01.11.2018 yildagi 895-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent viloyatining “Ohangaron” va Maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi hayoti darajasi va sifatini oshirish, chiqindilarning atrof muhitga va aholi sog‘lig‘iga salbiy ta’sirini pasaytirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida zamonaviy innovatsion yechimlar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) o‘rtasida “Toshkent viloyatining “Ohangaron” va Maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish to‘g‘risida 2018-yil 14-sentabrda tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Investitsiya shartnomasiga muvofiq “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hududida xorijiy kapital 100 foiz bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida xorijiy korxona (keyingi o‘rinlarda xorijiy korxona deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2020-yillar mobaynida 55,0 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining “Ohangaron” (Ohangaron tumani) va “Maydontol” (Parkent tumani) maishiy chiqindilar poligonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt (har birining quvvati 1 560 kVt bo‘lgan 10 ta qurilma va har birining quvvati 500 kVt bo‘lgan 2 ta qurilma) bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 12 ta yangi zamonaviy generatorlar va yordamchi uskunalar o‘rnatish bo‘yicha majburiyatlar olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xorijiy korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar 2021-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy korxonaga 2020-yil 1-yanvargacha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekenergo” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” DI bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uzatish uchun elektr tarmoqlariga ulanish yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqilishi va xorijiy korxonaga berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasi doirasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi ulanishning maqbul shoxobchalari orqali elektr tarmoqlariga ulanishini, shuningdek, investitsiya shartnomasiga muvofiq elektr energiyasini xarid qilish yuzasidan xorijiy korxona bilan tegishli bitim tuzilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda energiyaning muqobil manbalaridan yagona elektroenergetika tizimiga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy korxonaning buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy korxonaning buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijiy korxonaning buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy loyihani amalga oshirishda qatnashadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
895-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/895/2147-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)