Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUTBOLNI RIVOJLANTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Futbol klublari va maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Belgilab qoʻyilsinki, 1996-yil 1-yanvardan boshlab:
korxonalar va tashkilotlarning foydadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazasi futbolni rivojlantirish va koʻmaklashishga, futbol klublari va maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, soliq solinadigan foydaning 5 foizi miqdorigacha kamaytiriladi;
oʻquvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari mahsulotlariga 5 foizdan ortiq boʻlmagan cheklangan savdo ustamasi qoʻllaniladi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-mart,
96-son