Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5067-son
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish1. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish qoidalari
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishOʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisining 2018-yil 12-yanvardagi 2-sonli
qarorigaILOVA
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishquyidagi yuqumli kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilinganda-kuydirgi, qorason, oʻlat, qoramol spongioz ensefalopatiyasi, tuyalar oʻlati, quturish, qoqshol (qotma), yomon sifatli shish, bradzot, enterotoksemiya, qoʻylar skrepisi, qoramol va qoʻylarning kataral isitmasi (koʻk til), choʻchqalarning afrika oʻlati, tulyaremiya, botulizm, manqa, epizootik limfangoit, melioidoz (yolgʻon manqa), quyonlarning miksomatoz va gemorragik kasalligi, parrandalarning grippi;
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish7. Soʻyishga joʻnatiladigan hayvonlarning har bir partiyasiga, veterinariya mutaxassisi tomonidan veterinariya qonunchiligida belgilangan tartibda, veterinariya guvohnomasi F-1 yoki F-4 maʼlumotnomasi (
1-ilova) beriladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishHayvonlarni soʻyishdan oldingi veterinariya koʻrigi hamda termometriya natijalari (
2-ilova) jurnalga qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish15. Hayvonlarni soʻyishdan oldin yoki soʻyishdan keyin yuqumli kasalliklar (kuydirgi, manqa, tuberkulyoz, quturish, KU-isitmasi, ornitoz, meliodoz, leykoz, tulyaremiya, tuyalar oʻlati, listerioz, leptospiroz, oqsil, brutsellez, salmonellyoz, sistitserkoz (finnoz), trixinellez, qoramollarning spongisimon ensefalopatiya va qoʻylarning skrepisi) bilan kasallanganligi aniqlansa yoki gumon qilinsa korxonaning veterinariya xizmati zudlik bilan ushbu korxona joylashgan tuman veterinariya boʻlimiga bu haqda xabar berishi zarur.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish20. Soʻyishga topshirilayotgan hayvonlar partiyasida oqsil kasalligi bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar topilsa, hayvonlar partiyasi yoppasiga darhol sanitariya kushxonasida soʻyiladi. Ushbu mollarni sanitariya kushxonasida qayta ishlash imkoniyati boʻlmaganda soʻyish umumiy sexda amalga oshiriladi. Goʻsht va boshqa soʻyish mahsulotlarini sanitariya jihatidan baholash
38-bandda koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishGoʻshtni qayta ishlash korxonasiga oqsil bilan kasallanib oʻtgan va karantin bekor qilingandan soʻng xoʻjalikdan birinchi 3 oy ichida joʻnatilgan hayvonlar, shuningdek oqsilga qarshi emlangan, emlashdan keyin 21 kun davomida joʻnatilgan hayvonlar qabul qilinadi va alohida partiya qilinib soʻyiladi. Soʻyish hamda goʻsht va boshqa soʻyish mahsulotlarini sanitariya jihatidan baholash
38-bandda koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish23. Soʻyish jarayonida hayvonlarning ushbu qoidalarning
3-bandida koʻrsatilgan yuqumli kasalliklar bilan kasallanganligi aniqlansa, ushbu qoidalarning
III boʻlimiga muvofiq tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishYuqumli kasallikka yoki moddalar almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarga gumon qilinganda quyidagi limfa tugunlari kesib koʻriladi: yuzaki-boʻyin (kurak oldi), qanot osti (birinchi qovurgʻa va haqiqiy qanot osti), qovurgʻa-boʻyin, qovurgʻalar aro kranial koʻkrak, toʻsh usti, bel, yonbosh, son, tizza burmasi, yuzaki chot, dumgʻaza va tizza osti. Zarur hollarda finnalarni aniqlash uchun qoʻshimcha boʻyin, kurak-tirsak, orqa, bel, son guruhi va diafragma mushaklari uzunasiga kesib koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishe) parranda, quyon, yovvoyi va ovlanadigan hayvonlarni veterinariya koʻrigi, ularning goʻshti va barcha boshqa soʻyish mahsulotlarini sanitariya jihatidan baholash
VII va
IX-boʻlimlarda koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishKuydirgiga diagnoz bakteriologik tekshirishlar bilan tasdiqlanganda tana goʻshti va boshqa soʻyish mahsulotlari, shuningdek kuydirgi batsillalari bilan ifloslanganlikka gumon qilinganlariga nisbatan ushbu bandning
