqidagi maʼlumotlar Yagona tizimga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tekshiruv natijasida aniqlangan bank siriga oid maʼlumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni Yagona tizimga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatida (bundan buyon matnda xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxati deb yuritiladi) belgilangan tekshiruvlarni oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan maʼlumot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xabardor etish tartibida tekshiruv oʻtkazilishi haqida Yagona tizimga maʼlumot kiritilgandan soʻng uning toʻgʻriligi tekshirilmasdan, avtomatik ravishda maxsus raqam (kod) generatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi, shuningdek ishonchli maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki tekshiruv oʻtkazish yuzasidan tasdiqlangan grafik Yagona tizimga kiritilgandan soʻng tekshiruv amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxatida koʻrsatilgan ikki yoki undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish har bir organ tomonidan alohida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jismoniy va yuridik shaxslarning xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar roʻyxatida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha murojaatlari asosida tekshiruvlarni oʻtkazish vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida bir nechta masala koʻrsatilib, ulardan kamida bittasi kelishish tartibida tekshiruv oʻtkazilishini talab qilsa, tekshiruv vakolatli organ bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tadbirkorlik subyektlarining Yagona tizimdan foydalanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tadbirkorlik subyekti oʻz soʻroviga koʻra oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) koʻrinishida va real vaqt rejimida Internet tarmogʻi orqali olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu axborotni olish uchun tadbirkorlik subyekti Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yagona tizim tegishli tadbirkorlik subyektiga oid maʼlumotlarning tizimda mavjudligini avtomatik ravishda solishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa, tadbirkorlik subyekti tekshiruv, uni amalga oshiruvchi organ, shuningdek barcha oʻtkazilgan tekshiruvlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tekshirish kunidan boshlab faqat tanishish uchun foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agar tadbirkorlik subyektining soʻrovi boʻyicha Yagona tizimda roʻyxatga olinmasdan tekshiruv oʻtkazilganligi aniqlansa, Yagona tizim bu haqda vakolatli organning masʼul xodimini avtomatik ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning masʼul xodimi uch ish kuni ichida Yagona tizimda roʻyxatga olinmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlarni oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻllanilgan choralar haqida maʼlumotlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Vakolatli organlarning nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bosh prokuratura Yagona tizimda saqlanadigan barcha maʼlumotlardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tegishli hududga oid maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati oʻz tizimi boʻyicha barcha maʼlumotlardan, nazorat qiluvchi organlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari oʻz vakolatlariga taalluqli maʼlumotlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati (markaziy boshqarmalar) tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish uchun Bosh prokuraturaga Yagona tizim orqali buyurtma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nazorat qiluvchi organlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari tomonidan bir kunlik tekshiruvlar boʻyicha buyurtmalar Yagona tizim orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalariga, bir kundan ortiq boʻlgan tekshiruvlar boʻyicha nazorat qiluvchi organning markaziy apparati orqali Bosh prokuraturaga Yagona tizim orqali kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nazorat qiluvchi organning tuman (shahar) boʻlinmasi tashabbusi bilan oʻtkaziladigan tekshiruvlar buyurtma va tekshiruvga asos boʻlgan hujjatlarni ushbu organning viloyat darajasidagi boʻlinmasiga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nazorat qiluvchi organ tomonidan kiritilgan maʼlumotlar Yagona tizim bilan ishlash jarayonida uning oʻzi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kiritilgan maʼlumotni oʻzgartirish yozma ravishda Bosh prokuratura rahbariyati bilan kelishilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/3093/2255-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)