05.07.2018 yildagi 1820-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 05.07.2018 yildagi 1820-III-son
Kuchga kirish sanasi
05.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash, aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar sifatini oshirish, arzon va sifatli dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, xususiy tibbiyotni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sohani rivojlantirishga, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan 104 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta farmoni, 24 ta qarori va 9 ta farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 37 ta qarori hamda 32 ta farmoyishi qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarini saqlab turish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarga ish haqi toʻlash, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlariga Davlat budjetidan 9,6 trln. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻ 2017-yildagiga nisbatan 1,4 baravarga oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning oʻtgan davrida qishloq oilaviy poliklinikasiga va qishloq vrachlik punktiga biriktirilgan fuqaroga uning bir martalik qabuli uchun 3135 soʻm (2017-yilda 2425,0 soʻm) dori-darmon xarajatlari ajratilgan boʻlsa, markaziy koʻp tarmoqli poliklinikaga 4138 soʻm (2017-yilda 2124,0 soʻm) ajratilgan. Tez tibbiy yordam muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar xarajatlariga mablagʻlar har bir tibbiy chaqiruv uchun 5000 soʻm (2016-yilda 482,9 soʻm, 2017-yilda 2058,5 soʻm) etib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarning (360 ta obyekt) qurilish-taʼmirlash ishlariga 949,3 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilib, hozirgi kungacha 293,8 mlrd. soʻmlik qurilish taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalarida mavjud 11,8 mingga yaqin vakant oʻrinlarni toʻldirish hamda tibbiyot xodimlariga boʻlgan talabni tez orada hal etish maqsadida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim bosqichlari boʻyicha oʻqish muddatlari 7 yildan 6 yilga qisqartirilgan, shuningdek shifokorlarga ikki stavkagacha mehnat qilishga hamda pensiya pullarini toʻliq olishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etilib, bir qator tibbiyot institutlarida turli mutaxassisliklar boʻyicha yangi bakalavriat, ordinatura hamda magistratura taʼlim bosqichlari ochilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda 521 ta yosh mutaxassisni chet elga yuborish, shuningdek respublikaga yetakchi xorijiy tibbiyot hamda ilmiy muassasalardan 389 tibbiyot mutaxassislari tashrifini uyushtirish rejalashtirilib, amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlardagi tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlari salohiyatini oshirish maqsadida respublika va viloyat tibbiyot muassasalariga 300 dan ortiq nafar mutaxassis rahbar lavozimlariga tayinlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida qishloq vrachlik punktlari maqbullashtirilib, ularning soni 2895 tadan 819 taga tenglashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy dorixonasi, kunduzgi shifo oʻrinlari va kunu-tun ishlaydigan tez tibbiy yordam shohobchasiga ega 793 ta qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etilib, ularning ish vaqti soat 8:00 dan 20:00 gacha uzaytirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi ish samaradorligini oshirish va uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish maqsadida 2017-yilda 1232 dona tez tibbiy yordam maxsus avtomashinalari xarid qilindi va jami avtotransport vositalari soni 2383 taga yetkazilgan. Bundan tashqari, hududiy sogʻliqni saqlash va moliya boshqarmalariga tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilari asosiy vazifasidan tashqari bemorlarni tashish boʻyicha qoʻshimcha funksiyalarni ham bajarayotgani uchun tarif stavkasining 30 foiz miqdorida ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishning natijadorligini, sifati va undan foydalanishni tubdan oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi respublika markazlari davlat muassasalariga aylantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 3,2 mln. AQSh dollariga, ftiziatriya va pulmonologiya markaziga 2,0 mln. yevroga, kardiologiya markaziga 2,8 mln. yevroga teng boʻlgan yuqori texnologik asbob-uskunalar yetkazildi va ishga tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning besh oyi davomida respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 2022 nafar yetakchi xodimi tomonidan hududlardagi 1841 ta davolash-profilaktika muassasalariga tashrif buyurilib, 586 ta mahorat darslari uyushtirildi, 56 mingdan ortiq aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 1671 ta operativ muolajalar bajarildi, shulardan 594 tasini yuqori texnologiyali operatsiyalar tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida tibbiy koʻriklar, operatsiyalar, shu jumladan yuqori texnologiyali operatsiyalar oʻtkazish maqsadida 209 nafar chet el mutaxassisi mamlakatimizga taklif qilingan. 