O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 25-son, 550-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom 7-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga lavozim maoshiga quyidagi qo‘shimchalar va ustamalar to‘lanadi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-oktabr,
869-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/869/2107-son)