Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1709-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 1-avgustdagi 73-son “Auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1709, 2007-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 367-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir J. QOʻChQOROV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-oktabr,
136-son
Kelishilgan:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 29-oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
2018-yil 29-oktabr
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N. ShARIPOV
2018-yil 29-oktabr
Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi N. KARIMOV
2018-yil 29-oktabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2018-yil 29-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/1709-1/2174-son)