22.10.2018 yildagi 848-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish boʻyicha kadrlarni, tashkilotchilarni tayyorlash, taʼlim jarayoniga tegishli fanlar (mashgʻulotlar)ni joriy etish, pedagoglar va ota-onalarda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish koʻnikmalarini hosil qilishga doir kompleks dasturni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari, eng avvalo, yoshlar, ota-onalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
848-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish uchun axborot mahsulotini yoshga oid tasniflashda yoshga oid tasniflash mezonlari va axborot mahsuloti ekspertizasini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni oʻz ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan axborot mahsulotining aylanishi sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, oʻquv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan oʻquv nashrlari, tarkibida normativ-huquqiy hujjatlar boʻlgan nashrlar, atrof-muhit holati yoki davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot, uyali aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalardan keladigan sms-xabarlar ham ushbu Nizomning qoʻllanish sohasiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqiqlangan axborot mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallanmagan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotining aylanishi — axborot mahsulotini taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna boʻyicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan, efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi — axborot mahsulotini uning mavzusini, janrini, mazmunini va badiiy bezagini, muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotni qabul qilish xususiyatlarini, uning tarkibidagi axborotning bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimolini inobatga olgan holda, bolalarning yosh toifalari boʻyicha taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi — axborot mahsulotining yoshga oid toifasining grafik va (yoki) matnli belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning sogʻligʻi — bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sogʻlomlik holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomosha tadbiri — bolalarning kirishi uchun ochiq boʻlgan hamda oilaning odatdagi davrasiga mansub boʻlmagan shaxslar koʻplab hozir boʻlgan joyda axborot mahsulotini namoyish etish, jumladan, teatr-sahnalashtirish, madaniy-maʼrifiy va tomosha-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning axborot xavfsizligi — bolalarning jismoniy, ruhiy, maʼnaviy hamda axloqiy rivojlanishiga axborot orqali zarar yetkazilish xavfidan xoli, himoyalanganlik holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot — bolalar oʻrtasida tarqatilishi Qonunga muvofiq ravishda taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborot — badiiy qimmatga ega boʻlmagan va ilmiy, tibbiy yoki oʻquv maqsadlari uchun moʻljallanmagan, odam jinsiy aʼzolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda, xususan, gʻayritabiiy usulda sodir etilayotgan yoki shunga oʻxshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video yoki boshqa tasvirini oʻz ichiga olgan materiallar va buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning kirishi uchun ochiq boʻlgan joylar — bolalarning kirishi va (yoki) boʻlishi taqiqlanmagan jamoat joylari, shu jumladan, bolalarning ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va (yoki) axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan axborot mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati boʻlgan jamoat joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naturalistik tasvirlar yoki tavsiflar — inson, hayvon, inson va (yoki) hayvon tanasining alohida qismlari, harakatlar (harakatsizlik), shuningdek, hodisalar va ularning oqibatlarini eʼtiborni mayda jihatlar, anatomik tafsilotlar va (yoki) fiziologik jarayonlarga qaratgan holda har qanday shaklda va har qanday vositalardan foydalangan holda tasvirlash yoki tavsiflash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert — axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va ekspert xulosasini berish yoki axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligida (keyingi oʻrinlarda OʻzMAA deb ataladi) akkreditatsiyadan oʻtgan shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash mezonlari va uni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “0+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “7+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikki yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “12+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “16+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “18+” yozuvini aks ettirishi kerak).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undagi axborotning bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muayyan yosh toifalaridagi bolalar oʻrtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsulotlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotadigan, jumladan, kuch ishlatilmagan oʻlimni, kasallikni, oʻz joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli soʻzlar va iboralarni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“0+”) bolalarning sogʻligʻi va rivojlanishiga zarar yetkazmaydigan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti (shu jumladan, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda, ezgulik yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi hamda zoʻravonlik qurboniga nisbatan rahm-shafqat ifoda etilishi va (yoki) zoʻravonlik qoralanishi sharti bilan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) epizodik, naturalistik boʻlmagan tasviri yoki bayonini oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti, boshqa yoshga oid toifaga kirmaydigan axborot mahsuloti kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“7+”) yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (“0+”), shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam kasalliklari (ogʻir kasalliklar bundan mustasno) va (yoki) ular oqibatlarining inson qadr-qimmatini kamsitmaydigan shakldagi qisqa muddatli va naturalistik boʻlmagan tasvirlari yoki bayonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisa, avariya, falokat yoxud kuch ishlatilmagan oʻlimning ularning bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotishi mumkin boʻlgan oqibatlari namoyish etilmagan, naturalistik boʻlmagan tasviri yoki bayonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar va (yoki) jinoyat sodir etishga undamaydigan, ularni sodir etishga yoʻl qoʻyish mumkinligi asoslanmasligi va oqlanmasligi hamda ularni sodir etayotgan shaxslarga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan shunday xatti-harakatlar va (yoki) jinoyatlarning epizodik tasviri yoki bayonini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻn ikki yoshga toʻlgan (“12+”) bolalar uchun axborot mahsulotiga “0+” va “7+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shafqatsizlik va (yoki) zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zoʻravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadigan zoʻravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni natural koʻrsatilmagan epizodik tasviri yoki bayonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar sodir etishga (jumladan, alkogol va tarkibida spirt boʻlgan mahsulotlar, pivo va uning asosida tayyorlanadigan ichimliklarni isteʼmol qilishga, qimor oʻyinlarida ishtirok etishga, daydilik va tilanchilik bilan shugʻullanishga) undamaydigan tasvirni yoki bayonni, narkotik vositalar, psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar, tamaki mahsulotlari jamiyatga qarshi xatti-harakatlarni sodir etishga yoʻl qoʻyishi mumkinligi va ular qoʻllab-quvvatlanmasligi va oqlanmasligi, ularga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi hamda yuqoridagi mahsulotlar, vositalar, moddalar va buyumlarni isteʼmol qilish xavfli ekaniga koʻrsatma berilishi sharti bilan epizodik ravishda tilga olingan (namoyish qilinmagan) axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar (“16+”) uchun axborot mahsulotiga “0+”, “7+”, “12+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisa, avariya, falokat, kasallik, oʻlimning bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotishi mumkin boʻlgan oqibatlari naturalistik ravishda namoyish etilmagan tasviri yoki bayonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shafqatsizlik va (yoki) zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zoʻravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadigan zoʻravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni naturalistik ravishda koʻrsatilmagan tasviri yoki bayonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotik vositalar yoki psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar toʻgʻrisidagi (ularni koʻrsatmasdan), ularni isteʼmol qilishning xavfli oqibatlari toʻgʻrisidagi bunday vositalar yoki moddalarni isteʼmol qilishga salbiy yoki qoralovchi munosabat ifoda etilishi yoki ularni isteʼmol qilish xavfli ekani toʻgʻrisida ogohlantirish mavjud boʻlishi sharti bilan shunday holatlarni namoyish etuvchi axborotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan alohida haqorat soʻzlar va (yoki) iboralarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsiy munosabatlarning jinsiy aloqaga nisbatan boʻlgan qiziqishdan foydalanmaydigan hamda qoʻzgʻatuvchi yoki haqoratlovchi tusga ega boʻlmagan epizodik naturalistik boʻlmagan tasvir yoki bayonini (jinsiy tusdagi xatti-harakatlarning tasviri yoki bayoni bundan mustasno) oʻz ichiga oluvchi axborot mahsulotlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bolalar oʻrtasida tarqatish taqiqlangan (“18+”) axborot mahsulotiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, jumladan, oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazishga, oʻz joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targʻib qilishga undaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilish, qimor oʻyinlari, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishabozlik, daydilik, tilanchilik yoki gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning boshqa shakllari bilan shugʻullanish istagini paydo qiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zoʻravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zoʻravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targʻib qiladigan, shuningdek, ota-onasiga va oilaning boshqa aʼzolariga, tevarak-atrofdagilarga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda buzgʻunchilik gʻoyalarini targʻib etishga daʼvat qiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyatli soʻzlarni oʻz ichiga olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar toʻgʻrisidagi, jumladan, bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto va videotasvirlari, bunday bolaning tugʻilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, oʻqish yoki ish joyi toʻgʻrisidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshga oid toifa belgisi notoʻgʻri tayinlangan axborot mahsuloti yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar ushbu Nizomda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash ekspert yoki ekspertlarni jalb etgan holda bajarilganda, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bogʻliq xizmatlar uchun haq toʻlash va xarajatlar ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish (markalash)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu mahsulotga axborot mahsuloti yoshga oid toifasining tegishli belgisini joylashtirish (markalash) uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Axborot mahsulotini markalash uning ishlab chiqaruvchisi va (yoki) tarqatuvchisi tomonidan unga axborot mahsulotining tegishli yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7 yoshgacha” — aylana ichidagi “0+” belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7 yoshdan” — aylana ichidagi “7+” belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12 yoshdan” — aylana ichidagi “12+” belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16 yoshdan” — aylana ichidagi “16+” belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18 yoshdan” — aylana ichidagi “18+” belgisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Axborot mahsulotining toifasi Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi hamda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan texnik reglamentlarga rioya etgan holda joylashtiriladigan yoshga oid toifa belgisi bilan ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yoshga oid toifasi turli boʻlgan bir necha qismdan iborat axborot mahsuloti tarqatilayotganda u eng katta yoshga oid toifaga mos toifa belgisi bilan markalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi oʻz oʻlchamiga koʻra quyidagilar maydonining kamida besh foizini egallashi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr-tomosha, madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar tomosha, kino va videonamoyish yoki boshqa tomosha tadbiri afishasi yoki repertuar eʼloni, shuningdek, kirish chiptasi, taklifnoma va tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