a) kichik bandida koʻrsatilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish59. Piroplazmidozlar. Tana goʻshti va ichki organlar sariq rangga kirmagan va degenerativ oʻzgarishlar boʻlmaganda cheklovlarsiz chiqariladi, oʻzgarishlar boʻlganda
79- va
80-bandlarda koʻrsatilgani kabi ishlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish61. Qoʻy, echkilarning sistitserkoz (finnoz) kasalligi. Tana goʻshti va organlarning kamroq zararlanishida (kesma yuzasining 40 sm
2 qismida 5 donadan kam finn topilsa) va muskulaturasida oʻzgarishlar boʻlmasa tana goʻshti va organlar muzlatish bilan zararsizlantirilib, soʻngra ushbu qoidalarning
XV boʻlimda koʻrsatilgani singari qaynatilgan kolbasa yoki konservalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish62. Trixinellyoz. Choʻchqa (uch haftalikkacha boʻlgan choʻchqachalardan tashqari), toʻngʻiz, boʻrsiq, ayiq va goʻshtxoʻr hayvonlar, shuningdek nutriyalarning tana goʻshtlari trixinellyozga tekshiriladi. Har bir tana goʻshtidan diafragma oyoqchalaridan (mushak toʻqimasining payga aylanish chegarasidan), ular mavjud boʻlmaganda esa diafragmaning qovurgʻa qismidan, qovurgʻalararo yoki boʻyin mushaklaridan tekshirish uchun ikkita namuna (har biri 60 g.dan) olinadi. Har bir namunadan kamida 12 kesma tayyorlanadi. Kompressoriumdagi 24 kesmaning hech boʻlmaganda bir donosida trixinella (yashovchanligidan qatʼi nazar) aniqlansa tana goʻshti va kala-pocha, ichak-chavoqlar, qiziloʻngach, toʻgʻri ichak, shuningdek tozalangan goʻsht mahsulotlari utilizatsiyaga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishLimfa tugunlarida yalligʻlanish alomatlari boʻlgan keng koʻlamdagi kuyishlarda, qon quyilishlarda va septik jarayon belgilarida yoki teri osti kletchatkasiga, ichki organlarga, shilliq qavatlarga biroz qon qoʻyilganda, shuningdek ichki organlar hamda tana goʻshtining ayrim qismlari shish mavjud boʻlganda veterinariya-sanitariya ekspertizasi
V boʻlimda koʻrsatilgani singari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish91. Hayvonlarni soʻyish jarayonida
3-bandda koʻrsatilgan yuqumli kasalliklar aniqlanganda, ushbu hayvonlarning qoni, shuningdek toʻplagichdagi kasal hayvonlarning qoni bilan aralashgan qon ushbu korxonaning oʻzida 100°S darajadan kam boʻlmagan haroratda 2 soat davomida zararsizlantirilib, soʻngra yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishTuberkulyoz, brutsellyoz, listerioz, oʻlat va choʻchqalar saramasi, yuqumli atrofik rinit, Auyeski kasalligi, pasterellyoz, leykoz kasalliklari bilan kasallangan yoki kasallikka gumon qilingan hayvonlarni soʻyish, shuningdek sanitariya kushxonasida hayvonlarni soʻyishdan olingan qon, massa qatlamida harorat kamida 80°S haroratda 2 soat davomida, tez-tez aralashtirilgan holda qaynatish yoʻli bilan texnik va ozuqa mahsulotlariga, shuningdek hayvonlarning quruq ozuqasi uchun qayta ishlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish94. Goʻsht kombinati, kushxona, xoʻjalikda kasallanish yoki hayvon hayotiga xavf soluvchi boshqa sabablar tufayli, shuningdek uzoq muddatli, iqtisodiy oqlamaydigan davolash talab etilgan hollarda hayvonlar majburiy soʻyilganda goʻshtni va boshqa soʻyish mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish, ushbu qoidalarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu qoidalarning
XV boʻlimida koʻrsatilganidek, albatta bakteriologik, zarur hollarda esa fizik-kimyoviy tekshirishlar oʻtkaziladi, bunda albatta goʻshtga xos boʻlmagan yot hidlarni aniqlash uchun qaynatib koʻrish probasi bajariladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish98. Agarda ekspertiza natijasi, shuningdek ushbu qoidalarning
