O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON SSR PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1991-YIL 25 MARTDAGI 65-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 1994-yil 5-avgustdagi 403-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ish haqi va pensiyalar eng kam miqdorining 350 so‘mgacha ko‘payganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
11-band “g” kichik bandining 3-xatboshi quyidagi o‘zgartishda bayon qilinsin:
“bir yarim yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga. Bunga nafaqa olish huquqini beruvchi oila a’zosining jami daromadi chegarasi eng kam oylik ish haqining ikki baravar miqdorida — 700 so‘m qilib belgilansin”;
14-bandning ikkinchi xatboshi quyidagicha tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorning 12 va 13-bandlari bilan belgilangan to‘lovlar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami daromad eng kam ish haqining ikki baravar miqdori — 700 so‘mdan oshmaydigan bolali oilalarga berilsin”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-mart,
105-son