2017-yilning mos davriga nisbatan tibbiy koʻriklar soni 8723 taga, operatsiyalar soni 452 taga, yuqori texnologiyali operatsiyalar soni 289 taga, chet ellardan tashrif buyurgan mutaxassislar soni 45 taga oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda onalar oʻlimining intensiv koʻrsatkichi koeffitsiyenti respublikada 23,9 ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 ga kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar oʻlimi 2018-yilning besh oyida respublika boʻyicha 2706 tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 360 taga kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarda nogironlikning oldini olish maqsadida 2018-yilning besh oyida respublika va hududiy skrining markazlari tomonidan 301 ming nafar yangi tugʻilgan chaqaloq skrining tekshiruvlaridan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavf guruhiga kiruvchi 164 ming nafar homilador ayol skrining ultratovush tekshiruvidan oʻtkazilgan. Xavf guruhiga kiruvchi 11 ming nafar homilador ayol irsiy kasalliklar boʻyicha biokimyoviy skrining tekshiruvlaridan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada olib borilayotgan profilaktika va epidemiyaga qarshi keng koʻlamli chora-tadbirlar natijasida 2017-yilda hamda 2018-yilning oʻtgan davrida oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning respublikamiz hududiga chetdan kirib kelishi hamda tarqalishiga yoʻl qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilda milliy emlash taqvimi asosida vaksinalar sotib olish uchun 42 mlrd. coʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsa, 2018-yilda 105 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ilk marotaba davlatimiz vaksinalarga boʻlgan ehtiyojni oʻz hisobidan toʻliq taʼminladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hali oʻz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, tez tibbiy yordam xizmati va sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarining, ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarning integratsiyasi talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan. Ayrim tibbiy xizmatlar, jumladan tez tibbiy yordam hamda patronaj tizimidagi xizmatlar biri-birini takrorlab kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda oʻtkazilayotgan oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, hududlarda aholi qon bosimini oʻlchash, ukol qilish kabi bir martalik muolajalarni olish uchun ham tez tibbiy yordam xizmatiga qayta-qayta murojaat qilmoqda. Bu esa tegishli hududlarda tez tibbiy yordam chaqiriqlaridan keyin bemorlarning holidan patronaj tizimi orqali xabar olish ishlari, yaʼni ushbu xizmatlarning oʻzaro integratsiyasi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda aholini, ayniqsa, yolgʻiz, keksa, nogironligi boʻlgan, surunkali kasalliklarga chalingan shaxslarni, boʻlajak onalar va bolalarni patronaj xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarining vaqtinchalik shtatlar normativida patronaj hamshiralari soni boʻyicha turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, qishloq oilaviy poliklinikalari uchun har 1000 nafar aholiga, qishloq vrachlik punktida esa har 750 nafar aholiga bitta patronaj hamshira shtati ajratilmoqda. Vaholanki, barcha muassasalarda patronaj hamshiralarining xizmat vazifalari bir xil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam xizmati brigadalari zamonaviy raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar) va GPS-navigatsiya tizimlari bilan hanuzgacha toʻliq jihozlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka toifasiga ega boʻlishga oid talablarning murakkabligi tibbiyot xodimlarining oʻz malaka darajasini oshirishga eʼtibor qilmasligiga olib kelmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, tibbiy xizmat sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda tibbiyot xodimlarining aholiga yaqinlashish borasidagi ishlari ham talab darajasida emas. Xususan, tibbiyot muassasalari rahbarlarining oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan hudud aholisi oldida hisobot berishi tizimli ravishda tashkil etilmagan, yaʼni ular belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan va bu jarayonda yuzakichilikka yoʻl qoʻyilishi holatlari kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy malaka toifasiga ega boʻlishga oid talablarni soddalashtirish, shifokorlarning oʻz malaka darajasini oshirishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish, shifokorlarning ish stajini va mehnat faoliyati natijalarini baholash mezonlarini inobatga olgan holda toifa berishga doir tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati va sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarining oʻzaro samarali va tizimli integratsiyasini tashkil etish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini resurslarini chaqiriqlardan keyingi jarayonga jalb qilishning aniq mexanizmini ishlab chiqish, shuningdek ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va bajarish bayonnomalarini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patronaj tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish va uni amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada tizimli va samarali tashkil etish uchun ular faoliyatining huquqiy asosini mustahkamlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarning oldini olish maqsadida tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻi faoliyatini faollashtirish va kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga navbatda turgan, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladigan mijozlarning imtiyozli toifasiga istisno tariqasida navbatdan tashqari tibbiy yordam olish uchun yoʻllanma (order) berish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga moʻljallangan, tunu-kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini taʼminlaydigan “sall-markazlar”ini tashkil etish va tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransportlarini GPS-navigatsiya tizimiga ulash hamda ularni raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar) bilan jihozlash ishlarini yakunlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotini joriy yilning dekabr oyida eshitishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi sogʻliqni saqlash sohasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirsin hamda mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1820-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 04/18/1820-III/1904-son)