XV boʻlimdagi talabga koʻra bakteriologik va fizik-kimyoviy tekshirishlar natijalari boʻyicha goʻsht hamda boshqa majburiy soʻyishdan olingan goʻsht mahsulotlari oziq-ovqat uchun yaroqli deb topilsa ular qaynatishga, shuningdek goʻsht nonlari yoki konservalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishb) kallasi, dumi, terisi va ichki organlari olingan butun tana goʻshtlari veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkaziladi. Tana goʻshti bilan bir vaqtda ichki organlar: yurak, taloq, jigar, buyraklar patologoanatomik oʻzgarishlar, shikastlanishlar, qonsizlanish darajasi, tozalanish sifati, semizlik holati, yangi soʻyilganligi, yod hidlar, mushak va yogʻ rangi koʻriladi. Nutriyalarning oʻziga xos tur belgisi fassiyasi osti va 5 — 8 koʻkrak umurtqasi qirrali oʻsimtasi ustidagi yogʻ qavatlari veterinariya koʻrigidan soʻng olib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olisha) oziq-ovqat uchun quyidagi hayvonlar goʻshtini ishlatishga ruxsat etiladi: kosul, asl bugʻi, saygʻoq, togʻ kiyigi, togʻ takasi, yovvoyi qoʻy, toʻngʻiz, ayiq, boʻrsiq, yovvoyi quyon, yovvoyi qushlar.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishYangiligi va sifatliligiga gumon qilingan hollarda ushbu qoidalarning
XV boʻlimida koʻrsatilgani singari tekshirishlar oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish114. Tana goʻshti va organlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasi hamda sanitariya jihatidan baholash ushbu Qoidalarning
II-boʻlimida koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish116. Oziq-ovqat uchun yaroqli deb topilgan goʻsht oʻrnatilgan tartibda tamgʻalanadi va belgilangan shakldagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi (
8-ilova).
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishOziq-ovqat uchun cheklovlar bilan yaroqli deb topilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari ushbu Qoidalarning
XVI boʻlimida koʻrsatilgan tarzda zararsizlantirilgandan soʻng ishlatishga ruxsat etiladi. Bunday mahsulotlarni zararsizlantirilmagan holda sotish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish118. Veterinariya-sanitariya ekspertiza va goʻshtni baholash natijalari
3-ilovada koʻrsatilgan shakldagi jurnalga qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish121. Sovuqxonada goʻsht va goʻsht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya jihatidan baholash ushbu qoidalarning
II-boʻlimida koʻrsatilgani singari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishKolbasa mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddatlari |
Mahsulotlarning nomi | Nam saqlashi (foiz) | Saqlash sharoiti | 70 — 80% nisbiy namlikda saqlash muddati |
Harorat (°S) | Davomiylik muddati |
qaynatilgan kolbasalar 1 va 2 sortlar | 63 — 75 | Ilingan holatda | 0 dan 8 gacha | 2-3 kungacha |
Sosiska va sardelkalar | 65 — 75 | Ilingan holatda | 0 dan 8 gacha | 2-3 kungacha |
Oʻpka-jigar kolbasalari oliy va 1 sort | 48 — 50 | Ilingan holatda | 0 dan 8 gacha | 2 kungacha |
Oʻpka-jigar kolbasalari 3 sort | 70 | Ilingan holatda | 6 | 12 soatgacha |
qon kolbasalari va zelslar 3 sort | 70 — 75 | Ilingan holatda | 6 | 12 soatgacha |
Ilvira | 80 — 85 | Togʻora yoki konteynerlarda | 6 | 12 soatgacha |
Yarim dudlangan kolbasalar | 37 — 50 | Ilingan holatda | 15 dan yuqori emas | 10 kungacha |
Yarim dudlangan kolbasalar | 37 — 50 | Yashiklarda | 9 dan yuqori emas | 3 oygacha |
Qaynatib dudlangan kolbasalar | 35 — 48 | Yashiklarda | 0 dan 4 gacha | 3 oygacha |
Xom dudlangan kolbasalar | 25 — 35 | qalin yashiklarda, qutilarda yoki qipiq solingan bochkalarda | 12 dan 9 gacha | 12 oygacha |
Dudlangan son goʻshti (okoroka) | 25 — 35 | Yashiklarda | 7 dan 9 gacha | 6 oygacha |
Qaynatib dudlangan son goʻshti | 25 — 35 | Ilingan holatda | 2 dan 4 gacha | 10 kungacha |
qaynatilgan son goʻshti | 25 — 35 | Ilingan holatda | 2 dan 4 gacha | 3 — 6 kungacha |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishb) goʻshti cheklovlar bilan zararsizlantirishdan soʻng, oziq-ovqat maqsadlari uchun qoʻyiladigan hayvonlardan olingan yogʻ xom ashyosi, ushbu qoidalarning
XVI boʻlimi talablariga rioya etilgan holda, oziq-ovqat yogʻiga eritiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olisha) ichak xom ashyolari ushbu qoidalarning
