15.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2020-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori , 15.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2020-3
Kuchga kirish sanasi
18.01.2019
Hujjat 18.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2020-3]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-son “Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2018-yil 15-oktabr,

8-son

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorning muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq davlat notarial idoralar (bundan buyon matnda — notarial idoralar deb yuritiladi) va advokatlik tuzilmalari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlardan keyin “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokchisi boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish va toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshi “baholash” degan soʻzdan keyin “, hujjatlashtirish” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 9-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Departamentga” va “Departamentning” degan soʻzlar tegishlicha “maxsus vakolatli davlat organiga” va “maxsus vakolatli davlat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 11-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 15 va 261-bandlardagi, 27-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 28-bandning birinchi xatboshisidagi, 29-banddagi, 30-bandning birinchi xatboshisidagi, 31-banddagi va 33-bandning birinchi xatboshisidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quyidagi mazmundagi 162-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“162. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha oqilona choralarni koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 231-bandning uchinchi xatboshisidagi “Departament” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 234-bandning birinchi xatboshisi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlardan keyin “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi lozim, agarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 331 va 34-bandlardagi “Departament” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organi” degan soʻzlarga oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi raisi v.b. Sh. SADIQOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son)