23.03.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanilishining oldini olish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1996-yil 12-iyunda imzolangan Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanilishining oldini olish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1996-yil 12-iyunda imzolangan Bitimga (keyingi oʻrinlarda — Bitim) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bayonnoma tuzish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 2-moddasi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Ushbu Bitim quyidagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(III) mol-mulk soligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soliqlari” deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- Qozogʻiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) korporativ daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II) yakka tartibdagi daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(III) yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(keyingi oʻrinlarda “Qozogʻiston soliqlari” deb yuritiladi).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Bitimning 3-moddasi 1-bandi a) kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“- “Qozogʻiston” Qozogʻiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda “Qozogʻiston” atamasi Qozogʻiston oʻz qonunlariga va xalqaro huquqqa muvofiq oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirayotgan Qozogʻiston Respublikasi davlat hududi va zonalarini anglatadi:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimning 3-moddasi 1-bandining e) kichik bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” iboralari tegishincha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan korxonani va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan korxonani anglatadi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitimning 3-moddasi 2-bandi quyidagi tahrirdagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Atamaning mazkur Ahdlashuvchi Davlat soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan har qanday maʼnosi ushbu Ahdlashuvchi Davlatning boshqa qonunlaridagi shu atama uchun berilgan maʼnodan ustunlik qiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim 4-moddasining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Agar mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq jismoniy shaxsdan boshqa shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblansa, u faqat oʻzining amaldagi boshqaruv manzili joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bitimning 5-moddasi 2-bandiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) s) kichik bandidagi “idora” soʻzi “ofis” soʻziga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) f) kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“f) shaxta, ruda koni, neft yoki gaz quduqlari, karyer, moslama, qurilma (jumladan, burgʻulash uskunasi), dengiz kemasi yoki tabiiy resurslarni qidirish yoxud qazib olishning har qanday boshqa joyi hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan kuzatuv xizmatlari;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi tahrirdagi g) kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) tovarlar realizatsiya qilinadigan ombor yoki boshqa joy.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimning 5-moddasi 3-bandiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) b) kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan korxona shu maqsad uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali xizmatlar koʻrsatish, jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlarini amalga oshirish, faqat agar shu turdagi faoliyat (bitta yoki u bilan bogʻliq loyiha uchun) oʻzga Ahdlashuvchi Davlat hududida jami 12 oydan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom ettirilsa.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) s) kichik bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitim 5-moddasining 6-bandi quyidagi tahrirdagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ammo bunday agentning faoliyati shu korxona nomidan toʻliq yoki deyarli toʻliq ravishda bajarilayotgan boʻlsa, u mazkur bandga muvofiq mustaqil maqomga ega agent boʻlib hisoblanmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitimning 5-moddasi quyidagi tahrirdagi 8-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Ushbu moddaning avvalgi qoidalaridan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, qayta sugʻurta qilishni istisno qilganda, basharti u oʻzga Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan holda mazkur moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllaniladigan mustaqil maqomli agentdan boshqa shaxs orqali u yerda sugʻurta badalini yigʻsa yoki tavakkalchiliklarni sugʻurta qilsa, oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasani tashkil qiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim 7-moddasining 3-bandi quyidagi tahrirdagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shunga oʻxshash tarzda, doimiy muassasa foydasi rezident bosh muassasasidan (ofis) yoki uning istalgan boshqa muassasalaridan (ofislar) biridan patentlar yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun royalti, yigʻimlar yoxud boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar shaklida, koʻrsatilgan muayyan xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar shaklida yoxud bosh muassasaga (ofis) yoki uning istalgan boshqa muassasalaridan (ofislar) biriga berilgan qarz miqdoriga nisbatan foizlar shaklida doimiy muassasa tomonidan olingan mablagʻlarni oʻz ichiga olmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 9-moddasi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat foydani ushbu Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi foydasiga qoʻshib, tegishincha soliqqa tortsa hamda mazkur foydaga nisbatan oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasi ham ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilsa, shu tarzda agar ikki korxona oʻrtasidagi shartlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi shartlardek boʻlgan taqdirda, qoʻshilgan foyda birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan foyda boʻlsa, bunday hollarda ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat mazkur foydadan hisoblangan soliq miqdoriga tegishli tuzatish kiritishi lozim. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalari hisobga olinadi va zarur hollarda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bir-birlari bilan oʻzaro maslahatlashadilar.