Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.1992 30.03.1992 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.1992
Hujjat 23.09.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

ISTEʼMOL TOVARLARINI KUPONLAR BOʻYIChA SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 22-dekabrdagi 584-sonli “1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish, aholini tovarlar bilan barqaror taʼminlash, mehnatkashlarning fikr va istaklarini hisobga olgan holda, tovarlarni kuponlar boʻyicha sotishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilgan oʻzgartishlarni va qoʻshimchalarni hisobga olib “Tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish, ularni berish, saqlash, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizom (1-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga kuponlarsiz sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari va ashyoviy mollar roʻyxati (2-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, qiymati 2 ming soʻmdan ortiq boʻlgan tovarlar respublika aholisiga kuponlar, hisob-kitob cheklari, chek daftarchalari boʻyicha yoki omonatchilarning topshiriqlari boʻyicha pul oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va nohiyalarning hokimliklari bir hafta muddat ichida chakana savdo korxonalari uchun ularning yuqori savdo tashkilotlari taqdimnomalari boʻyicha savdo tushumi miqdorining soʻmlar va kuponlarda hisoblangan nisbatini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki savdo korxonalari tomonidan kuponlar inkassatsiyasiga doir belgilangan tartibning bajarilishini, topshiriladigan soʻmlar va kuponlarda hisoblangan tushum miqdori tasdiqlangan nisbatlarining bir-biriga mos kelishini doimiy ravishda nazorat qilib borishni amalga oshirsinlar. Savdo tashkilotlarining tovar sotishdan tushgan pullar va kuponlarning bir-biriga mos boʻlishi borasidagi ishlarining natijalari haqida har oyda Vazirlar Mahkamasiga xabar berib turilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv va savdo tarmoqlariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar tovarlarni kupon boʻyicha sotishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar. Ana shu tartibning bajarilishini taʼminlamagan savdo korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari lavozimidan boʻshatiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki ishlar organlari kuponlarni olib-sotish bilan shugʻullanuvchi shaxslarni aniqlash ishlarini kuchaytirsinlar, qoidani buzganlarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortsinlar va olib borilayotgan ishlarning keng oshkoraligini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmol bozorini himoya qilishga doir qarorini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibiga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari — tegishli komplekslarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA

Tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Isteʼmol bozorini yanada himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston hududida kuponli kartochkalarning amal qilishi 1992-yilning oktyabr—dekabr oylarigacha saqlab qolinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kuponli kartochkalar tovarlarni sotib olish huquqini beradigan bir marta foydalaniladigan hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ChAKANA SAVDO KORXONALARIDA TOVARLARNI KUPONLI KARTOChKALAR BOʻYIChA SOTISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat savdosi, tijorat, matlubot kooperatsiyasi tizimida, xususiy doʻkonlarda, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi tovar almashuv operatsiyalari boʻyicha va valyutaga sotib oluvchi hamda ularni oʻz xodimlariga sotuvchi korxonalarda va tashkilotlarda kuponlar boʻyicha, mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida koʻrsatilganlardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari va ashyoviy mollar sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlar bilan toʻlash tovarlar qiymatini mavjud pul belgilari bilan toʻlash bilan bir vaqtda kartochkadan kuponlarning ekvivalent summasini qirqib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar kuponlarsiz sotiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovadagi oziq-ovqat mahsulotlari va ashyoviy mollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonalarining mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlar (muddatli xizmat harbiy xizmatchilariga), koloniyalar va axloq tuzatish-mehnat muassasalari hududida joylashgan doʻkonlardagi tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy doʻkonlarning oʻz mablagʻlariga respublikadan tashqaridan sotib olingan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkilamchi xomashyo topshirgan aholiga sotiladigan xalq isteʼmoli tovarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilgan materiallar va ehtiyot qismlar qiymati ham qoʻshilgan xar xil xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qiymati 2000 soʻmdan koʻp boʻlgan tovarlar respublika aholisiga kuponlar boʻyicha ham, cheklar, chek daftarchalari boʻyicha ham yoki omonatchilarning topshirigʻiga koʻra ularning bank muassasalaridagi shaxsiy hisobvaraqlaridan pul oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlarning chakana savdo shoxobchalari orqali naqd pulga kuponsiz tovarlar sotishlari taqiqlanadi. Kartochkasiz kuponlar yoki tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan kuponlar oʻtmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 50 tiyinlikka teng boʻlgan va undan kam qiymat boʻyicha xarid uchun hisob-kitob kuponsiz amalga oshiriladi. Soʻm va tiyinda ifodalangan xarid uchun hisob-kitob kupon bilan toʻlanayotganda yiriklashtirish qoidalariga koʻra soʻm hisobida tegishli miqdorigacha yiriklashtiriladi (50 tiyingacha va undan kami kam tomonga, 51 tiyin va undan koʻpi koʻp tomonga).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Savdo korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek, avtoyoqilgʻi quyish stansiyalarida kuponlar kesib olish va qadab qoʻyish yoʻli bilan toʻlanadi, ular yozib qoʻyilgan qiymatlari boʻyicha guruhlarga ajratiladi va ish kuni davomida korxonaning moddiy javobgar shaxsida (sotuvchi, kassir, nazoratchi kassir), korxonada tovarlarning sotilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi. Kartochkalar xaridorga qaytarib berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Magazinlarning sotuvchilari, shuningdek, korxonalarda va tashkilotlarda amalga oshiriladigan almashuv operatsiyalari natijasida va valyutaga olingan tovarlarni sotish uchun masʼul boʻlgan shaxslar savdodan olingan tushumni soʻm va kupon bilan ikki tomonlama hisoblab chiqadilar. Kuponlar qatʼiy hisob-kitob hujjati boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tushum miqdorining soʻm va kupon hisobida bir-biriga toʻgʻri kelishi uchun masʼuliyat savdo korxonasining rahbari zimmasiga yuklatiladi. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan farq foizi yuqori savdo tashkiloti tomonidan tegishli bank organlari bilan kelishib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo tashkilotlarining rahbarlari tovar-pul hisobotlarini taqdim qilish boʻyicha belgilangan muddatga koʻra (har 5 yoki 7 kunda) har bir doʻkon tomonidan tasdiqlangan inkassatsiya tartibi hamda soʻm va kuponlarda tushum miqdorining belgilangan nisbatiga rioya qilinishini albatta tekshirib boradilar. Bu foizga rioya qilinishi, kuponlarning tushum bilan birga topshirilishini taʼminlamagan va kuponlarni inkassatsiya qilish boʻyicha belgilangan tartibga (kuponlarni qirqish, qadab qoʻyish, taxlash yoʻli bilan toʻlash va hokazo) amal qilmagan savdo korxonalari (doʻkonlari)ning rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan boʻshatiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻziga qarashli savdo korxonalarida (doʻkonlarda) Vaqtinchalik nizomga amal qilinishini taʼminlamagan savdo tashkilotlarining rahbarlari ham shunday javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bank muassasalarida tushgan kuponlarni hisobga olish, uning harakati va topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki, Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” va Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasining yoʻriqnomalariga va tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. KUPONLARNI FUQAROLARGA BERISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kuponlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ish, oʻqish, xizmat joyidan, pensiyalar, oʻtkazilgan pullar olinadigan aloqa boʻlimlari va tegishli banklardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda band boʻlgan va oʻz mahsulotini topshiruvchi shaxslarga — umumiy asoslarda tegishli tashkilotlar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi boʻlgan pensionerlarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — bank muassasalaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlardan stipendiya oluvchi studentlarga—faqat oʻqish joyidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish haqi toʻlashga bank muassasalaridan naqd pul olmaydigan va ish haqini tushgan daromaddan toʻlaydigan tashkilotlar kuponni umumiy asoslarda bankdan oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududida joylashgan, lekin ish haqini pul oʻtkazish yoʻli bilan boshqa hududlardan oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga kuponlar bank muassasalari tomonidan belgilangan tartibda ish haqi vedomostlariga binoan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrindoshlik bilan ishlovchi shaxslarga kuponlar asosiy ish joyidan umumiy daromadga qarab, mehnat shartnomalari boʻyicha ish haqi oluvchilarga esa umumiy asoslarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xodimlarga taʼtil mablagʻlari yozilayotganda beriladigan kuponlarning miqdori har bir taʼtil oyiga alohida hisoblanadigan miqdorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar va korxonalar bergan kreditlar, shuningdek, sugʻurta organlari tomonidan toʻlanadigan pullar kupon bilan taʼminlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. BERILADIGAN KUPONLAR MIQDORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Beriladigan kuponlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tabaqalashtirilgan shkala boʻyicha ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa berilishi lozim boʻlgan qayd qilingan daromadlarning (soliqlarni, alimentlarni va boshqa ushlab qolishlarni chiqarib tashlab) miqdoriga bogʻliq boʻladi, yiriklashtirish qoidalariga muvofiq tegishli miqdorgacha yiriklashtiriladi (5 soʻmgacha kam tomonga, 5 soʻm va undan koʻpi koʻp tomonga).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlar har oyda bir marta yangi tabaqalashtirilgan shkala boʻyicha beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yilning I, II, III choraklari uchun berilgan kuponlar 1993-yilning 1-yanvariga qadar haqiqiydir.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ish joyiga ega boʻlmagan va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib, oʻz mahsulotini kolxoz bozorida sotuvchi yoki kooperativlarga topshiruvchi yoxud mualliflik gonorarlari oluvchi shaxslarga, shuningdek, respublika tashqarisida ishlovchi kishilarga kuponlar ularni olishga ruxsatnoma koʻrsatilgach, yashash joyidagi bank muassasalarida shkala bilan belgilangan miqdorda beriladi (3-ilova). Kuponlar olishga ruxsatnoma soliq inspeksiyalari tomonidan berilgan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar asosida yashash joyidagi mahalliy boshqaruv organlari (hokimliklar) tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mualliflik gonorarlari oluvchi fuqarolar davlat soliq inspeksiyalariga daromadlarni olgan joydan berilgan oʻtgan yildagi daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sovet Armiyasi saflaridan xizmatdan boʻshatilgan va vaqtincha (uch oygacha) ishlamaydigan harbiy xizmatchilar, oʻz xohishi bilan yoki qisqarish sababli ishdan boʻshagan va vaqtincha (bir oygacha) ishlamaydigan fuqarolar, yolgʻiz yashovchi keksayib qolgan fuqarolar hamda pensiya va ijtimoiy yordam olmaydigan fuqarolar, shuningdek, qamoq joylaridan ozod qilingan va vaqtincha (bir oygacha) ishlamaydigan fuqarolar yashash joyidagi mahalliy boshqaruv organlari (hokimliklar) harbiy bilet, pasport, mehnat daftarchasi, ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida bergan kuponlarni olishga ruxsatnomani koʻrsatib, bank muassasalaridan 150 soʻm miqdorida kupon oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishsizlik boʻyicha nafaqa oluvchi vaqtincha ishlamaydigan aholiga kuponlar nafaqa olish joyida shkalada belgilangan miqdorda beriladi.