audiovizual asar, kompyuter yoki boshqa elektron oʻyin, kompyuter dasturi yoki maʼlumotlar bazasining har bir nusxa manbai (jumladan, kompakt disk yoki boshqa elektron manbai)ning korpusi va (yoki) qadogʻi (boks, quti). Kompyuter va boshqa elektron oʻyinlardagi belgi yoshga oid toifa toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari uyat soʻzlar mavjudligi, oʻyinga qaramlik vujudga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi axborot resurslarida axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi axborot resursining barcha sahifalarida joylashtiriladi. Yoshga oid toifa belgisi umumiy manzaradan ajralib turishi va oʻqish uchun qulay boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tomosha tadbirining namoyish qilinishi boshlanguniga qadar axborot mahsuloti tegishli belgi bilan belgilanadi. Yoshi turlicha boʻlgan bolalarga moʻljallangan bir necha turdagi axborot mahsuloti namoyish qilinayotganda u eng katta yoshga oid toifa belgisi bilan markalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu belgi afishalarda hamda tomosha tadbiri oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi boshqa eʼlonlarda, shuningdek, kirish chiptalari, taklifnomalar va ushbu tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davriy va nodavriy bosma nashrlarda axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi nashrning birinchi sahifasi va (yoki) titul varagʻiga joylashtiriladi, u koʻz ilgʻashi uchun qulay boʻlishi hamda uning oʻlchami mahsulotning nomida ishlatilgan shrift oʻlchamiga mos boʻlgan shriftda ishlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Televideniye va radioda uzatishga, shuningdek, chakana savdo, ijara yoki prokat uchun moʻljallangan audio va audiovizual mahsulotning yoshga oid toifasi belgisi tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlarda eʼlon qilinadigan, shuningdek, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar dasturlarida, shuningdek, axborot mahsulotining assortiment roʻyxatlari va kataloglarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotini tarqatuvchilar uning televideniye va radio orqali, kino va videoxizmat koʻrsatish davomida har bir namoyishi boshlanishidan avval, shuningdek, kompyuter yoki axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi elektron oʻyinlar har safar ishga tushirilganda (yuklanganda) maxsus kadr (sahifada) uning yoshga oid toifa belgisi hamda yoshga oid cheklovlar toʻgʻrisida ovoz (tovush signali) hamrohligida matnli ogohlantirish joylashtirilishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Audiovizual asar uchun yoshga oid toifa belgisi uning namoyishi boshlanganidan soʻng hamda har bir reklama tanaffusidan soʻng ekranning burchagida kamida 8 soniya davomida namoyish qilinadi, filmning kinozalda ochiq namoyishi bundan mustasno. Ushbu belgining oʻlchami ekran (kadr) maydonining kamida besh foizini tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar audiovizual asarning davomiyligi 8 soniya yoki undan kam boʻlsa, yoshga oid toifa belgisi butun namoyish davomida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bolalar uchun taqiqlangan bosma asar(nashr)larda axborot mahsulotining belgisi nashr muqovasining old tarafida joylashtirilishi shart. Oʻlchamiga koʻra belgi muqovada ishlatilgan shrift oʻlchamiga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosma nashrning elektron versiyalari, elektron va audio kitoblar nashrning bosma versiyasida koʻrsatilgan belgining ayni oʻzi bilan markalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Axborot mahsulotining ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Axborot mahsulotining unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash boʻyicha ekspertiza Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi qaroriga koʻra ekspert yoki ekspertlar tomonidan ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ekspertiza uchun ekspert yoki ekspertlar OʻzMAA tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborot mahsulotining turidan kelib chiqib, tasodifiy tanlab olish usuli asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Axborot mahsulotining ekspertizasi bir xil mutaxassislikka (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli mutaxassislikka (kompleks ekspertiza) ega ikki va undan ortiq ekspert tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar OʻzMAA tomonidan belgilangan tartibda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Manfaatdor shaxslarning akkreditatsiya qilingan ekspertlar reyestridagi maʼlumotlardan foydalanishi OʻzMAAning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ekspertlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi, shuningdek, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga va axborot mahsulotining unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun ekspertizasini oʻtkazishga jalb etiladigan ekspertlar reyestrini yuritish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror OʻzMAA tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida murojaat kelib tushganidan keyin koʻpi bilan besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Axborot mahsulotining ekspertizasini oʻtkazish muddati axborotning hajmiga bogʻliq boʻladi, biroq murojaat kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Axborot mahsulotining ekspertizasi tugagach, ekspertlar axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida OʻzMAAga uch kun ichida ekspert xulosalarini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ekspert xulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotining ekspertizasi oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlik tashkiloti va ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi, ish joyi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert, ekspertlar oldiga qoʻyilgan savollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan tadqiqot obyekti va materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllangan usullarni koʻrsatgan holda tadqiqotning mazmuni va natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert, ekspertlar oldiga qoʻyilgan savollarga asoslantirilgan javoblar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi, axborot mahsuloti belgisiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida xulosa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Komissiyaviy ekspertizada ekspertlar qoʻyilgan masalalar boʻyicha yakdil fikr bildirsalar, ekspert xulosasi shu ekspertizaning oʻtkazilishida ishtirok etgan barcha ekspertlar tomonidan imzolanadi. Ziddiyatlar vujudga kelganda har bir ekspert ziddiyat kelib chiqishiga sabab boʻlgan masalalar boʻyicha alohida ekspert xulosasini beradi. Kompleks ekspertizaning oʻtkazilishida ishtirok etgan har bir ekspert ekspert xulosasining u oʻtkazgan tadqiqotlar bayon etilgan qismini imzolaydi va shu qism uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. OʻzMAA ekspert xulosasini olgandan soʻng uch kun ichida uni murojaat egasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ekspert xulosasi mavjud boʻlgan axborot mahsulotining aylanish sohasi oʻzgargan taqdirda ushbu axborot mahsuloti uchun boshqa ekspert xulosasini olish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida ekspertiza jarayonida mazmunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatuvchi maʼlumotlar, shuningdek, fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmatini tahqirlovchi, ularning shaxsiy hayotlariga aralashuvchi axborotlarni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pornografiyani targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy va oʻzga javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni keltirib chiqaruvchi materiallar aniqlanganda, ekspert (ekspertlar) zudlik bilan OʻzMAAni, Internet tarmogʻidagi mazkur axborot resurs(lari)ining identifikatsion maʼlumotlarini taqdim etgan holda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻzMAA ekspert(lar)dan ushbu Nizomning 37-bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarni olgandan soʻng, Internet tarmogʻining identifakatsiya qilingan axborot resursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va mazkur resurslarga kirishni cheklash uchun vakolatli organga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yoshga oid tasnifning va axborot mahsuloti ekspertizasining huquqiy oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Axborot mahsulotining muayyan yosh toifasi belgisiga mosligi uchun javobgarlik axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirgan, shuningdek, yosh toifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazgan ekspertlar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ekspert xulosasiga muvofiq OʻzMAA tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilishga oid qonun hujjatlari talablari buzilganligi hollarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati OʻzMAA, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qonunda va ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bermaydigan axborot bilan bolalarning hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotlarini ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda maxsus vakolatli davlat organi deb ataladi) tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilishning yagona tartibini, shuningdek, bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash uchun jalb etiladigan ekspertlar Reyestrini yuritish qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya — bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan ekspert maqomini olish uchun ariza beruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning qoʻyiladigan talablarga mosligini maxsus vakolatli davlat organi tomonidan rasman tasdiqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan ekspertlar reyestri (keyingi oʻrinlarda ekspertlar reyestri deb ataladi) — bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan ekspertlar toʻgʻrisidagi himoyalangan maʼlumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan akkreditatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (keyingi oʻrinlarda OʻzMAA deb ataladi) maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akkreditatsiyadan oʻtish maqsadida murojaat qiluvchi jismoniy shaxslar oliy maʼlumotga, maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yosh psixologiyasi, yosh fiziologiyasi, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akkreditatsiyadan oʻtish maqsadida murojaat qiluvchi yuridik shaxslar oʻz shtatlarida jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan kamida uch nafar mutaxassisga yoki ular bilan shartnomaviy munosabatlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiyadan oʻtish maqsadida murojaat qilgan yuridik shaxslar ushbu Nizom talablariga mos kelganda OʻzMAA ularga bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini ekspert tashkiloti sifatida (keyingi oʻrinlarda ekspert tashkiloti deb ataladi) yoshga oid tasniflash va ekspertizadan oʻtkazish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestatini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchilarni akkreditatsiya qilish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akkreditatsiya uchun arizachilar ushbu Nizomning 2 va 2a ilovalaridagi shakllar boʻyicha OʻzMAAga akkreditatsiya attestatini taqdim etish toʻgʻrisida ariza beradi. Ushbu ariza arizachi tomonidan (jismoniy shaxs) yoki yuridik shaxs nomidan ish yuritish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza elektron shaklda yuborilganda u elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizada ekspertiza qilinishi rejalashtirilayotgan axborot mahsulotining turlari hamda arizachining ekspertlik faoliyati sohalari (pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi, din, madaniyat va h.k.) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Arizaga arizachining ekspertlarga va ekspert tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga mosligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertning tegishli soha boʻyicha oliy maʼlumoti toʻgʻrisida diplomi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. OʻzMAA ariza bergan arizachilar boʻyicha vakolatli davlat hokimiyati organlaridan Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestri va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning yagona davlat reyestridan koʻchirmalarni soʻrab olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar OʻzMAAga arizachi tomonidan bevosita, pochta orqali joʻnatish yoʻli bilan yoki Internet tarmogʻidagi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” davlat axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) yoki OʻzMAAning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va uning qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan nusxasi arizachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar pochta orqali yoki YIDXP yoki OʻzMAAning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilganda arizachi hujjatlar qabul qilingani haqida elektron shaklda tegishli xabarnomani oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza ushbu Nizomda belgilangan talablarni buzgan holda rasmiylashtirilgan va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan boʻlsa, OʻzMAA ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilish mumkin emasligi va hujjatlarni qaytarish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma joʻnatadi (keyingi oʻrinlarda xabarnoma deb ataladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza va hujjatlar elektron shaklda taqdim etilganda arizachiga 5 ish kuni mobaynida xabarnoma elektron shaklda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Akkreditatsiya qilish uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish, akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, akkreditatsiyani toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish maqsadida OʻzMAA huzurida Ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya tarkibi OʻzMAA mansabdor shaxslaridan hamda boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy va boshqa tashkilotlarning jalb etiladigan mutaxassislaridan shakllantiriladi. Komissiya tarkibi OʻzMAA Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran 30 ish kunidan oshmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi hamda taqdim etilgan hujjatlar va suhbat natijalari asosida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kunidan oshmagan muddatda arizachiga akkreditatsiya toʻgʻrisida xabarnoma bevosita topshiriladi yoki buyurtma pochta bilan yuboriladi yoki ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha akkreditatsiya toʻgʻrisidagi attestat elektron koʻrinishda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Akkreditatsiya attestati OʻzMAA Bosh direktori yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va bu haqda ekspertlar reyestriga tegishli qayd kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya tomonidan akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, OʻzMAA bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni mobaynida arizachiga rad etishning sabablarini koʻrsatgan holda xabarnomani topshiradi yoxud uni pochta orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat natijalariga koʻra, shuningdek, ariza va (yoki) unga ilova qilingan hujjatlarda qasddan yolgʻon axborot koʻrsatilgan hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Arizachi akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akkreditatsiyaning amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi. Yangi muddatga akkreditatsiya qilish ekspertning arizasi asosida ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi hujjat yuridik shaxsning nomi, joylashgan manzili, shuningdek, jismoniy shaxs, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi (agar boʻlsa), yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Akkreditatsiyani qayta rasmiylashtirish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan ekspert va (yoki) uning huquqiy vorislari akkreditatsiyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, amaldagi akkreditatsiya attestatining aslini yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini OʻzMAAga taqdim etadi yoki topshirilganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda buyurtma pochta orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. OʻzMAA quyidagi hollarda akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti faoliyatida axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazishda qoidabuzarliklar aniqlanganda, shu jumladan, axborot mahsulotining yosh tasnifini belgilashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganda, axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazishning belgilangan muddatiga rioya etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert tashkilotining ekspertlari soni ushbu Nizomning 5-bandi talablariga javob bermaydigan darajada qisqartirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra akkreditatsiya attestatining amal qilishi olti oy muddatga toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qoidabuzarliklar aniqlangani munosabati bilan akkreditatsiyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan davr mobaynida OʻzMAAga qoidabuzarliklarning sabablari haqida maʼlumot, shuningdek, bundan buyon qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu maʼlumot belgilangan muddatda taqdim etilmaganda OʻzMAA akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomning 27-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq toʻxtatib turilgan akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkilotining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati uning amal qilishi toʻxtatib turilgan vaqtga uzaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan shaxsning yoki ekspert tashkilotining arizasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan jismoniy shaxs vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert tashkiloti sifatida akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 29-bandi talablari bajarilmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlik faoliyatini amalga oshirayotganda olingan hamda davlat, tijorat va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligi taʼminlanmaganda yoxud bunday maʼlumotlardan ular taqdim etilgan maqsaddan boshqa maqsadda foydalanilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza va (yoki) unga ilova qilingan hujjatlarda soxta yoki buzib koʻrsatilgan axborot taqdim etilgani aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan ekspert va ekspert tashkiloti ushbu Nizomga muvofiq qoʻyilgan talablarga mos emasligi aniqlanganda, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning shartlari surunkali buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, shuningdek, uni qayta kuchga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ekspertlar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ekspertlar reyestrini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. OʻzMAA Ekspertlar reyestrini yuritadi va unga quyidagi maʼlumotlarni kiritib boradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti ekspertizadan oʻtkazishga haqli axborot mahsulotining turi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya attestatining raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinishi uchun asoslar va ular qabul qilingan sanalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish uchun asos va bekor qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan ekspertizalar toʻgʻrisida maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ekspertlar reyestri begona odamlar kirishi taqiqlangan joylarda saqlanadigan va ishlatiladigan elektron manbalarda, axborotni yoʻq qilish, bloklash, oʻgʻirlash yoki oʻzgartirishning oldini oladigan shart-sharoitlarda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ekspertlar reyestriga tegishli qaydni kiritish uchun OʻzMAA tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan qaror asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ekspertlar reyestriga akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash va bekor qilish toʻgʻrisida qaydlarni kiritish qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Manfaatdor tomonlarning Ekspertlar reyestridagi maʼlumotlardan (ekspertlar tarkibi, ularning ism-shariflari, lavozimlari, unvonlari, elektron pochta manzillari) foydalanish imkoniyati OʻzMAAning rasmiy veb-sayti orqali taʼminlanadi. Komissiya faoliyati va komissiya aʼzolari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq cheklangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizom talablariga rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati OʻzMAA, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish sohasida ekspertlarni akkreditatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida

