Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.03.1992 yildagi 130-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.03.1992 yildagi 130-son
Kuchga kirish sanasi
14.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YURIDIK TAʼLIMNI QAYTA QURISHNING KECHIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yuridik taʼlim darajasini oshirish, xalq xoʻjaligini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, huquqni muhofaza qilish organlarini huquqiy davlatni shakllantirishda faol ishtirok etishga, fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qodir boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar-huquqshunoslar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublikaning yurist kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, 1992/93-oʻquv yillarida oʻquv yurtlariga qabul qilish rejasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent yuridik texnikumini Toshkent yuridik kolledjiga aylantirish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda kolledj toʻgʻrisidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mutaxassisliklar roʻyxatini aniqlasin hamda belgilangan tartibda uning oʻquv-moddiy bazasini rivojlantirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 1992-yildan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi ayrim mavjud maktab-internatlarda oʻrganilayotgan ixtisoslashuv bilan bir qatorda taʼlimning yuridik ixtisosini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta umumiy taʼlim maktablarining yuqori sinflarida oʻquvchilarning Sovet huquqi asoslari bilan bir qatorda xorijiy davlatlarning konstitutsiyalari va boshqalarni oʻrganishini nazarda tutuvchi “huquqshunoslik” fakultativ oʻquv fanini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda, darslik va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi respublika yuristlar uyushmasi bilan birgalikda va chet el ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oliy va oʻrta yuridik oʻquv yurtlari, yuridik fakultetlar, dorilfununlarning boʻlinmalari oʻquv rejalari va dasturlarini qayta ishlab chiqsinlar, bunda, xususan, hozirgi zamon sharoitida huquqshunos mutaxassislarni shakllantirishda asos boʻluvchi fanlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqsinlar va mana shu asosda ularning umuminsoniy va axloqiy-etik tayyorgarliklarini tubdan qayta qurishni taʼminlasinlar. Talabalarning falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ruhiyatshunoslikning muhim muammolarini, chet tillarni, davlat va huquq nazariyasi va tarixini, siyosiy huquqshunoslikni va hozirgi zamon huquq tizimlarini, davlat, maʼmuriy, fuqarolik huquqlarini, xalqaro huquq va uning asosiy sohalarini, tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishni, menedjment va marketingni, huquqiy axborot va kibernetikani, huquqning huquqshunos mutaxassislar tayyorlashning hozirgi zamon jahon darajasini belgilovchi va zamonaviy huquqiy tafakkurni shakllantirishning asosida turuvchi moliya, soliq, ekologiya va boshqa jadal rivojlanayotgan sohalarini oʻrganishlariga eʼtibor kuchaytirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oliy va oʻrta yuridik oʻquv yurtlari talabalari, oʻquvchilarining oʻquv va ishlab chiqarish tajribasi, yosh mutaxassislarning diplom yoqlagandan keyin stajirovkadan oʻtishlari tartibi va mazmunini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yurist kadrlarga boʻlgan ehtiyojni yanada yaxshiroq aniqlash va ularning bilim va tajribalaridan unumliroq foydalanish, bozorga oʻtish sharoitida yuridik taʼlimni rivojlantirish masalalarini ilmiy asosda hal etish, yuridik kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda davlat boshqaruvi mahalliy organlari va yuridik oʻquv yurtlarining huquqlarini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1992-yilda respublika davlat boshqaruv organlarida, huquqni muhofaza qilish organlarida va xalq xoʻjaligidagi oliy va oʻrta yuridik maʼlumotga ega boʻlishni talab etadigan, shuningdek, vazifasi mutaxassislik maʼlumoti bilan birga yuridik tayyorgarlikka ham ega boʻlishni taqozo etadigan lavozimlar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yilda davlat boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, xalq xoʻjaligidagi huquqiy xizmatlarning kelajakda va joriy yilda yuristlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashning normativ-uslubiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi respublika statistika ishlari (davlat buyurtmasi) rejasida Adliya vazirligi bilan birgalikda yuridik kadrlarga boʻlgan talabni ilmiy asosda rejalashtirish va ulardan oqilona foydalanish uchun respublikadagi oliy va oʻrta yuridik maʼlumotli mutaxassislarning soni va harakati, ularning ixtisoslashtirilishi, faoliyat sohalari boʻyicha taqsimlanishi, ijtimoiy-demografik va boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida toʻla axborot berishga imkon beruvchi statistik hisobotni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik oʻquv yurtlarini ilmiy-pedagogik kadrlar bilan taʼminlashning vujudga kelgan tizimini tubdan qayta qurishni amalga oshirish zarur deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy yuridik oʻquv yurtlarini ilmiy-pedagogik kadrlar bilan mustahkamlab, ular sonini normativlar bilan belgilangan miqdorga muvofiq keltirish uchun kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuristlar tayyorlovchi, eng avvalo, xalq xoʻjaligi uchun yuristlar tayyorlovchi, oliy oʻquv yurtlariga professor-oʻqituvchilar tarkibining belgilangan normativlardan tashqari sonini shartnomalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash qiymatiga tegishli xarajatlarni qoʻshib aniqlash huquqini bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqituvchilarni koʻproq shartnoma asosida, shu jumladan, chet ellardan ham valyutasiz almashtirish boʻyicha, ham yuristlar tayyorlash uchun, korxona, muassasa va tashkilotlardan tushadigan valyutalar hisobiga taklif etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdagi yuridik oʻquv yurtlariga, oʻzaro manfaatli asosda yosh oʻqituvchilarni va aspirantlarni, shuningdek, internaturada taʼlim olayotgan shaxslarni va pedagoglik faoliyatiga moyilligi boʻlgan yaxshiroq tayyorgarlik koʻrgan yuqori kurs talabalarini shogirdlikka (stajirovkaga) joʻnatish tajribasini joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Fanlar akademiyasi aspirantura va doktoranturada davlat, fuqarolik va moliya huquqi, tabiat muhofazasi, siyosiy huquqshunoslik, huquqiy axborot, xalqaro xususiy huquq, bozor munosabatlarini, tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish sohasidagi, shuningdek, huquqshunoslik fanining boshqa muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-pedagogik kadrlarni nisbatan ilgariroq tayyorlashni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik oliy oʻquv yurtlarining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq instituti bilan aloqalarini kuchaytirish choralarini koʻrsin, shu jumladan, vaqtinchalik ilmiy jamoalar tuzib, unga ilmiy, pedagogik va tajribali xodimlarni, aspirantlar va talabalarni jalb etib, oʻquv jarayonida olingan natijalardan tezkorlik bilan foydalanishni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik fanini rivojlantirish uchun muhim tadqiqotlarga ajratiladigan mablagʻlarni koʻpaytirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsinlar va hal qilsinlar, ilmiy ishlar rejalarini huquqshunoslikning muhim muammolarini tizimli tadqiq qilishda yuridik fanning orqada qolayotganini bartaraf etish zarurligidan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik taʼlimni takomillashtirishni moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlash maqsadida 1992-yilning oxirigacha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik oʻquv yurtlarini kriminalistika, hisoblash va boshqa xil texnika turlari, oʻqitishning texnik vositalari bilan qurollantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, kodekslar, qonunchilik aktlari toʻplamlari, qonunchilik boʻyicha sharhlar va boshqa normativ maʼlumotnoma adabiyotlari chop etishni koʻpaytirish, “Oʻzbekiston” nashriyoti mavzularida “Davlat va huquq” boʻlimini ajratib koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuridik adabiyotlar” doʻkonini ochish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130-son