(14-band sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolasini boqayotganligi uchun taʼtilda boʻlgan ayollar har oyda ish joyidan nafaqa va boshqa daromadlar hisobidan, kompensatsiya kam shu jumlaga kiradi, belgilangan miqdorda kuponlar oladilar. Bola uch yoshga toʻlgunga qadar unga qarash uchun oʻz taʼtilini davom ettirayotgan, lekin bu nafaqa va kompensatsiyalarni olish muddati tugaganligi uchun ularni olmayotgan ayollarga kuponlar ularning ish joyidan 150 soʻm miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavsumlar orasida mavsumiy ishlar bilan band boʻlgan fuqarolar mahalliy boshqaruv organlari (hokimliklar) bergan ruxsatnoma asosida bank muassasalaridan oyiga 150 soʻm miqdorida kupon oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad manbaiga ega boʻlmagan va oila qaramogʻidagi uy bekalariga kuponlar mahalliy boshqaruv organlari (hokimliklar) beradigan maʼlumotnomalar taqdim etilgach, bank muassasalaridan oyiga 150 soʻm miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Benzin uchun pul kompensatsiyasi oluvchi nogironlarga kuponlar kompensatsiya pulining 100 foizi miqdorida, kompensatsiya olinadigan joyda, yilning har choragida bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarga atalgan tovarlarning qimmatlashganligi sababli nafaqa oluvchi bolalar uchun kuponlar kompensatsiya pulining 100 foizi miqdorida, boshqa nafaqalar uchun esa belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy yoki jismoniy zarar koʻrgan fuqarolarga kuponlar moddiy yordam puli summasi hisobidan toʻla miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil choragi, yil uchun mukofotlar, mukofot pullari va moddiy yordam puli uchun kuponlar hisoblab chiqarilgan oʻrtacha oylik hisobidan belgilangan miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududida ishlovchi va soʻmlarda ish haqi oluvchi chet el fuqarolariga kuponlar umumiy asoslarda ishlovchilarga belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish haqini soʻmlarda olmaydigan, biroq respublikada yashayotgan yoki xizmat safarida boʻlgan chet el fuqarolari bank muassasalarida erkin almashtiriladigan valyutaning bozor qadri boʻyicha soʻmga almashtirish va almashtirilgan pulning 15 foizi miqdorida kupon olish (bunda ushlab qolingan komission haq hisobga olinadi) huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan chet el fuqarolariga kuponlar belgilangan miqdorda beriladi. Ular erkin almashtiriladigan valyutani soʻmga almashtirganda almashtirishning 15 foizi miqdorida kupon olish (bunda ushlab qolingan komission haq hisobga olinadi) huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tashqarisida vaqtincha harbiy xizmatni oʻtayotgan, oila aʼzolari respublikada doimiy yashayotgan fuqarolar xizmatni oʻtayotgan joyidan ish haqi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnoma asosida harbiy komissarliklar beradigan ruxsatnoma boʻyicha bank muassasalaridan shkalada (3-ilova) belgilangan miqdorda kupon oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elda ishlagandan keyin yoki navbatdagi mehnat taʼtiliga kelgan respublika fuqarolari kuponlarni chet elga xizmat safariga borgunga qadar ishlagan korxonalaridan, harbiy xizmatchilar esa harbiy komissarliklardan umumiy asoslarda oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududida doimiy yashovchi va respublika tashqarisida koʻchib ishlab yuruvchi shaxslar daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni koʻrsatgach, mahalliy boshqaruv organlari (hokimliklar) kupon olish uchun bergan ruxsatnomalarni koʻrsatib, bank muassasalaridan kuponlarni oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I guruh nogironlarga, shuningdek, internat uylarda yashovchi hamda toʻla davlat taʼminotida boʻlgan pensionerlar va nogironlarga kuponlar oʻzlari oladigan pensiya miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mualliflik