ARIZA

(jismoniy shaxslar uchun)‎‎

‎‎1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud boʻlsa) ______________________________________
_____________________________________________________________________
2. Yashash joyi manzili __________________________________________________________________
_____________________________________________________________________‎‎
‎‎3. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari _______________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎‎4. Telefon raqami______________________________________________________________________
‎‎5. Elektron pochta manzili _______________________________________________________________
‎‎6. Ekspertizadan oʻtkazilishi rejalashtiriladigan axborot mahsulotining turi ______________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎‎7. Oliy maʼlumotga egaligini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari ___________________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎‎8. Ish joyi ___________________________________________________________________________
‎‎9. Ish staji ___________________________________________________________________________
‎10. Qoʻshimcha taʼlimga egalik toʻgʻrisida maʼlumotlar __________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎‎11. Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati: _____________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________

_________
‎ Imzo ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida‎‎‎

ARIZA‎‎

‎‎(yuridik shaxslar uchun)

‎‎1. Toʻliq nomi__________________________________________________________________________
‎‎2. Qisqartirilgan nomi (agar mavjud boʻlsa) _________________________________________________
3. Tashkiliy-huquqiy shakli ______________________________________________________________‎‎
4. Joylashgan manzili ‎‎__________________________________________________________________
‎‎5. Telefon raqami ______________________________________________________________________
‎‎6. Elektron pochta manzili _______________________________________________________________
‎‎7. Oliy maʼlumot va maxsus bilimlarga ega ekspertizadan oʻtkazuvchi mutaxassislarining soni__________
‎‎_____________________________________________________________________
8. Mutaxassislarning oliy maʼlumotga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar rekvizitlari _______________
‎‎_____________________________________________________________________
‎‎9. Mutaxassislarning ish staji ___________________________________________________________
‎‎10. Mutaxassislarning qoʻshimcha taʼlim olganliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar _______________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎11. Ekspertizadan oʻtkazilishi rejalashtirilgan axborot mahsulotining turi________________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎‎Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati: ________________________________________________________

_____________
‎Yuridik shaxs
‎rahbarining imzosi ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

‎‎_____________________________________________________________________

‎‎(akkreditatsiya qiluvchi organning nomi)

‎‎Ekspertning bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus davlat organi — Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligida akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida

‎‎ATTESTAT

‎‎№ ____________
‎‎_____________________________________________________________________

‎(akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkilotining F.I.O.)

