27.07.2018 yildagi 1856-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 27.07.2018 yildagi 1856-III-son
Kuchga kirish sanasi
27.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining “2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturining ijro etilish holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. Qoʻchqorovning “2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturining ijro etilish holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib shuni taʼkidlaydiki, mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi keng qamrovli vazifalar ijrosiga bagʻishlangan dastur doirasida koʻplab ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturining (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) 68 ta bandida 78 ta tadbirni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016-yil 29-martdagi bayonnomasiga muvofiq unga kiritilgan tegishli oʻzgartishlardan soʻng 66 ta banddagi 76 ta tadbirning ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlar olib borildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturdagi nazarda tutilgan tadbirlar aksariyat qismining roʻyobga chiqarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtirib borildi. Uning amalga oshirilishiga jami 89,4 mlrd.soʻm, 1635,6 mln. AQSh dollari va 57,6 mln. yevro miqdorida mablagʻ ajratilishi belgilanib, oʻtgan davrda 303,4 mlrd.soʻm, 808,5 mln. AQSh dollari, 139,0 ming yevro hamda 15,0 ming shveysariya franki miqdoridagi mablagʻ oʻzlashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning bajarilishi quyidagi beshta asosiy yoʻnalish boʻyicha amalga oshirildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi turmushi uchun hamda davlat faoliyati uchun ekologik xavfsizlik darajasining kafolatlangan qulay shart-sharoitlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari ekologik qoidalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishga erishish, texnologik jarayonlarni va tabiatni muhofaza qilish borasidagi faoliyatni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati chiqindilaridan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishni tartibga solish, ekologik taʼlimni muntazam takomillashtirish, taʼlim sohasida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini keng targʻib etish va normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish faoliyati qamrovini kengaytirish va tabiiy muhitning transchegaraviy ifloslanishining oldini olish maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tadbirlarni roʻyobga chiqarish maqsadida aholi va davlat uchun yashash muhiti hamda ekologik xavfsizlik darajasining kafolatlangan qulay shart-sharoitlarini yaratish uchun Orolboʻyi chegarasini ekologik sogʻlomlashtirish tadbirlari doirasida dengizning qurigan tubidagi 90 ming gektar maydonda oʻrmon-meliorativ ishlari amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax, Urganch, Xiva, Pitnak, Chirchiq, Nukus, Taxiyatosh, Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlaridagi oqova suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya, Andijon shahar suv tozalash inshootini foydalanishga topshirish ishlari nihoyasiga yetkazilmadi. Bundan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga qayd etish lozimki, 2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturining ayrim bandlaridanazarda tutilgan tadbirni bajarilishi kechiktirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzneftmahsulot” AK Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining tozalash inshootlarini qayta taʼmirlash loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlar 90 foizga bajarildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi tarkibidagi yadro sifatida Pskom qoʻriqxonasini rivojlantirish tadbirini amalga oshirish doirasida Fanlar akademiyasi mutaxassislari bilan oʻrganish olib borilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan. Ammo, bugungi kunda ushbu hudud mamlakatimizning chegara zonasida joylashganligi, hududda yirik Pskom GES qurilishi boshlanganligi sababli ushbu loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi oʻrganib chiqilayotgan boʻlsa-da, hali aniq bir xulosaga kelinmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatida 450 mvt. quvvatli ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish orqali “Navoiy IES” OAJni kengaytirish, “Shoʻrtanneftgaz” UShK obyektlarida 378 ― 380 ming kub metr miqdoridagi yoʻldosh gazlarni degazatsiyalash va utilizatsiya qilish qurilmasini qurish, Fargʻona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi agregatlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, “Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ning navbatdagi ikkita jildini chop etish kabi tadbirlar nihoyasiga yetkazilmay qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining “2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturining ijro etilishi holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi holatini atroflicha koʻrib chiqish, tahlil etish va ularda belgilangan tadbirlarning soʻzsiz bajarilishi yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 ― 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturida belgilangan tadbirlarning ijro etilishini, shuningdek ularning bajarilish sifatini hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar va moddiy resurslarning oʻzlashtirilishini tanqidiy jihatdan batafsil tahlil etsin hamda mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan qatʼiy nazorat olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan tadbirlarning bajarilish holatini tahlil qilish natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining kengaytirilgan majlislarida muhokama etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari atrof-muhit muhofazasi boʻyicha ishlab chiqilgan Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini, jumladan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi hamda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari ishlab chiqilishini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda yanada jonlantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1856-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 04/18/1856-III/1938-son)