27.11.2018 yildagi 969-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzurida Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzurida Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonining metodik va axborot bazasini yangilash hamda takomillashtirish, shuningdek, oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, oliy taʼlim muassasalaridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda oʻquv jarayonini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash borasidagi kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlash, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻquv rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni malakali kadrlar bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning oʻqish davrida yashashi uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining talabalar turar joyidan oʻrinlar ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining Samarqand shahar, Lolazor koʻchasi, 70-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-shartnoma asosida arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushgan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning xodimlariga oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda oʻqish shaharsozlik sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning real va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ularning buyurtmanomalariga muvofiq toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Qurilish vaziri A.X. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
969-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/969/2231-son)