‎‎_____________________________________________________________________

(akkreditatsiya qilingan ekspert (ekspert tashkiloti) axborot mahsulotining turi)

Berilgan sanasi ____________________
‎‎Amal qilish muddati ____________
Akkreditatsiya qilgan organning rahbari _____________________________________________________‎‎

MOʻ‎

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki bolalarning yoshga oid toifalari boʻyicha tasniflangan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining aylanishida maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda markalanmagan axborot mahsuloti — axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsuloti atamasi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aloqa xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Internet tarmogʻi orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadigan aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi aloqa operatorlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarining ijro etilishi uchun tegishli shartnomalarda mustahkamlab qoʻyilgan darajada javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlagan holda axborot mahsulotining aylanishiga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Axborot mahsulotining aylanishiga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoat joylarida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning bolalarni bunday axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalarini qoʻllamasdan aylanishiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tomosha tadbiri orqali bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining namoyishidan avval bevosita tomosha tadbiri boshlanishidan avval tegishli yoshga oid toifalardagi bolalarning unda boʻlishiga ruxsat etilmasligi yoki cheklangani haqida tovushli ogohlantirish eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bolalarning ularning yoshga oid toifasiga mos kelmaydigan axborot mahsuloti namoyish etiladigan tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilardan tashqari holatlarda markalanmagan axborot mahsulotining aylanishiga ruxsat etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiqtaʼlim jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan yoki ruxsat etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldindan yozib olinmasdan efirga uzatiladigan teledasturlar, telekoʻrsatuvlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-siyosiy yoki ishlab chiqarish-amaliy tusdagi axborotni tarqatishga ixtisoslashgan davriy bosma nashrlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmogʻi resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda tarqatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Axborot mahsuloti aylanishining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlash maqsadida Internet jahon tarmogʻidan foydalanishda axborot quyidagicha tarqatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida — himoya dasturlarining toʻplamidan foydalangan, shuningdek, “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulangan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan, shuningdek, audiovizual mahsulot, shu jumladan, oʻyinlardan foydalanishning har bir texnik vositasida (shaxsiy kompyuter, oʻyin qurilmasi, 3D koʻzoynak va boshqalar) axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini koʻrsatgan holda. Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish punktlarining egalari oʻz foydalanuvchilariga yoshga oid toifaga mos kelmaydigan axborotdan va taqiqlangan axborot mahsulotidan foydalanishga imkoniyat bergani uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarida, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish imkoniyati taʼminlanadigan va (yoki) boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatiladigan joylarda koʻrsatuvlarni translyatsiya qilishda bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlashning axborot-dasturiy va texnik vositalarini qoʻllash hamda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (keyingi oʻrinlarda OʻzMAA deb ataladi) tomonidan belgilanadigan boshqa talablarga rioya qilish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻi axborot resurslarining egalari axborot mahsulotining uni tarqatish shaklidan qatʼi nazar, yoshga oid tasnifi toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi belgisi Internet tarmogʻi axborot resursining u yoki bu axborot materialini koʻrish mumkin boʻlgan sahifasida joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyati bolalarning boʻlishi ruxsat etilgan joylarda Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taʼminlayotgan shaxs tomonidan bolalarni himoya qilishning maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlari, dasturiy-apparat vositalaridan qoʻllanish sharti bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Teleradiouzatuvchilar bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotining tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Agar bunday teleradiodasturlar efirga kodlanmagan shaklda (analog formatda) uzatilayotgan boʻlsa, ulardan avval tovushli ogohlantirish eshittirilishi hamda koʻrsatuv avvalida kamida 8 soniya davomida vizual (tovushli) belgi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarning boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari avvaldan oʻrnatilgan himoya dasturlari toʻplamiga ega teleradiouzatish tizimlariga ulanish boʻyicha chora koʻrishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti tele va radiouzatish orqali soat 6 dan 22 gacha tarqatilishi taqiqlanadi, foydalanish yoki tinglash uchun faqat pulli asosda, dekodlash texnik vositalarini qoʻllagan holda taqdim etiladigan tele va radiodasturlar, koʻrsatuvlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Gazetalar, shaxslarning keng doirasi uchun, shu jumladan, bolalarning boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bosma va boshqa matbaa mahsulotining birinchi va oxirgi sahifasida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining bosma mahsulot koʻrinishida bolalar boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda mahkam berkitilgan oʻramda tarqatilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni ular uchun moʻljallangan taʼlim muassasalarida, tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, madaniyat, bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish joylarida yoki ushbu tashkilotlar chegarasidan kamida 500 metr masofada tarqatilishiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kutubxonalar, axborot-resurs markazlari foydalanuvchisi bolalar boʻlgan axborotni tarqatishda axborot tarqatuvchilari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotining Qonun talablariga muvofiqberilishi hamda axborot mahsuloti belgisining katalogda aks ettirilishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar foydalanishiga ruxsat etilgan kompyuterlarda himoya dasturlarini oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari oʻtkazayotgan tomosha, madaniy-ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida eʼlonlar, afishalar, axborot materiallarining markalanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlashga doir, shu jumladan, kutubxonadan foydalanuvchilarga internet-resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishda maʼmuriy, tashkiliy, texnik va dasturiy-apparat vositalarining qoʻllanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlarining xodimlari va foydalanuvchilarini Qonun bilan keng tanishtirish boʻyicha seminarlar, yigʻilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Internet tarmogʻi va uyali radiotelefon aloqasi tarmoqlari xizmatlari provayderlari, Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish joylarining egalari va maʼmurlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar koʻrishlari, texnik, dasturiy-apparat vositalaridan foydalanishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmogʻi resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda tarqatuvchilar bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 16-17-moddalari hamda Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq axborot mahsulotiga belgi berish va uni joylashtirish va (yoki) axborot mahsuloti toʻgʻrisida matnli ogohlantirishni joylashtirishning tartib-tamoyillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ommaviy namoyishda, ommaviy ijroda, tomosha tadbiri orqali bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotini namoyish qilishda, agar ular tashkil etilsa va (yoki) oʻtkazilsa, hozir boʻlishining shart-sharoitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 19-moddasiga va Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ravishda efir va kabel, tele va radiouzatish, Internet tarmogʻi va harakatchan radiotelefon aloqa tarmoqlari orqali, bolalar boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti va uning qismlarining aylanishiga doir qoʻshimcha talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanayotgan joylarda boʻlgan shaxslarning bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash va bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardorligini oshirishga qaratilgan bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish chora-tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat majburiyatlariga bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini tashkil etish va amalga oshirish kiradigan xodimlarni bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish talablari bilan, ushbu sohaga aloqador qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanishining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash uchun hamda ularni qoʻllash tartibini tekshirish uchun masʼul xodimni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qoʻllanilayotgan maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar 15-bandining “a” kichik bandiga asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazoratni amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligi buzilgani, shu jumladan, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qoʻllanilayotgan maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq emasligi, shuningdek, bolalar ular oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi toʻgʻrisida ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish va bunday ariza va shikoyatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida asoslangan javob yoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ular oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi toʻgʻrisida kelib tushgan ariza va shikoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma kirishi uchun ochiq binolar va joylarda ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish hamda ular haqidagi maʼlumotlarni turli vositalar orqali aholiga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi va (yoki) tarqatuvchining Internet tarmogʻidagi rasmiy saytida ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari, ommaviy axborot vositalarining (keyingi oʻrinlarda OAV deb ataladi) majburiyatlarini belgilash bilan bogʻliqtadbirlar, targʻibot va taʼlim (mediataʼlim) tadbirlarini oʻtkazish, OAV uchun etika standartlarini joriy qilish va ularga rioya etish, OAVni bolalarning ijtimoiy, intellektual va madaniy jihatdan har tomonlama va barkamol rivojlanishiga xizmat qiladigan axborot va materiallarni tarqatishga ragʻbatlantirish va hokazo.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning dasturiy-apparat va texnik vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning Internet tarmogʻi, tele va radiouzatish, mobil aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qoʻllanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi saytlarda joylashtirilgan bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanishni cheklash vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan hamda tele va radiouzatish, mobil aloqa vositalari orqali tarqatiladigan axborot mahsulotidan foydalanishni cheklovchi dekodlaydigan texnik vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishni bloklash vositalari, foydalanishni cheklash vositalari, kontentni filtrlash vositalari, foydalanishni nazorat qilish vositalari, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlaydigan boshqa dasturiy va texnik vositalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet, televideniye va radioeshittirishlar, uyali aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanishni cheklash shartlari litsenziya shartnomalarida va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish shartlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning tomosha tadbirlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qoʻllanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga tovushli yoki matnli tarzda yoshga oid cheklovlar toʻgʻrisida xabardor qilish vositalari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ushbu Nizomni amalga oshirishning huquqiy oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qonunni, shuningdek, ushbu Nizom talablarini amalga oshirish axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini, axborot mahsulotining aylanishini yoxud uning aholi, shu jumladan, bolalar kirishi uchun ochiqboʻlgan joylarda namoyishini amalga oshirgan subyektlar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oilalarda qonunchilik talablarini amalga oshirish, shuningdek, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir dasturiy-apparat va texnik vositalarni qoʻllash ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ekspert xulosasiga muvofiq OʻzMAA tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilsa, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati OʻzMAA, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek, ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/848/2083-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)