kashfiyotlari, ixtirolari, ratsionalizatorlik takliflari va hokazo hisobiga haq va mukofotlar oluvchi fuqarolar kuponlarni asosiy ish joyidan umumiy asoslarda hamma daromadlari yuzasidan oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etimlikda va ota-onasining qarovisiz oʻsgan bolalar boʻlgan talabalar va oʻquvchilarning, toʻla davlat taʼminotida boʻlgan talabalar va oʻquvchilarning stipendiyalari toʻla miqdorda kuponlar bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvaqqat ijodiy jamoalarning aʼzolariga, shuningdek, pudrat shartnomasi boʻyicha ish bajaruvchi shaxslarga kuponlar asosiy ish joyida hamma daromadlari yuzasidan shkalada (3-ilova) belgilangan miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VTEK (mehnat qobiliyati yoʻqolishi darajasini aniqlaydigan tibbiyot komissiyasi) dan qayta tekshiruvdan oʻtgan va pul daromadlari olmaydigan fuqarolarga bank muassasalarida mahalliy boshqaruv organlari (hokimliklar) tomonidan berilgan ruxsatnoma koʻrsatilgandan keyin koʻrikdan oʻtishning butun davri uchun har oyda 150 soʻmlik kupon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz hisobidan taʼtil olgan xodimlari ish joyidan kuponlarni taʼtilga chiqishidan oldingi oxirgi oyda olingan belgilangan daromadlardan shkalada (3-ilova) belgilangan miqdorda oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donorlar donorligi uchun davolash muassasalaridan olingan pulning toʻla miqdorida kuponlar bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa respublikalarning uzoq muddatga (bir oydan koʻp) xizmat safariga kelgan fuqarolari kuponlarni xizmat safariga kelgan tashkilotlar va korxonalardan oyiga 150 soʻm miqdorida oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pulsiz tartibda keladigan alimentlar shkalada (3-ilova) belgilangan miqdorda kuponlar bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kuponni kartochkalar muomalaga blankaning 10, 25, 50, 100, 200 va 500 soʻmlik qiymati bilan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning kassalaridan kuponli kartochka berishda kuponlar yiriklashtirish qoidalari boʻyicha (5 soʻmgacha kam tomonga, 5 soʻm va undan koʻp boʻlganda koʻp tomonga) soʻmlarda tegishli summagacha yiriklashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kartochkalar aniq bar shaxsning nomiga yozib beriladi va rahbar, bosh buxgalterning imzosi hamda korxona, tashkilot va muassasa muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlar sarflangandan soʻng kartochkalar ular olingan joydagi kassalarga qaytarilishi va ular oʻz navbatida bu kartochkalarni yoʻq qilish uchun bank muassasalariga topshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqotib qoʻyilgan va buzilgan kuponlar tiklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. KUPONLAR OLISh VA HISOB-KITOB QILISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kuponlar respublika hududida joylashgan barcha bank muassasalarida, shu jumladan, tijorat banklarida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Korxona, muassasa, tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan kuponlarni olish, saqlash va berish boʻyicha masʼul shaxs tayinlanadi hamda unga shartnoma boʻyicha javobgarlik yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlarni olish va berish korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan alohida hisobga olish daftarida qayd etiladi. U nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Hisobga olish daftaridagi varaqlar soni korxona, muassasa, tashkilot rahbari va bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Daftardagi yozuvlar kirim-chiqim orderlari va toʻlov vedomostlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oluvchiga berilgan kuponlarning miqdori ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqalarni berishda toʻlov vedomostida qoʻshimcha ravishda kiritilgan ustun (qator)da yoki toʻlov hujjatida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) oldindan berilgan talabnomalarga muvofiq naqd pul olinadigan bank muassasasidan topshiriq boʻyicha oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiyalar, nafaqalar beruvchi aloqa korxonalari kuponlarni bank muassasalaridan ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan tuzilgan toʻlov vedomostlariga muvofiq oladilar. Toʻlov vedomostida berilishi lozim boʻlgan kuponlar miqdori alohida ustunda koʻrsatiladi. Pul oʻtkazish operatsiyalari boʻyicha kuponlar berish uchun aloqa muassasalari tomonidan rezerv tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlarning hosil