1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 173-moddaning 1-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 191-moddaning 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 195-modda birinchi qismining 7-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) quyidagi mazmundagi 231-bob bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“231-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2701-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2702-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi fuqaroning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risida da’vo arizasi berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2703-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasining shakli hamda mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasida quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) da’vogarning fikriga ko‘ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) da’vogarning fikriga ko‘ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid bo‘lsa, o‘sha qonun hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) da’vogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi talabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2704-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) nizolashilayotgan qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud da’vogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan paytdan e’tiboran yigirma kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 350-modda to‘rtinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 355-modda to‘rtinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 367-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6) agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 387-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 388-moddaning birinchi qismidagi “davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj to‘lamagan” degan so‘zlar “davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini to‘lamagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 407-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 408-moddaning birinchi qismidagi “davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj to‘lamagan” degan so‘zlar “davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini to‘lamagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 427-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 428-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va da’vo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 292-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan so‘zlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 130-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to‘langanligini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 206-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 210-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 230-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 234-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 253-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 255-modda birinchi qismining 2-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi 108-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 183-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-496-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)