III boʻlimida koʻrsatilgan holatlarda, shuningdek tana goʻshtini toʻliq yaroqsizlantirishga olib keluvchi gemorragik yoki krupoz (difterik) yalligʻlanishlar aniqlanganda, ichaklar shilliq qavatida gʻuncha koʻrinishidagi koʻp miqdordagi yalligʻlanish oʻchoqlari mavjud boʻlganda, enteritlar va boshqa patologik jarayonlarda oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatishga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishTana goʻshti va barcha ichki organlarni umumiy veterinariya-sanitariya ekspertizasi ushbu Qoidalarning
II boʻlimida koʻrsatilgan tartibda, ushbu Qoidalarning
XV boʻlimiga muvofiq albatta toksikologik, bakteriologik va fizik-kimyoviy tekshirishlar bilan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish141. Quyidagi moddalarning qoldiqlari (ularning miqdoridan qatʼi nazar) aniqlanganda soʻyish mahsulotlarini oziq-ovqatga ishlatish taqiqlanadi: sianidlar, sariq fosfor, propazin, geptoxlor, dixloralmochevina, polixlorpinen, polixlorkamfen, aldrin, TMTD, DDVF, sineb, dikrezil, polikarbatsin, baygon, sevin, yalan, bentiokarb, dinitroortokrezol, nitrofen, metafos, xlorofos, tiofos, karbofos, simob saqlovchi pestitsidlar (simobning tabiiy miqdori hayvonlar jigarida koʻpi bilan 0,03 mg/kg va buyraklarda koʻpi bilan 0,05 mg/kg ekanligi hisobga olinadi), margimush saqlovchi preparatlar (margimushning goʻshtdagi tabiiy miqdori 0,05 mg/kg gacha ekanligi hisobga olinadi) va 2,4-D guruhidagi gerbitsidlar.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish142. Majburiy soʻyilgan hayvonlar mushak toʻqimasida zaharlanishga sababchi boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan, ruxsat etilgan qoldiq miqdor chegarasida topilganda goʻsht, ushbu Qoidalarning
XVI boʻlimda koʻrsatilgani singari, faqat qaynatilgandan soʻng chiqariladi, barcha ichki organlar esa, shu jumladan oshqozon-ichak sistemasi, shuningdek yelin va miya utilizatsiyaga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish143. Ftor preparatlari, rux, mis tuzlari, natriy va kaliy xlor, kislota va ishqorlar, gazsimon moddalar (ammiak, oltingugurt nordon angidridi, is gazi, xlor), mochevina, alkoloidlar, glyukozidlar, saponinlar, efir yogʻi, smola va fotodinamik taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni saqlovchi oʻsimliklar, mogʻor zamburugʻlari va ular hayot faoliyatining mahsulotlari, asosan oshqozon-ichak traktini zararlovchi oʻsimliklar (kukol-randak-sariq gulli yovvoyi oʻt, molochay sutlama, ixroj-zaharli oq shira chiqaradigan oʻt), ayiqtovondoshlar oilasiga kiruvchi oʻsimliklar, zaharli vex va jungar akoniti (parpi-dorivor oʻsimlik) bilan zaharlanish natijasida hayvonlar majburan soʻyilganda-goʻsht ushbu qoidalarning
VIII boʻlimiga muvofiq ishlatiladi. Kampirchopon bilan zaharlanganda goʻshtni oziq-ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish145. Hayvonlar kechirgan zaharlanish yoki zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlov berish vaqtidan boshlab ushbu moddalarni ishlatish qoʻllanmalarida belgilangan muddatlardan oldin soʻyilgan hollarda goʻshtni veterinariya-sanitariya ekspertizasi ushbu Qoidalarning
XIV boʻlimiga muvofiq oʻtkaziladi. Teri va boshqa texnik xom ashyolar barcha hollarda umumiy asoslarda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishGoʻsht va goʻsht mahsulotlarini bakteriologik tekshirish, barcha hollarda, ularni ishlatish masalasini hal qilish uchun, ushbu Qoidalarning
III,
IV,
V,
VI boʻlimlarida koʻzda tutilgan holatlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishSoʻyish mahsulotlarida
III,
IV,
V,
VI boʻlimlarida koʻrsatilgan yuqumli kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari topilganda tana goʻshti va ichki organlar ushbu Qoidalarning tegishli bandlarida koʻrsatilgani singari ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishAgarda tana goʻshti yoki organlarda salmonellalar topilganda, ichki organlar utilizatsiyaga joʻnatiladi, goʻsht esa ushbu Qoidalarning
