Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998 20.03.1996 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998
Hujjat 03.09.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli va notarif tartibga solish tizimini yanada samarali tashkil etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1996-yil 1-apreldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import boj poshlinalari stavkalari 2-ilovaga muvofiq joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati bilan tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari boʻyicha yetkazib berilayotgan tovarlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan davlatlardan keltirilayotgan tovarlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga keltirilayotgan tovarlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berish hajmi doirasidagi tovarlardan (markazlashtirilgan eksport);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln. AQSH dollaridan ortiq miqdorda bevosita investitsiyalar qoʻygan xorijiy yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan, basharti keltirilayotgan tovarlar ularning oʻzlari ishlab chiqargan mahsulot hisoblansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga vaqtincha olib kelinayotgan va undan vaqtincha olib ketilayotgan tovarlardan, tranzit tovarlardan va “boj ombori” tartibida tashilayotgan tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga belgilangan tartibda olib kelinayotgan va uning boj hududidan olib ketilayotgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy sherikning xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona ustav sarmoyasiga mulk sifatida qoʻshgan ulushidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muruvvat va texnik yordamdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazmalar, reklama va prezentatsiya eksponatlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va undan tayyorlangan mahsulotni olib ketish (olib kelish) uchun olib kelinayotgan (olib ketilayotgan) xom ashyo, materiallar va butlovchi materiallardan boj poshlinalari olinmaydi. Qayta olib ketish (olib kelish)da, koʻrsatib oʻtilgan xom ashyo, materiallar va butlovchi materiallarni qayta ishlash qiymatidan boj poshlinalari olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 2 va 4-bandlariga muvofiq ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan korxonalar tomonidan olinadigan foyda (daromad)ni hisoblab chiqish va undan soliq undirish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun eksport qiluvchi korxonalar foydalangan moddiy resurslar uchun ularning mahsulot yetkazib beruvchilar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha davlat budjeti bilan hisob-kitobi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat soliq qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mol-mulk, buyumlarni poshlinasiz olib kelish va olib chiqib ketishning vaqtinchalik roʻyxati va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdavstandart” markazi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda eksport mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarorining 3 va 13-bandlari hamda unga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
20-martdagi 114-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import boj poshlinalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar guruhi raqami‎

Tovarning qisqacha nomi‎

Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi‎ Poshlina stavkalari (kontrakt qiymatiga nisbatan foizlarda)‎
20 Sabzavot, meva, yongʻoq yoki oʻsimliklarning boshqa boʻlaklarini qayta ishlash mahsulotlari:
Sirka yoki sirka kislotasi qoʻshmay tayyorlangan yoki konversalangan tomatlar 2002 20
Meva sharbatlari 200950—200980 20
Meva sharbatlari (sitrus va boshqalar) 200911—200940 5
21‎ Boshqa har xil oziq-ovqat mahsulotlari:
Ketchup va boshqa tomat souslari 210320000 20
22 Suvlar, mineral va shakar hamda boshqa shirin qiluvchi moddalar qoʻshilgan gazli suvlar 2202 10
Pivo-solodko 220300 10
23‎ It va mushuklar uchun chakana savdo maqsadida qadoqlangan ozuqalar 230910 20
34 Avtokosmetika 340530
‎340540
‎340590
10
39‎‎ Kiyim-boshlarni bezash uchun buyumlar va uning plastmassadan tayyorlangan aksessuarlari 392620 5
42 Charm va charm oʻrnini bosuvchi materialdan tayyorlangan buyumlar‎ 4202 10
Tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan kiyim-boshlar va ularga tegishli narsalar 4203 10
43‎ Tabiiy va sunʼiy moʻynadan tayyorlangan kiyim-boshlar 430310, 4304 10
54‎ Sintetik iplardan toʻqilgan gazlamalar 5407, 5408 10
55 Sintetik shtapel tolalardan toʻqilgan gazlamalar 5513—5516 10
57 Gilamlar va yerga toʻshaladigan boshqa toʻqma buyumlar 5701—5705 40
58 Tukli va baxmal ipdan tayyorlangan gazlamalar 5801 10
61‎‎ Trikotaj kiyim-boshlar (bolalar kiyim-boshlaridan boshqa) va ularga tegishli narsalar 6101—6110, 6112—6114, 6116, 6117 5
63 Adyollar va pledlar 630120 10
Koʻrpa-toʻshak qoplamasi (sochiq-dasturxon, pardoz-andoz yoki oshxona sochiqlaridan tashqari) 6302 (630240—630299000 dan tashqari) 20
Ilgari isteʼmolda boʻlgan kiyim-boshlar va ilgari isteʼmolda boʻlgan buyumlar va boshqalar 6309 5
69 Keramik buyumlar:
Chinni va fayans idishlar 6911 10
70‎ Billur idishlar 7013321 10
71‎ Tabiiy yoki ishlov berilgan marvarid, qimmatbaho va arzonbaho toshlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, bijuteriya; tangalar:
Tabiiy yoki ishlov berilgan marvarid 7101 5
Qimmatbaho metallar, marvaridlar, toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari 7113, 7114, 7116 5
Qimmatbaho metallar bilan qoplangan arzonbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari 711320000 711420000 5
Bijuteriya 7117 5
85‎ Telefon apparatlari va faksimile aloqa vositalari (shu jumladan, termoqogʻoz) 851710, 851781900 5
Tovushni kuchaytirish uchun elektr qurilmalar 8518 5
Elektroproigrivatel qurilmalari 8519 5
Magnitofonlar (ovoz yozish apparaturasi) 8520 10
Videoyozuv va qayta ishlash apparaturasi 8521 10
Radiopryomnik apparaturasi‎ 8527 ‎

10 ‎

Televizion pryomniklar 8528 10
87 Yerda yuradigan transport vositalari, harakatdagi temir yoʻl transporti va tramvaylardan tashqari; ularning qismlari va uskunalari:
Kamida 10 kishini tashishga moʻljallangan avtomobillar (tibbiy maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan avtomobillardan tashqari) 8702 20
Yuk avtomobillari 8704 10
8703 tovar pozitsiyasida klassifikatsiyalangan avtomobillar uchun dvigatelli shassilar 870600910 30
8703 tovar pozitsiyasida klassifikatsiyalangan avtomobillar uchun kuzovlar 870710 30
Mototsikllar 8711 10
90 Durbinlar 9005 10
Fotokameralar 9006 10
Kinoapparatlar va kinoproyektorlar 9007 10
Tasvirlar proyektlari 9008 10
Fotokoʻchirish mashinalar 9009 5
Foto va kinolaboratoriyalar uchun uskunalar 9010 5
0,05 gramm va undan yuqori sezgirli tarozilar 9016 5
94 Mebel 940130—940180000 10
Yoritish jihozlari (qandillar) 940510 5
95 Koʻngil ochadigan oʻyinlar uchun buyumlar 9504 20
96 Termoslar 961700 20
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-sentabrdagi 304-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.