O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MADANIY-MA’RIFIY ALOQALAR MILLIY UYuShMASINI TAShKIL ETISh TO‘FRISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 265-sonli “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 25-martdagi 142-son va “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari”ga oid 1992-yil 16-iyundagi 291-son qarorlari haqida” qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya prinsiplariga asoslanib, xalqaro aloqalarning kengayotganligini hisobga olib, xorijiy mamlakatlar bilan jamoatchilik aloqalari faoliyatini bir joyga jamlash va tartibga solish, yagona siyosatni shakllantirish va xalq diplomatiyasini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati hamda Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqa “Vatan” jamiyatining ular negizida O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm Kompleksi (o‘rtoq Samandarov) ikki hafta muddat ichida manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tuzilmasini hamda Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 25-mart,
142-son