Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1140-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-sentabr,
30/15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1140, 2002-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 10-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/10-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1140-1, 2010-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 24-25-son, 202-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 24-oktabrdagi 37/8-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1140-2, 2014-yil 25-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil, 48-son, 576-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/6-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1140-3, 2016-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil, 2-son, 18-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/10-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1140-4, 2017-yil 26-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-yil, 10/17/1140-4/0012-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/1140-5/2115-son)