boʻlgan kamomadi yoʻqotilgan qiymatiga muvofiq (yaʼni 1 kupon uchun 1 soʻm — pul bilan 1 soʻm) hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlarning berilgan miqdorini nazorat qilish uchun bank muassasalari tomonidan order rasmiylashtiriladi, uning nusxasi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal navbatdagi kuponlarni olish uchun korxona, muassasa, tashkilot oldingi davrda foydalanilgan kuponlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bilan birgalikda talabnoma beradilar va belgilangan forma boʻyicha yoʻq qilib tashlash maqsadida ishlatilgan kuponlarning kartochkalarini bank muassasalariga topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Olingan kuponlarni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda saqlash qimmatdor qogʻozlarni saqlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga hamda “Xalq xoʻjaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlarning kirim daftarida qayd qilinishi nominal qiymati boʻyicha kirim-chiqim nakladnoylari asosida yuritiladi va hisobga olish balansdan tashqari 004 — “Qatʼiy hisobdagi blanklar” schyotida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq organlari kooperativlar, kichik korxonalar va xoʻjalik hisobidagi boshqa tuzilmalarni moliyaviy taftish qilganlarida majburiy tartibda olingan kuponlar miqdorining ish haqi beriladigan toʻlov vedomostlariga muvofiq kelishini tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning (tashkilotlarning, muassasalarning) moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiluvchi va tekshiruvchi organlar ushbu tartibning bajarilishini nazorat qilishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuponlarni berish tugallangandan keyin, biroq ular bankdan olingandan keyin 5 kundan kechikmay, kuponlarni saqlash va berish uchun javobgar shaxs kuponlarning olinishi va berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kuponli kartochkalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining buyurtmasi bilan bosib chiqariladi. Kuponlarni bosish, hisobga olish, tashish va bankda saqlash Ichki ishlar vazirligi, respublika inkassatsiya boshqarmasi hamda ularni bosib chiqaruvchi korxonalarning maxsus nazoratida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kartochkalarni hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi respublika banklarida buxgalteriya ucheti hisob-kitoblari rejasini qoʻllash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank muassasasining rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kuponli kartochkalarni qabul qilib olish, saqlash va ularni berish qoidalariga qattiq rioya etilishini taʼminlaydilar. Kuponlarning saqlanishi uchun moddiy javobgarlik kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bank muassasalari kuponlarning toʻla inkassatsiya qilinganligi, saqlanishini, keyinchalik esa ularning belgilangan tartibda ikkilamchi xomashyo korxonalariga topshirilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bank muassasalari tovarlarni kuponlar boʻyicha sotish borasida belgilangan tartibning savdo tashkilotlari tomonidan bajarilishini doimo nazorat qilib turadilar. Kuponlarni qayta hisoblash chogʻida aniqlangan kamomadlar haqida banklar aybdor xodimlarni maʼmuriy-huquqiy javobgarlikka tortish uchun savdo tashkilotlari rahbarlariga xabar qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat banki, Oʻzbekiston sanoat qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat bankining boshqarmalari bank muassasalarida bu masala boʻyicha ishning qanday yoʻlga qoʻyilganligini muntazam tekshirib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni kuponlar boʻyicha sotishni nazorat qilish ishining qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilganligi uchun banklarning rahbarlari va boshqa xodimlari mukofotdan mahrum etilib, maʼmuriy jazoga tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Pochta tashkilotlarining pul oʻtkazish operatsiyalari boʻyicha kuponlarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan belgilanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. KUPONLARNI MUOMALAGA ChIQARISh VA INKASSATSIYA QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kuponlarni muomalaga chiqarish va ularni inkassatsiya qilish barcha bank muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Soxta kuponlar yasaganlik uchun davlatning soxta xazina biletlarini yasashga teng darajada qonunga muvofiq jazolaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1992-yil ____________________________________________ oyida

