23.11.2018 yildagi PQ-4026-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda bozor islohotlarini izchil chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichi tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslariga, investitsiyalarni jalb etishga va ilg‘or biznes loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlariga bo‘lgan kuchli ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, garov bilan ta’minlangan kreditorlar talablarini kredit mablag‘lari qaytarilishining kafolati hisoblangan garovdagi mol-mulk qiymatidan qondirish tizimining samarasizligi qo‘shimcha mablag‘ jalb etish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda belgilangan imkoniyat bo‘lishiga qaramay, banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan avtotransport vositalaridan boshqa ko‘char mol-mulkni garov sifatida qabul qilish, shuningdek, garov predmeti qiymati kredit miqdoridan ancha ko‘p bo‘lsa ham, navbatdagi garovni qabul qilish amaliyoti qo‘llanilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yuritishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy bankining 2019-yil 1-yanvardan quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov bilan ta’minlangan kreditorlar talablarini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qondirish qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritilgan sanaga ko‘ra kalendar ketma-ketligida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu tartib qarzdorning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatiga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar o‘z talablarini qondirishda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni xarid qilishni uning ta’minoti evaziga moliyalashtirgan kreditor garov reyestriga tegishli yozuvni kiritgan taqdirda, ushbu mol-mulk hisobidan o‘z talablarini qondirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi garovga qo‘yishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan avvalgi garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qo‘yuvchi tomonidan garov predmetini ijaraga berishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini xabardor etish sharti bilan garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada o‘zgacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan mol-mulkidan foydalanish yoki uni sotishdan olingan hosil va daromadlarga (tushumga) kreditorning ustuvor huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi oldi-sotdi, ijara yoki boshqa bitimlar obyekti bo‘lgan hamda ushbu bitimlarda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun qo‘yilgan mol-mulkka (mulk huquqiga) garov uchun belgilangan undiruv qaratish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash predmeti sifatida qo‘yilgan ko‘char mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrug‘i instituti tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk bilan ta’minlanadigan majburiyatni shu mol-mulk qiymatidan qoplanishini mumkin bo‘lgan majburiyatning maksimal summasini ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlashga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlar bajarilishini mol-mulk bilan ta’minlashni nazarda tutadigan bitimlar, shu jumladan garov shartnomasi majburiyatlar bajarilishining mulkiy ta’minoti predmetini batafsil bayon qilmasdan, uni umumiy tavsiflash orqali, jumladan alohida toifa bo‘yicha tuzilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga oluvchilar va boshqa kreditorlarning talab qilish huquqini ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan hamda ularning talablari bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulk kreditga, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga, lizingga yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi, ijaraga berilishi mumkin, sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni majburiy realizatsiya qilish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash bo‘yicha talablar to‘g‘risidagi yozuvlar garov reyestriga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan garov reyestriga yozuv kiritish uchun, shuningdek, garov reyestridan ko‘chirma berish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini kamida ikki barobar kamaytirishni nazarda tutadigan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorning norma va talablarini amalga oshirishni nazarda tutadigan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4026-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 07/18/4026/2215-son)