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 10-moddasi quyidagi tahrirdagi 6-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Basharti dividend toʻlanadigan aksiyalar yoki boshqa huquqlarni yaratish yoki taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur moddaga muvofiq bunday yaratish va taqsimlash orqali foyda olish boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bitimning 11-moddasi 3-bandining b) kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) haqiqatda foizlarni oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki yoki Qozogʻiston Respublikasining Milliy banki, davlat eksport va import kreditlarini kafolatlovchi tashkilot yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning Hukumatiga toʻliq tegishli boʻlgan boshqa moliyaviy tashkilotlar boʻlsa.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitim 11-moddasining 4-bandidan quyidagi mazmundagi jumla chiqarib tashlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foiz sifatida qaralmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitim 11-moddasining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Basharti foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar mazkur Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, u Ahdlashuvchi Davlatda foizlar boʻyicha toʻlov majburiyati vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda ushbu foizlar boʻyicha xarajatlar doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasida boʻlsa, bu holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim 12-moddasining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Basharti royalti toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti mazkur Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin royalti toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, u Ahdlashuvchi Davlatda royalti boʻyicha toʻlov vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda ushbu royalti boʻyicha xarajatlar doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasida boʻlsa, bu holda royalti doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bitim 13-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻz qiymatining 50 foizdan koʻprogʻini bevosita yoki bilvosita oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oluvchi kompaniya kapitalidagi aksiyalari, ishtiroki ulushi yoki boshqa huquqlarini begonalashtirishdan olingan daromadlari ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimning 13-moddasi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Mazkur moddaning avvalgi bandlarida nazarda tutilganidan boshqa har qanday mol-mulkni begonalashtirishdan tushgan daromadlar faqat ushbu mol-mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezident hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 14-modda 1-bandining a) va b) kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) jismoniy shaxs oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda oʻz ixtiyorida doimiy bazaga ega boʻlsa yoki avval egalik qilgan boʻlsa, bu holda foydaning faqat ushbu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismi; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy shaxs har qanday 12 oylik davr ichida umumiy miqdorda 183 kundan ortiq davr yoki davrlar mobaynida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda boʻlib turgan boʻlsa, bu holda foydaning faqat ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda koʻrsatilgan xizmatlarga taalluqli boʻlgan qismi oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21-modda
Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti daromadlarining mazkur Bitimning boshqa moddalarida aytib oʻtilmagan turlari, ular qayerda vujudga kelishidan qatʼi nazar, faqatgina ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti daromadlarni oluvchi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan yoki ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa hamda daromad manbai boʻlgan huquq yoki mulk haqiqatdan ham ushbu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandi qoidalari mazkur daromadlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi, 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olinayotgan daromadlar bundan mustasno. Ushbu holatda vaziyatdan kelib chiqib, mazkur Bitimning 7- yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 26-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26-modda
Axborot bilan almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash yoki bajarish yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar, oʻz maʼmuriy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan mazkur Bitimga zid boʻlmagan tarzda undiriladigan istalgan tur va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikni tatbiq qilish uchun zarur boʻlgan axborot bilan almashadilar. Axborot bilan almashish mazkur Bitimning 1- va 2-moddalari bilan cheklanib qolmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu Ahdlashuvchi Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy deb hisoblanishi lozim hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida belgilangan soliqlarni baholash yoki yigʻish, majburiy undirish yoxud sudda koʻrib chiqish yoki ushbu soliqlarga nisbatan shikoyatlarni koʻrib chiqish yoxud bunday faoliyatlarni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sud va maʼmuriy organlar) taqdim qilinishi mumkin. Bunday shaxslar yoki organlar axborotdan faqat ushbu maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Ular axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarini qabul qilishda oshkor qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq yoki odatdagi maʼmuriy amaliyoti davomida olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) har qanday savdo, tadbirkorlik, tijorat, sanoat yoki kasbiy sirni yoxud savdo jarayonini oshkor etadigan axborotni yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga zid boʻlgan axborotni taqdim qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu moddaga muvofiq axborot soʻralgan boʻlsa, oʻzga Ahdlashuvchi Davlat bunday axborot oʻz soliq maqsadlari uchun zarur boʻlmasa ham, soʻralgan axborotni toʻplash boʻyicha choralar koʻradi. Yuqorida belgilangan majburiyatga nisbatan ushbu moddaning 3-bandida belgilangan cheklovlar qoʻllaniladi, biroq mazkur cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga faqatgina ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli ushbu axborot taqdim etishni rad qilishga ruxsat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalari axborot faqatgina bank, boshqa moliyaviy muassasa, uning nominal egasi, agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatidagi shaxs ixtiyorida ekanligi yoxud bunday maʼlumot mulk huquqi berilgan shaxsga taalluqli boʻlganligi sababli uni taqdim qilishni rad etish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ruxsat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 27-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27-modda