___________________________________________________ boʻyicha

(korxona, tashkilot, muassasa)

(soʻm hisobida)

1992-yil ________________________ gacha
‎mavjud boʻlgan kuponlar
1992-yil ________________________ oyi uchun olingan kuponlar
___________________________________ uchun berilgan kuponlar
_____________________________________ gacha qolgan kuponlar
____________________________ soʻmlik kartochkalar qaytarildi.
Ishlovchilar va boshqa fuqarolar tomonidan oʻtgan davr mobaynida_________ soʻmlik kuponli kartochkalar foydalanilmay qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA

Aholiga kuponlarsiz sotiladigan oziq-ovqat va ashyoviy mollar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Aholiga belgilangan normalar boʻyicha (talon bilan) cheklangan narxlarda sotiladigan tovarlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
un;

makaron mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruch;

oʻsimlik moyi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choy;

qand-shakar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuxum;

goʻsht va goʻsht mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aroq;

kir sovun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ip-gazlama matolar (chit va xomsurp);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar assortimenti (yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun komplektlar, oʻgʻil bolalar koʻylagi va shimi, qiz bolalar koʻylagi va yubkasi, 12 yoshgacha boʻlgan bolalar poyabzali, bolalar paypoqlari va kolgotkalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholiga kuponlarsiz erkin sotiladigan oziq-ovqat va ashyoviy mollar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari (vrach retseptlari boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik baliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sut, qatiq, ivitilgan qatiq, chuchuk qatiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butilkalarda va quyib sotiladigan salqin ichimliklar, pivo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortlar, muzqaymoq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, shuningdek, qayta ishlangan sabzavot mahsulotlari (achitilgan-tuzlangan karam, pomidor, bodring);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konserva qilingan sharbatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir, oʻtin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omuxta em, taxtakunjara, sheluxa, barda va pivo quyqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gullar, polietilen paketlar, gramplastinkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vositachi doʻkonlar orqali sotiladigan ilgari foydalanilgan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelin-kuyovlar uchun doʻkonlar va boʻlimlardagi tovarlar, shuningdek, marosimlar uchun koʻzda tutilgan tovarlar (mahalliy boshqaruv organlari maʼlumotnomalari boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matbaachilik mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorixonalarda, “Optika” doʻkonlarida sotiladigan dori-darmon vositalari, protez-ortopediya korxonalari mahsulotlari, shuningdek, nogironlar aravachalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga almashtirib sotiladigan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativlar va fuqarolar tomonidan ishlab chiqariladigan hamda mustaqil ravishda va kolxoz bozorida sotiladigan tovarlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat narxlarida sotiladigan neft mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arzonlashtirilgan konditsiyasiz buyumlar va ishlatishga yaroqli chiqindilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomosha koʻrsatish muassasalari uchun ovoz kuchaytirgich apparatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport anjomlari (toshlar, bruslar, konlar, gantellar, shtanga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda qurilish materiallari (qum-tosh, qum, tozalangan shagʻal, maydalangan tosh, keramzit, ohak, sement, xarsangtosh, marmar va granit plitalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marmar maydasi va ulardan tayyorlangan buyumlar, shlak bloklar, agloporit, mineral momiq paxta va undan tayyorlangan buyumlar, tomga yopiladigan yumshoq materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbotsement, choʻyan, polietilen, sopol quvurlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir-beton buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻisht va yogʻoch materiallar (mahalliy boshqaruv organlarining qarori boʻyicha).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmol bozorini himoyalash yuzasidan qabul qilgan qarorini roʻyobga chiqarish boʻyicha respublika komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

B.S. Hamidov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Umumiqtisodiyot kompleksining rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.N. Voznenko — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Xalq isteʼmoli mollari, savdo va xizmat koʻrsatish kompleksining rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E.S. Samandarov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Ijtimoiy rivojlanish va madaniyat kompleksining rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T.S. Azimov — Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki boshqaruvining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B.A. Allamurodov — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Z.A. Almatov — Ichki ishlar vaziri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.A. Ahadov — Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki boshqaruvining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E.J. Boqiboyev — Moliya vaziri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G.G. Volkov — Oʻzbekbirlashuv raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F.M. Mullajonov — Oʻzbekiston davlat banki boshqaruvining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E.T. Moʻminov — Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M.Muhammad Doʻst — OʻzA direktori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R.A. Norboyev — Mehnat vazirining oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K.R. Rahimov — Aloqa vaziri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻ.Q. Rahmatullayev — Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki boshqaruvining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T.H. Haydarov — Respublika pensiya fondining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A. Xoʻjayeva — Ijtimoiy taʼminot vaziri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M.Z. Usmonov — Savdo vaziri