XVI boʻlimida koʻrsatilgan tartibda qaynatishga yoki goʻsht noni yoki konservaga qayta ishlashga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishAgarda mushak toʻqimasida yoki limfa tugunlarida ichak tayoqchalari topilganda, goʻsht ushbu qoidalarning
XVI boʻlimida koʻrsatilgan tartibda qaynatilgan yoki qaynatib dudlangan kolbasaga qayta ishlash uchun joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishIchak tayoqchalari faqat ichki organlardan ajratilganda ular
XVI-boʻlimida boʻyicha qayta ishlanadi, tana goʻshti esa cheklovlarsiz chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishMuskulaturaning chuqur qatlamlarida yoki limfa tugunlarida kokklar guruhiga kiruvchi bakteriyalar, chirituvchi mikroblar (asosan protey guruhidan) topilganda, yaxshi organoleptik koʻrsatkichlarda goʻsht
XVI boʻlimda koʻrsatilgani kabi qaynatishga yoki goʻsht noni ishlash uchun joʻnatiladi. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarining chirib parchalanishini bildiruvchi organoleptik koʻrsatkichlar olinganda yoki qaynatib koʻrilganda yoʻqolmaydigan ularga xos boʻlmagan hid boʻlganda, bunday goʻsht va goʻsht mahsulotlari texnik utilizatsiyaga joʻnatiladi yoki yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish153. Goʻsht yangi deb hisoblanadi uning organoleptik koʻrsatkichlari va qaynatib koʻrish probasi (tashqi koʻrinishi, rangi, konsistensiyasi, hidi, shuningdek bulyon tiniqligi va xushboʻyligi) yangi goʻshtga muvofiq kelsa, iz koʻchirish-surtmasida mikroflora topilmasa yoki preparatning koʻrish maydonida kamdan-kam kokklar va tayoqchasimon bakteriyalar (10 tagacha mikrob tanachalari) uchraganda va toʻqimalar parchalanish qoldigʻi boʻlmaganda, bulyonga mis oltingugurt nordoni qoʻshilganda u tiniqligicha qoladi, uchuvchan yogʻ kislotalari miqdori 1 g namunada KON 4 mg gacha (quyon goʻshtida — KON 2,25 mg gacha, parranda goʻshtida KON 4,5 mg gacha) boʻladi; quyon va parranda goʻshti ammiak va ammoniy tuzlariga tekshirilganda ekstrakt zangori-sariq tusga kiradi, tiniqligicha qoladi yoki yengil loyqalanadi. Parranda goʻshtida (suvda suzuvchi va joʻjalardan tashqari) ekstrakt 1-2 daqiqa ichida qoʻngʻir-malla tusga oʻtuvchi koʻkish-zangori rangga kiradi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish154. Goʻsht yangiligi, koʻp boʻlmagan organoleptik oʻzgarishlarda gumonli deb hisoblanadi: uning yuzasi nam, yengil yopishqoq, qoraygan, mushaklar kesilganda yopishqoq va toʻq-qizil rangda, muzi eritilgan goʻshtda esa kesma yuzasidan toʻqroq goʻsht shirasi oqadi, goʻsht hidi aynishga moyil yengil nordonroq, bulyon yengil eski goʻsht hidi boʻlgan tiniq yoki loyqa, iz koʻchirish-surtmasida koʻpi bilan 30 ta mikrob (oʻrtacha), shuningdek toʻqimaning parchalangan izi topiladi, bulyonga mis sulfat nordon tuzi eritmasi qoʻshilganda bulyonning loyqalanishi, muzlatilgan goʻshtning bulyonida esa-boʻlakchalar paydo boʻlib intensiv loyqalanishi kuzatiladi, uchuvchan yogʻ kislotalari miqdori 1 g mahsulotda KON 4 dan 9 mg gacha (quyon goʻshtida — KON 2,25 dan 9 mg gacha, parranda goʻshtida — KON 4,5 dan 9,0 mg gacha), quyon va parranda goʻshtini ammiak va ammoniy tuzlariga tekshirilganda ekstrakt intensiv-sariq rangga kiradi, kuchli loyqalanish kuzatiladi, muzlatilgan goʻsht uchun esa choʻkma tushishi kuzatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishYangiligi gumon qilingan goʻsht qaynatilgan kolbasaga ishlatiladi yoki