Soliqlarni undirishda yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar oʻzlariga tegishli soliq majburiyatlarini undirishda bir-birlariga oʻzaro yordam koʻrsatadilar. Bunday yordam mazkur Bitimning 1- va 2-moddalarining qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini oʻzaro kelishish yoʻli bilan belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddada qoʻllanilgan “soliq majburiyati” atamasi ushbu Bitimga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalarga zid boʻlmagan tarzda Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri, ularning maʼmuriy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan har qanday koʻrinish va tavsifdagi soliqlar sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻni, shuningdek, bunday soliqlarga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda undirish boʻyicha yoki undirishni taʼminlash yuzasidan xarajatlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biri oldidagi soliq majburiyati ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq undirilishi zarur boʻlib, ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra ayni shu paytda uni undirishga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda bunday soliq majburiyati ushbu Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq majburiyati ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat tomonidan uning qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq ayni oʻzining oldidagi soliq majburiyati singari undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan biri oldidagi soliq majburiyati ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini qoʻllashni taqozo qiladigan majburiyat boʻlsa, bunday majburiyat ushbu Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasi asosida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini qoʻllash maqsadida qabul qilinishi lozim. Ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat, basharti bunday choralarni qoʻllash paytida soliq majburiyatini dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlatda undirishning imkoni boʻlmasa yoki undirishga toʻsqinlik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa ham, bunday soliq majburiyatiga nisbatan oʻz qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq ayni oʻzining oldidagi soliq majburiyati singari taʼminlash choralarini qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 3- va 4-bandlari qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq soliq majburiyatiga nisbatan shunday majburiyatning xususiyatiga koʻra qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari va ustuvorlik tartibi ushbu Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda oʻzga Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida nazarda tutilgan ustuvorlik tartibi qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining oldida soliq majburiyatining mavjudligi, uning haqiqiyligi yoki miqdorini aniqlash boʻyicha tartibotlar oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning sud yoxud maʼmuriy organlariga koʻrib chiqish uchun kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biri mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlariga muvofiq soʻrov yuborganidan soʻng oʻzga Ahdlashuvchi Davlat tegishli soliq majburiyati summasini undirib, birinchi Ahdlashuvchi Davlatga oʻtkazguniga qadar har qanday paytda bunday soliq majburiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrov mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq yuborilganda — Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq undirilishi zarur boʻlib, ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra ayni shu paytda uni undirishga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlat oldidagi soliq majburiyati deb hisoblanmay qolsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrov mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq yuborilganda — dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq undiruvni taʼminlash choralarini koʻrish mumkin boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlat oldidagi soliq majburiyati deb hisoblanmay qolsa, -
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu holda dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari bu haqda oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlarini zudlik bilan xabardor qiladilar va birinchi Ahdlashuvchi Davlat oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning ixtiyoriga koʻra oʻz soʻrovnomasini toʻxtatib turadi yoki chaqirtirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur moddaning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklash sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoxud maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jamoat tartibiga tahdid qiluvchi choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) oʻzga Ahdlashuvchi Davlat har bir muayyan holatda oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq uning ixtiyorida boʻlgan undirishga yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa ham yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) koʻmaklashayotgan Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat ega boʻlishi mumkin boʻlgan ustunliklarga yaqqol nomutanosib boʻlsa ham yordam koʻrsatish.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim quyidagi tahrirdagi 27-1 modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27-1 modda
Imtiyozlarning cheklanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Davlat uchun soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish boʻyicha ichki qonunchiligini qoʻllashga toʻsqinlik sifatida talqin qilinmasligi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim kuyidagi tahrirdagi 28-1 modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“28-1 modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Davlatlar oʻzaro kelishuvga asosan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin boʻlib, ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Bitimning 29-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bayonnoma uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining bajarilgani toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bayonnoma quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Bayonnoma kuchga kiradigan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin toʻlanadigan yoki hisoblangan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa soliqlarga nisbatan — ushbu Bayonnoma kuchga kiradigan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyin boshlanadigan soliq solinadigan davrlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni tasdiqlab, lozim darajada vakolatga ega boʻlgan quyida imzo chekuvchilar Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan mazkur Bayonnomani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ostona shahrida 2017-yil 23-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)