XVI boʻlimga muvofiq tegishli tozalashdan (yopishqoq, oʻzgargan qismlarini ajratib olish va utilizatsiya qilish), zarur hollarda yuvishdan soʻng qaynatiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish155. Goʻsht quyidagi oʻzgarishlarda yangi emas deb hisoblanadi: uning yuzasi shilimshiq yoki mogʻor bilan qoplangan, mushaklar kesmada nam, yopishqoq, qizil-malla rangda, muzi eritilgan goʻshtda esa yuzasidan loyqa goʻsht sharbati oqadi, goʻsht hidi irigan, bulyon loyqa koʻplab boʻlakchalari va keskin qoʻlansa hid bilan, surtmaning koʻrish maydonida 30 tadan koʻp mikroblar topiladi, toʻqimalarning koʻplab parchalanganligi kuzatiladi, bulyonga mis sulfat nordon tuzi eritmasi qoʻshilganda jelesimon choʻkma hosil boʻlishi, muzlatilgan goʻshtning bulyonida esa-yirik boʻlaklar mavjudligi kuzatiladi, uchuvchan yogʻ kislotalari 1 g mahsulotda (goʻshtning turidan qatʼi nazar) KON 9 mg.dan koʻp boʻladi. Quyon va parranda goʻshtlari ammiak va ammoniy tuzlariga tekshirilganda ekstrakt sariq-pushti yoki toʻq pushti rangga kiradi, choʻkmaga tushuvchi yirik boʻlakchalarning tez paydo boʻlishi kuzatiladi. Parranda goʻshtidagi peroksidazani aniqlaganda (suvda suzuvchi parrandalar va joʻjalardan tashqari) ekstrakt yoki koʻkish-zangori, yoki qoʻngʻir-malla rangga kiradi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish156. Goʻsht, kasal yoki agoniya holatida soʻyilgan hayvondan olinganligi gumon qilinganda, bakteriologik tekshirishdan tashqari,
XV boʻlimda koʻrsatilgani singari qaynatib koʻrish, formol probasi (formolli reaksiya) oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishElektr yoki gaz pechkalari bilan jihozlangan goʻsht kombinatlarida qaynatish bilan zararsizlantiriladigan goʻsht,
XVI boʻlimda koʻrsatilgan tartibda goʻsht nonlari, shuningdek kondensiyasi boʻyicha konserva uchun ishlatiladigan goʻshtga boʻlgan talablarga javob berganda va ushbu Qoidalarning ushbu boʻlimida koʻzda tutilgan shartlarga rioya etilganda, konservalar tayyorlash uchun ishlatiladi;
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish161. Ushbu Qoidalarning
III,
IV,
V,
VI boʻlimlarida koʻrsatilgan kasalliklarda goʻshtni kolbasa, goʻsht noni va konservalarga qayta ishlash kolbasa va konserva sexlarida quyidagi shartlarga rioya qilinganda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishGoʻshtni fizik-kimyoviy tekshirish usullari
4-ilova, eritilgan yogʻlarni tekshirish usullari va yogʻlarning fizik-kimyoviiy koʻrsatkichlari
5-ilova, kolbasa mahsulotlari va qazini tekshirish usullari. Qazining fizik-kimyoviy koʻrsatgichlari
6-ilova, laboratoriya tekshirishlari uchun goʻsht va goʻsht mahsulotlaridan namunalar olish meʼyori
7-ilovalarda koʻrsatilgan
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish | | |
| | |
| | Forma № 4 |
| | (oʻlcham) 1/2 A4 |
| | |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT VETERINARIYA NAZORATI | Davlat va idoraviy veterinariya mutaxassislari tomonidan barcha nazorat ostidagi yuklarni faqat tuman (shahar) hududida tashishda beriladi |
|
_________________________________________________________________________________________ |
(viloyat) |
_________________________________________________________________________________________ |
(tuman, shahar) |
_________________________________________________________________________________________ |
(veterinariya tashkiloti nomi) |
|
VETERINARIYA MAʼLUMOTNOMASI № ____ son “____” ___________ 20___ y. |
|
Men, kuyida imzo chekuvchi veterinariya vrachi, ushbu maʼlumotnomani |
_________________________________________________________________________________________ |
(kimga — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning ismi-sharifi) |
berildi shu haqdakim, ushbu shaxsga karashli |
_________________________________________________________________________________________ |
(mahsulotning nomi: |
_________________________________________________________________________________________ |
hayvonlarning (parrandalar, baliqlar) turi, jinsi, yoshi) |
|
soni _______________________ | _______________________ | _______________________ |
(joy, dona, kg, bosh) | (idish turi) | (tamga, markirovka) |
quyidagi ________________________________________________________________________________ |
(tekshirishlar, emlashlar, ishlovlar, zararsizlantirishlar oʻtkazilgan konservatsiyalash, pasterizatsiya va boshqa) |
______________________________________________________________________________________dan |
Mahsulotlar, hayvonlar ___________________________________________________________________ |
__________________ (kuyidagi marshrut bilan (qayerga) boʻrdoqiga boqish, soʻyish, sotish, saqlash, qayta ishlash va boshqalar) |
________________________________________________________________________ uchun yuborilayapti |
_________________________________________________________________________________________ |
MAXSUS MAʼLUMOTLAR: _______________________________________________________________ |
__________________ (veterinariya tamga raqami, hayvonning inventar raqami yoki lakbi) |
_________________________________________________________________________________________ |
_________________________________________________________________________________________ |
(maxsus sharoitlarda joʻnatilganda toʻldiriladi) |
Veterinariya maʼlumotnomasini asl nusxasi berildi va u tuman (shahar) hududida taʼsir etadi |
| | |
| | __________________________ |
| | (ismi-sharifi) |
| | __________________________ |
| | (lavozimi) |
| | __________________________ |
| | (sana va imzo) |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish | | | | | | | old tomoni |
T/r | Hayvon kelib tushgan kun | Hayvon turi | Bosh soni | Hayvonni yuborgan tashkilot nomi: hayvon egasining familiyasi, ismi va adresi | Veterinariya guvohnomasi raqami va berilgan sanasi: maʼlumot bergan veterinariya vrachining familiyasi | Soʻyishdan oldingi veterinariya koʻrigi natijasi |
Klinik koʻrik maʼlumoti va tana harorati oʻlchami | Veterinariya vrachining xulosasi |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish | | | | | | orqa tomoni |
Veterinariya-sanitariya ekspertiza natijasi | Bakteriologik tekshirish natijalari va trixinelloskopiya (tahlil natijasini raqami va sanasi) | koʻrikdan oʻtkazilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlaridan | Koʻrikdan va ekspertizadan oʻtkazgan veterinariya vrachining imzosi |
Aniqlangan kasallik nomi | Hodisa soni | yuborildi (kg) | Cheklovsiz chiqarildi (kg) |
texnik qayta ishlovga va yoʻqotishga | Zararsizlantirishga va qayta ishlashga |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish | | | | | | | | | | | | № 23 Shakl |
| | Juft bet | | | | | | | | | | |
T/r | Ekspertiza raqami | Xoʻjalik, tashkilot nomi, mahsulot egasining ismi, familiyasi | Manzil (viloyat, tuman, aholi punkti) | Vet. hujjatning raqami va berilgan sanasi | Tana | Ichki aʼzolarining mavjudligi | Baliq, qisqichbaqa, kg | Tuxum dona |
mol goʻshti kg | qoʻy goʻshti kg | choʻchqa goʻshti kg | parranda goʻshti kg | boshqa hayvonlar goʻshti kg |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish | Toq bet | | | | | | | | | | | |
Tekshirish natijalari | Alohida sharti bilan ruxsat etildi (miqdori) | Musodara qilingan va utilga joʻnat ilgan, (miqdori) | Sotishga ruxsat etilmagan va egasiga qaytarib berilgan (miqdori) |
Organoleptik (aniqlangan nuqsonlar) | Bakterioskopik | Trixinelloskopik | Bioximiyaviy reaksiyalar | Bakteriologik |
pN | peroksidaza | mis kuporosi | formol | serovodorod | laboratoriyaga joʻnatilgan sanasi | Laboratoriyaga xulosasi, uning raqami va sanasi |
14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishX | = | (V-V0) x K x 5.61 x 100 |
m |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishX | = | (a - b) x 0,00127 x 100 |
M |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish1. Yaxshi sifatli boʻrsiq yogʻi och sariq rangda, oʻziga xos hidli. Eritilgan holda tiniq. Erish harorati 21 — 25°S, qotish harorati 8 — 10°S, l40°S haroratda refraksiya koeffitsiyenti 1,4562 — 1,4564, solishtirma massasi 0,903, kislotalik soni koʻpi bilan 1,5, perekis soni esa — 0,11, aldegidlar va perekisga reaksiyasi salbiy.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish2. Yaxshi sifatli sugʻur yogʻi och sariq rangda, oʻziga xos xarakterli hidga ega, xona haroratida suyuq, tiniq. Erish harorati 13 — 16°S, qotishi 8°S, 40°S haroratda rekraksiya koeffitsiyenti 1,467 — 1,468, solishtirma massasi 0,901, kislotalik soni 0,9 dan yuqori emas, perekis soni koʻpi bilan 0,05. Aldegidlar va perekisga reaksiyasi salbiy.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish4. Sifatli qoramol yogʻi qattiq konsistensiyali, och sariq yoki sariq rangda, oʻziga xos hidli, yogʻ eritilgan holda tiniq. Erish harorati 42 — 45°S, qotish harorati 27 — 35°S, 40°S haroratda nur sinishi koʻrsatkichi (refraksiya koeffitsiyenti) 1,4510 — 1,4583, solishtirma massasi 0,923 — 0,933, kislotalik soni 3,5, perekis soni koʻpi bilan 0,06.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish5. Sifatli qoʻy yogʻi qattiq konsistensiyali, oq yoki och sariq rangda, oʻziga xos hid va taʼmga ega, yogʻ eritilgan holda tiniq, solishtirma massasi 0,932 — 0,961. Erish harorati 44-45°S, qotish harorati 32 — 40°S, 40°S haroratda nur sinish koʻrsatkichi (refraksiya koeffitsiyenti) 1,4566 — 1,4383. Kislotalik soni 3,5 gacha, peryokis soni 0,06 dan yuqori emas.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish6. Sifatli choʻchqa yogʻi pastasimon konsistensiyali, rangi oq sargʻish tusda, oʻziga xos hidga va taʼmga ega, yogʻ eritilgan holda tiniq. Solishtirma massasi 0,931 — 0,938, erish harorati 30 — 40°S, qotish harorati 26 — 30°S. 40°S haroratda nur sinish koʻrsatkichi (refraksiya koeffitsiyenti) 1,4536, kislotalik soni 3,0, peryokis soni koʻpi bilan 0,06.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish7. Yangiligi gumon qilingan qoramol, qoʻy va choʻchqa yogʻlari toʻq kul rang, baʼzan malla tusda. Hidi aynigan, taxir va stearinli. Taʼmi oʻtkir achchiq, eritilgan holda yogʻ loyqalangan. Yogʻ yuzasi nam va yopishqoq. Kislotalik soni 3,5 dan yuqori, perekis soni esa 0,07 — 0,1. Peryokis va aldegidlar mavjudligiga qoʻyilgan reaksiya ijobiy, choʻchqa yogʻi uchun esa, shuningdek neytral qizil bilan qoʻyilgan reaksiya ham ijobiy natija beradi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishb) yarim dudlangan, qaynatib-dudlangan, dudlangan kolbasa, qazi, tuzlangan bekon, choʻchqa, qoʻy va qoramol goʻshtidan tayyorlangan (xom dudlangan, dudlama-qaynatma, dudlama-yopilma, yopilgan va qovurilgan) mahsulotlar uchun: kimyoviy stakanga maydalangan oʻrtacha namunadan q 0,01 g aniqlikda 5 g oʻlchab olinadi va 100 ml distillangan suv qoʻshiladi. Suv hammomida 40°S gacha qizdiriladi, ushbu haroratda 45 daqiqa (vaqti-vaqti bilan shisha tayoqcha yordamida aralashtirilgan holda) saqlanadi va qogʻoz filtr orqali filtrlanadi.
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishX | = | 0,00292 x K x v x 100 x 100 |
v1 x m |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olishKoʻrsatkichlar nomi | Taʼrifi va meʼyori |
“Oʻzbekiston” qazisi | “Toshkent” qazisi | Kabob (shashlik) kolbasasi |
Tashqi koʻrinishi | Batonlarning yuzasi toza, biroz nam, qobigʻi zararlanmagan, dogʻlarsiz |
Konsistensiyasi | Zich |
Hidi | Ziravorlar solingan yaxshi sifatli goʻshtga xos boʻlib, keskin yoki yot hidlarsiz. |
Batonlar shakli va oʻlchami | Batonlar shpagat bilan, ichki diametri 10 — 15 sm qilib, halqa koʻrinishida bogʻlangan, bir uchida koʻndalang bogʻlamsiz yoki bita koʻndalang bogʻlamli | Batonchalar uzunligi 10 — 12 sm qilib bogʻlangan, 4-5 tadan batonchalar halqa qilib ulangan |
Osh tuzining massa ulushi foizda, koʻp emas | 4,0 | 4,0 | 3,0 |
Hujjatga taklif yuborish
Audioni tinglash
Hujjat elementidan havola olish |
|
|
______________________________________________ dehqon bozori |
Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi |
|
20___ yil “____” ____________ |
|
XULOSA |
|
Berildi ____________________________________________________________________________________ |
(mahsulot egasining familiyasi, ismi, manzilgohi) |
___________________________________________________________________________________________ |
|
unga karashli _______________________________________________________________________________ |
(mahsulot nomi, oʻrni, soni, ogʻirligi) |
|
isteʼmolga yaroqli deb topildi. |
|
Asos:ekspertiza № _______________________________________ |
|
Sotish muddati ______________________________________ gacha |
|
Veterinariya vrachi | ___________ | _______________________ |
| (imzo) | (familiyasi, ismi) |
|